1. iqtisodiyotga kirish


Mavzuni qaytarish uchun savollar


Download 1.03 Mb.
bet199/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Mavzuni qaytarish uchun savollar.
1. Pul munosabatlari va moliyaviy munosabatlarni taqqoslang?
2. Moliya tizimining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
3. Soliqning asosiy turlari qaysilar ?
4. Byudjet kamomadining asosiy sabablarini ayting va izohlab bering ?
5. Byudjet siyosatining asosiy konsepsiyalarini sanab o‘ting va izohlang ?
6. Byudjet siyosatini ishlab chiqishda nimalarga alohida e’tibor berish lozim?
7. Moliya siyosatining asosiy tamoyillarini ayting va izohlab bering.
8. Diskriditsion va avtomatik soliq siyosatining mohiyati nimadan
iborat?

19. ISHSIZLIK

19.1. Bandlik, ishsizlik va to‘liq bandlik tushunchalari. Bandlikning o‘zgarish shakli va darajasi
Ishchi kuchi ishlab chiqarish jarayonining muhim va yetakchi omillaridan biridir. Ishlab chiqarish omillari ichida ishchi kuchi faol omil hisoblanadi. Chunki boshqa barcha omillar ishchi kuchi tomonidan yaratiladi va harakatga keltiriladi.


Bandlik - aholini ish bilan ta’minlash, mehnatga layoqatli aholining mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishini ta’minlash maqsadida aholining ish bilan ta’minlanganligi; fuqarolarning qonunchilikka zid bo‘lmagan, ularning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan, mehnat daromadi beradigan faoliyati. Bandlikning quyidagi turlari mavjud: vaqtincha to‘liq bo‘lmagan bandlik, ikkilamchi bandlik, doimiy bandlik, to‘liq bo‘lmagan bandlik, doimiy bo‘lmagan bandlik, xufyona bandlik, shartli bandlik, qisman bandlik. Bandlik fuqarolarning mehnat munosabatlariga kirishi bilan ham, mustaqil mehnat faoliyati bilan (o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlash) ham ta’minlanishi mumkin. Mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishlamaydigan iqtisodiy faol aholi ishsizlar deb tasniflanadi.

Ishsizlik - mamlakatda iqtisodiy faol aholining bir qismini tashkil etadigan, ishlashga qodir va tayyor, ammo ish topa olmaydigan odamlarning mavjudligi.

xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) metodologiyasiga ko‘ra, ishsizlar ma’lum vaqt davomida ish joyi bo‘lmagan, mehnatga layoqatli va ish topishga harakat qilishlari mumkin bo‘lgan, ammo uni topa olmaydigan mehnatga layoqatli yoshdagi odamlardir. Ish bilan bandlik deb nafaqat yollanma ish, balki o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlashni ham hisoblash mumkin. Ishsizlik bo‘yicha ma’lumotlarning xalqaro miqyosda taqqoslanishini ta’minlash uchun XMT 15 yoshdan oshgan barcha odamlarni mehnatga layoqatli deb hisoblashni tavsiya qiladi. Shu bilan birga, har bir mamlakat mehnat qobiliyatining yosh mezonlarini mustaqil ravishda tanlash huquqiga ega ekanligi ta’kidlanadi. Masalan, mamlakatlar yosh chegarasi belgilanishi mumkin. Xususan, O‘zbekistonda ishsizlar — o‘n olti yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, haq to‘lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslar (ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar bundan mustasno)33. XMT metodologiyasiga ko‘ra, mehnatga layoqatli (15 yoshdan katta), birmuncha vaqt ishsiz va o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlamagan, ishlash yoki shaxsiy ish bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ega, ish topishga harakat qiladigan odam ishsiz deb hisoblanadi.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling