1. iqtisodiyotga kirish
Iqtisodiyot fanini bilish usullari
Download 1.03 Mb.
|
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot usuli
1.4. Iqtisodiyot fanini bilish usullari
Iqtisodiyot fanining mavzusini ko‘rib chiqib, u ehtiyojlarning cheksizligi, resurslarning cheklangan sharoitida tovarlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonida odamlar va iqtisodiy tizimning yaxlit holdagi xatti-harakatlarini o‘rganishini aniqladik. Bunda aynan insonlarning ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslarni samarali taqsimlash va ulardan foydalanish asosiy iqtisodiy muammo hisoblanadi. Iqtisodiyot fanini o‘rganishdan maqsad, birinchidan, voqelikning ko‘pgina dalillarini tahlil qilish, tasniflash va tizimlashtirishdan iborat. Ikkinchidan, iqtisodiyot nazariyasi o‘zining tushunchalari va qonunlari bilan voqelikning real dalillarini izohlashga va tushuntirishga yordam beradi. Masalan, A. Smit tomonidan ishlab chiqilgan "ko‘rinmas qo‘l" qoidasi nima uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida har kim boshqalarning xohish-istaklari va rejalariga zid bo‘lgan shaxsiy manfaatlarini ko‘zlasa-da, jamiyatda muayyan tartib o‘rnatilishini tushuntiradi. Va nihoyat, iqtisodiyot nazariyasi yangi natijalarni bashorat qilishga yordam beradi va shu bilan kelajakdagi o‘zgarishlarni istiqbollashtiradi. Iqtisodiyot ikki qisimga - makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyotga bo‘linadi. Agar mikroiqtisodiyot muayyan iqtisodiy birliklarning (firmalar, uy xo‘jaliklari, sanoat tarmoqlari, ma’lum bir mahsulot narxlari va boshqalar) xatti-harakatlarini o‘rgansa, makroiqtisodiyot esa umuman iqtisodiy tizimlarni (mamlakat yoki jahon iqtisodiyoti, iqtisodiyotning davlat sektori va boshqalar) o‘rganadi. Demak, iqtisodiy tahlil makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajada olib borilishi mumkin. Tadqiqot usuli fan mavzusiga bog‘liq. Astronomiyadan farqli o‘laroq, iqtisodiyot teleskop yoki spektral tadqiqot usullaridan foydalana olmasligi aniq. Bundan tashqari, iqtisodiyot fani haqiqatni topish uchun laboratoriya tajribalari o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan fan emas. Iqtisodiyot nazariysiada qanday usul qo‘llaniladi? Masalan, bozor iqtisodiyoti harakatlanish tamoyillarini aniqlash uchun qanday usullardan foydalanish mumkin? Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling