1. iqtisodiyotga kirish
-jadval Diffyerensial renta I ning hosil bo‘lishi
Download 1.03 Mb.
|
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diffyerensial renta II
- 9.2.-jadval Diffyerensial renta II ning hosil bo‘lishi
9.1.-jadval
Diffyerensial renta I ning hosil bo‘lishi (shartli ravishda so‘m)
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati yomon uchastkada yetishtirilgan mahsulot narxida ya’ni 500 so‘mdan sotiladi. Natijada yomon (A) yer uchastkasi o‘zining yakka ishlab chiqarish harajatlarini qoplash va foyda olish imkoniga ega bo‘ladi. O‘rtacha (B) va yaxshi (V) yer uchastkalarida esa yomon yer uchastkasi (A)ga nisbatan mos holda 2500 va 5000 so‘m miqdorda qo‘shimcha daromad olinadi. Diffyerensial renta II ekiladigan yer uchastkalariga qo‘shimcha mablag‘ va mehnat sarflash natijasida uning unumdorligini oshirish hisobiga vujudga keladi. Misolimizda yerga qo‘shimcha 5 ming so‘m xarajat sarf qilish natijasida qo‘shimcha 20 tonna mahsulot olinsa, u holda birinchi yilga nisbatan qo‘shimcha olingan 10 ming so‘m daromad diffyerensial renta II ni tashkil etadi. Absolyut renta yollanma ishchilar tomonidan yaratiladigan qo‘shimcha mahsulotning bir qismi bo‘lib yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi mavjudligi sababli yer egasi tomonidan o‘zlashtirib olinadi. Absolyut renta 9.2.-jadval Diffyerensial renta II ning hosil bo‘lishi
qishloq xo‘jalik tovarlarining bozor narxi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish narxi o‘rtasidagi farqqa teng. Diffyerensial renta va absolyut rentadan tashqari qishloq xo‘jaligida monopol renta ham mavjud bo‘ladi. Monopol renta bu rentaning o‘ziga xos shakli bo‘lib yerda yetishtirilgan mahsulotning qiymatidan yuqori bo‘lgan monopol narxda mahsulotni sotish evaziga hosil bo‘ladi. Noyob qishloq xo‘jalik mahsulotlari (sitrus ekinlari,choy) monopol narxlarda sotiladi. Bu narxlarning yuqori bo‘lishi ko‘pincha to‘lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi. Iqtisodiyot nazariyasida neoklassik yo‘nalishga mansub iqtisodchi olimlar rentaning mohiyatini tushuntirishda me’yoriy xarajatlar konsepsiyasiga asoslanadilar. Biz P.Samuelson keltirgan misolni ko‘rib chiqamiz. U rentaning vujudga kelishini yer egasi fyermyer bo‘lganida va yerda ijarachi faoliyat yuritgan holatlarni alohida ko‘rib chiqqan. Xususan, 9.8-rasmda fyermyer yer egasi bo‘lgan holat ko‘rib chiqilgan. Grafikda shuni ko‘rish mumkin fyermyer ( yer egasi) L nuqtagacha ishchilarni o‘z yerida ishlatish uchun yollaydi, ya’ni oxirgi yollangan ishchining yaratgan me’yoriy (qo‘shimcha) mahsulot qiymati, ularga to‘lanadigan ish haqi miqdori bilan tenglashguncha. Barcha ishchilarning ish haqi miqdori OWEL yuza bilan aniqlanadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling