1. iqtisodiyotga kirish


Download 1.03 Mb.
bet206/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

«ishsizlikning tabiiy darajasi» tushunchasi ma’lum bir aniqliklar kiritishni talab qiladi. Birinchidan, bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikning tabiiy darajasida amal qilishi va shu orqali o‘zining ishlab chiqarish imkoniyatini ro‘yobga chiqarishini bildirmaydi. Chunki, ko‘pincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortiq, ayrim hollarda, masalan, ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o‘rindoshlik ishlarida band bo‘lish natijasida tabiiy darajadan past ham bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi o‘zicha doimiy miqdor hisoblanishi shart emas, u tarkibiy o‘zgarishlar (qonunlar va jamiyat urf-odatlaridagi o‘zgarishlar) oqibatida o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, AQSHda ishsizlikning tabiiy darajasi dastlab XX asr 60-yillarining o‘rtalarida 4,5% deb belgilangan bo‘lsa, 70-yillarning boshiga kelib 5,5%, 80-yillarning boshida esa 6% gacha o‘sdi.

Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi.

Ishsizlik darajasi= ishsizlar sonin / ishchi kuchi soni x 100 %

Ishsizlik darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ham hisobga olish zarur bo‘ladi. Chunki, ishsizlikning o‘zi haddan tashqari yuqori darajasi bilan katta iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari ishlab chiqarilmagan mahsulot bilan taqqoslanib baholanadi. Iqtisodiyot ishlashni xohlagan va ishlay oladigan barcha uchun yetarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo‘lmasa mahsulot ishlab chiqarish potensial imkoniyatining bir qismi yo‘qotiladi.

Iqtisodiy adabiyotlarda bu yo‘qotish yalpi milliy mahsulot (YaMM) hajmining orqada qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YaMMning potensial YaMMdan kam bo‘lgan hajmi sifatida ko‘rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, YaMM hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo‘ladi.

Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va YaMM hajmining orqada qolishi o‘rtasidagi nisbatini matematik ifodalab beradi. Bu nisbat iqtisodchilar orasida Ouken qonuni sifatida tanilgan bo‘lib, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo‘lsa, YaMM hajmining orqada qolishi 2,5% ni tashkil qilishini ko‘rsatadi.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling