1. iqtisodiyotga kirish


Download 1.03 Mb.
bet91/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, ular tomonilan ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti (savdo kontoralari) orqali amalga oshiriladi. Monopolistik birlashmalarning yanada murakkab shakllari monopollashtirish jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish sohasiga kirganda paydo bo‘ladi. Shu asosda monopol birlashmalarning trest, konsyern kabi shakllari vujudga keldi.

Trest – bir tarmoqda ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishidagi birlashmasi.

Konsyern – rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o‘z ichiga oluvchi birlashma.

Konsorsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy opyeratsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida ma’lum bir davrga birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli kredit byerish yoki investitsiyalar qo‘yish).
XX asrning 60-yillarida AQSH va ba’zi rivojlangan mamlakatlarda konglomyeratlar paydo bo‘ldi. Konglomyerat - ishlab chiqarish va texnik birligi bo‘lmagan turli xil korxonalarni o‘ziga qo‘shish natijasida hosil bo‘lgan monopolistik birlashma.


Moliyaviy guruh - bu bank tashkilotlari tomonidan boshqariladigan uyushma. Ushbu uyushma guruh a’zolari mablag‘larini tasarruf qiladi, ularni faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtiradi.

8.2. Monopolistik raqobat sharoitida narx va ishlab chiqarish hajmini aniqlash
Shuni ta’kidlash kyerakki, "me’yoriy xarajatlar me’yoriy daromadlarga teng" (MC=MR ) qoidasi univyersal va barcha bozor modellari uchun amal qiladi. Monopolistik raqobatda maksimal foyda miqdorini aniqlash uchun yalpi daromad va yalpi xarajatlar orasidagi farq maksimal yoki me’yoriy daromad va me’yoriy xarajatlar o‘rtasidagi farq nolga teng sharoitdagi ishlab chiqarish hajmini aniqlash kyerak. Firma har doim ushbu ko‘rsatkichlarni bir biriga taqqoslaydi. Ularning orasidagi farq ijobiy ekan, firma ishlab chiqarishni kengaytiradi, biroq shu bilan birga narxlarni pasaytiradi. Mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan foyda kamayadi, ammo mahsulot sotishning ko‘payishi tufayli yalpi daromad miqdori ko‘payadi. Ishlab chiqaruvchi me’yoriy daromad me’yoriy xarajatga (MC=MR ) teng bo‘lgunga qadar o‘z foydasini oshirish uchun narxni pasaytiradi. Aynan shu holatda foyda miqdori maksimal bo‘ladi. Ushbu hajmda odatda o‘rtacha xarajatlar minimal darajaga yetmaydi va narx o‘rtacha xarajatlardan yuqori bo‘ladi.
Qisqa muddatda monopol raqobatchi firma foyda yoki zarar ko‘rishi mumkin. Agar o‘rtacha umumiy xarajatlar narxdan past bo‘lsa (AS>P), u holda firma foyda oladi (8.1 -rasm, a), agar o‘rtacha umumiy xarajatlar narxga teng bo‘lsa (AS=P), unda firma harajatlarini qoplaydi (8.1.- rasm, b). Agar o‘rtacha umumiy xarajatlar narxdan katta bo‘lsa (AS
Yalpi daromad va yalpi xarajatlar o‘rtasidagi farq noldan katta bo‘lsa, firma talab egri chizig‘i ushbu oralig‘ida bo‘ladi. Rasmdan ko‘rinib turibdiki,

a) b)
d)



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling