Jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi. Mehnat staji hisoblanishi uchun


Download 19.42 Kb.
bet1/4
Sana02.11.2023
Hajmi19.42 Kb.
#1739576
  1   2   3   4
Bog'liq
Fuqarolar 2-topshiriq


Fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilish faoliyati nimalardan iborat?

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.


Mehnat staji hisoblanishi uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan yiliga BHMning kamida bir baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq to‘laydilar.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
ishlar (xizmatlar) buyurtmachilari — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni shartnoma shartlariga yoki ish muomalasi odatlariga asoslangan xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish bo‘yicha faoliyatga jalb qiladigan jismoniy va yuridik shaxslar;
maxsus mobil ilova — mobil telefonlar (planshetlar) uchun mo‘ljallangan “mobil identifikatsiya qilish” bilan shaxsni identifikatsiyalash imkonini beruvchi dastur;
soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan, soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishni ta’minlaydigan axborot resursi;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar — mehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olinmagan, mehnat staji hisobga olinishi va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar;

Download 19.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling