1. iqtisodiyotga kirish
Tadbirkorlik iqtisodiy iqtisodiy resurs sifatida. Foyda
Download 1.03 Mb.
|
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovar va xizmatlar sotilgandan so‘ng firma ixtiyoriga kelib tushgan pul tushumlari uning daromadi deyiladi.
9.5 Tadbirkorlik iqtisodiy iqtisodiy resurs sifatida. Foyda.
Tadbirkorlik tarixi juda uzoq o‘tmishga borib taqalsa-da, aynan kapitalizmning vujudga kelishi va rivojlanishi davrida u bozorning ajralmas qismiga aylangan. A.Smit tadbirkorni tijorat g‘oyasi yoki foyda olish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boruvchi mulk egasi deb ta’riflagan. “Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston respublikasi qonunida ta’riflanishiga tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy mas'uliyat ostida mavjud qonunlar doirasida daromad (foyda) olish maqsadida tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir. Har qanday xo‘jalik faoliyatini tadbirkorlik faoliyati deb hisoblab bo‘lmaydi. Aynan tavakkalchilik, tashabbuskorlik, uddaburonlik, mustaqillik, mas’uliyatlilik, faol izlanuvchanlik, navatorlik bilan bog‘liq xo‘jalik yuritish faoliyatini tadbirkorlik faoliyati deyish mumkin. Bular tadbirkorlik faoliyatining belgilari hisoblanadi. Hozirgi zamonda tadbirkorlik faoliyatiga ana shu belgilar hos, ya’ni tadbirkor bozor talablariga moslasha oladigan, yangiliklarni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etishga qodir bo‘lgan, yakuniy natijada resurslardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil eta oladigan, izlanuvchan va tashabbuskor, o‘zi va o‘z jamiyatining boyligini oshira oladigan ishlab chiqaruvchidir. Biznes ishning qanday bo‘lishidan qat’i nazar foyda olishdir. Biznes keng ma’noda puldan pul chiqarishdir. Biroq, bunday faoliyatda yaratuvchanlik bo‘lganda tadbirkorlik yuzaga keladi. Demak, biznes tadbirkorlik tushunchasiga nisbatan keng ma’noli tushunchadir. Tadbirkorlik biznesning asosiy turi hisoblanadi. Tadbirkorlikda obyekt va subyektlar farqlanadi. Alohida shaxslar va turli uyushmalar (aksionyerlik jamiyatlari, ijara jamoalari va boshqalar) va davlat tadbirkorlikning subyektlari hisoblanadi. Har qanday xo‘jalik yuritish faoliyati (ishlab chiqarish, savdo vositachilik, maslahat byerish, xizmat ko‘rsatish va boshqalar) tadbirkorlikni obyekti hisoblanadi. Mamlakatda tadbirkorlikning rivojlanishi uchun unga xos bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar, tadbirkorlikni olib borish uchun huquqiy baza va tegishli ijtimoiy-siyosiy sharoitlar yaratish lozim. Ko‘rinib turibdiki, tadbirkorlikning barcha turlari daromad olishga yo‘naltirilgan. Biroq, buning uchun cheklangan resurslarni oqilona kombinatsiyalashni o‘rganish zarur. Resurslarning turli kombinatsiyalarini amalga oshirish tadbirkor faoliyatining tarkibiy qismidir. J. Shumpetyerning fikricha u quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: 1. Yangi ne’matni yaratish yoki mavjud ne’matni takomillashtirish. 2. Ishlab chiqarish jarayoniga yangi usullarni tatbiq etish. 3. Mahsulotlarni sotishning yangi bozorlarini egallash. 4. Xomashyo yoki yarim fabrikatning yangi manbaini o‘zlashtirish. 5. Zarur bo‘lgan ishlab chiqarishni qayta tashkil etishni amalga oshirish. Firma yaratgan tovar va xizmatlarini bozorda sotgandan so‘ng, u daromadga ega bo‘ladi. Tovar va xizmatlar sotilgandan so‘ng firma ixtiyoriga kelib tushgan pul tushumlari uning daromadi deyiladi. Firma yalpi, o‘rtacha va me’yoriy daromadlarni hisoblaydi. Yalpi daromad - barcha mahsulotning sotilishi natijasida olingan tushumga teng bo‘ladi. Firma daromadi (D) tovar va xizmatlarning miqdori (Q) va ularningbozor narxi (R) ga bog‘liqdir. Bunda yalpi daromadni quyidagi ifoda orqali hisoblash mumkin: D= Q×R Masalan, 1000 dona tovar ishlab chiqarilgan uni har birini 500 so‘mdan sotilgan. Bunda yalpi daromad D= 1000 × 500= 500 000 so‘mga teng bo‘ladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling