4.3. Taklif elastikligi
Taklifning narxga bog‘liq elastikligi (EK) taklifning narxga nisbatan naqadar o‘zgarishini bildiradi. U taklifning narxlarning o‘zgarishiga javobini ko‘rsatadi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.
EK = Qtf % / R%
Bu yerda: Qtf % - bu taklifning foiz hisobida o‘zgarishi;
R % - narxning foiz hisobida o‘zgarishi
Tovarlar taklifining elastligi tovarlarning narxi va ularni sotish hajmining nisbiy o‘zgarishini ko‘rsatadi. Bu o‘zgarishlarning intensivligi ham har xildir.
4.5- rasm. Taklif elastligi
Agar narx bo‘yicha taklifning elastiklik koeffitsiyenti nolga teng bo‘lsa (E=0), bunda narx o‘zgarganda tovar taklifi o‘zgarmaydi, bu mutlaqo noelastik taklifdir. Koeffitsiyentning bu kattaligi joriy davrning taklif egri chizig‘i uchun odatiy bo‘lib, taklif egri chizig‘i qat’iy vertikal shaklga ega bo‘ladi (4.5- rasm).
Agar narx bo‘yicha taklifning elastlik koeffitsiyenti birdan kam bo‘lsa (E<1), unda bu taklifning kattaligi narxdan past foizga o‘zgarganda, bu elastik bo‘lmagan taklifdir. Koeffitsiyentning bu qiymati qisqa muddatli taklif egri chizig‘i uchun xosdir. Barcha narxlarga taklif egri chizig‘i mahsulot hajmini kesib o‘tgan egri chiziqning barcha nuqtalari uchun elastik bo‘lmaydi.
Agar narx bo‘yicha taklifning elastlik koeffitsiyenti biriga teng bo‘lsa (E=1), bir marotabalik taklif elastligi kuzatiladi.
Agar narx bo‘yicha taklifning elastlik koeffitsiyenti birdan katta bo‘lsa (Ek>1), unda taklif kattaligi narx darajasiga nisbatan katta foizga o‘zgarganda bu esa elastik taklifdir. Bunday taklif elastligi koeffitsiyenti uzoq muddatli taklif egri chizig‘i uchun xosdir. Barcha narxlar uchun narxlar o‘qini kesib o‘tuvchi taklif egri chizig‘i elastik bo‘ladi.
Agar narx bo‘yicha taklifning elastlik koeffitsiyenti cheksizlikka teng bo‘lsa (Ek= ∞), unda narxning ozgina o‘zgarishi bilan taklif qiymati cheksiz o‘zgaradi, bu mutlaqo elastik taklifdir va u uzoq muddatli davrga xos bo‘lib, taklif egri chizig‘i qat’iy gorizontal shaklga ega (4.5- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |