1. iqtisodiyotga kirish


YAlpi milliy mahsulotni hisoblash usullari va milliy iqtisodiyotning boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari


Download 1.03 Mb.
bet120/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

10.4 YAlpi milliy mahsulotni hisoblash usullari va milliy iqtisodiyotning boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
Yalpiy milliy mahsulot ko‘rsatkichlari quyidagi uch usulda hisoblanishi mumkin:
1) xarajatlar;
2) daromadlar;
3) qo‘shilgan qiymat bo‘yicha.
Xarajatlar usulida pirovard mahsulotni iste’mol qilish uchun sarflar jamlanadi:
YaMM = C + I + G + Xn
Bu erda: C – aholining iste’mol sarflari;
I – yalpi xususiy investitsiyalar;
G - tovar va xizmatlarning davlat xaridi;
Xn - sof eksport.


Aholining iste’mol sarflarga (S) uy xo‘jaligining uzoq muddat foydalanadigan tovarlar (xolodilnik, televizor, avtomobil va h.k) va joriy iste’molga (oziq – ovqat, kiyim bozori, turli xizmatlar va x. k.) qilgan sarflari kiritiladi. Uy joy qurilishiga qilingan sarflar investitsiya deb hisoblangani uchun iste’mol sarflariga qo‘shilmaydi.

Yalpi xususiy invistsiyalar (I) – bu ishlab chiqarishga nodavlat kapital qo‘yilmalaridir. Asosiy (ishlab chiqarish va noishlab chiqarish) fondlarga va zaxiralarga kapital qo‘yilmalardan iborat. Yalpi investitsiyalar xususiy investitsiyalar va amortizatsiya miqdorlarining yig‘indisidan iborat. Sof xususiy investitsiyalar joriy yilda ishlab chiqarishga qilingan qo‘shimcha kapital qo‘yilmalarni aks ettiradi va yalpi xususiy investitsiyalar va amortizatsiya miqdorlarining ayirmasiga teng. Qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar mavjud aktivlarni ayirboshlash bo‘lib, joriy ishlab chiqarish hajmini oshirmagani uchun yalpi xususiy investitsiyalarga qo‘shilmaydi.

Davlat tomonidan tovar va xizmatlar xaridi (G) maktab va yo‘llar qurish, armiya va davlat apparatini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlardir. Davlat xarajatlarida transfert to‘lovlar (nafaqa, stipendiya, va h.k.) kiritilmaydi, chunki nafaqaxo‘r, student va ishsizlar hech narsa yaratmaganlari uchun transfert to‘lovlar YaIM miqdorini oshirmaydi.

Sof eksport (Xn) – bu eksport bilan import o‘rtasidagi farq. Bu ko‘rsatkich mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar miqdori xorijdan mamlakatga olib kirilgan tovar va xizmatlar miqdoridan qanchalik ko‘p yoki kamligini ko‘rsatadi.
YaMM daromadlar usuli bilan hisoblaganda quyidagi ko‘rsatkichlar jamlanadi:
- ish haqi (V)
- renta (R)
- foiz (r)
- foyda (P)
- egri soliqlar (T)
- amortizatsiya (A)
Ish haqi (V) – ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan ishchi kuchini taqdim qilganlarga to‘lanadi. U ish haqiga ko‘plab qo‘shimchalar, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari va nafaqa ta’minotining har xil xususiy fondlari, ishsizlik nafaqalari va boshqa har xil mukofot hamda imtiyozlarlarni o‘z ichiga oladi. Ish haqiga bu qo‘shimchalar ish kuchini yollash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatining bip qismidir va shu cababli korxonaning ish haqi to‘lashga umumiy sapflarining tarkibiy qismi sifatida qapaladi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling