Jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi. Mehnat staji hisoblanishi uchun
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning ma’lumotlar bazasi (registr)
Download 19.42 Kb.
|
Fuqarolar 2-topshiriq
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning ma’lumotlar bazasi (registr) — “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘zini o‘zi band qilganlar to‘g‘risidagi o‘zaro bog‘liq axborotni saqlash, o‘zgartirish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma — o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabinet orqali yuboriladigan va fuqaroning o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatidagi mehnat maqomini belgilab beradigan elektron shakldagi ma’lumot. 3. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi (registr) davlat soliq xizmati organlari tomonidan yaratiladi va parallel ravishda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida shakllantiriladigan jismoniy shaxsning shaxsiy ishga joylashishi tarixiga integratsiya qilinadi. 4. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishi talab etilmaydi. 5. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘z faoliyatida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanishga hamda tadbirkorlik subyektlariga yollangan xodim sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. 6. Tashkilotlar tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni shartnoma asosida bir martalik xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish bo‘yicha faoliyatga jalb qilishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar mehnatiga haq to‘lash ijtimoiy soliqni hisoblab chiqish obyekti hisoblanmaydi. 7. O‘zini o‘zi band qilish tartibida mehnat faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tatbiq etilmaydi. Bunda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyatidan tashqari olingan daromadlariga O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq solinadi. Download 19.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling