Jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi. Mehnat staji hisoblanishi uchun


-bob. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 19.42 Kb.
bet4/4
Sana02.11.2023
Hajmi19.42 Kb.
#1739576
1   2   3   4
Bog'liq
Fuqarolar 2-topshiriq

3-bob. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari
16. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat staji hisoblanishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda ijtimoiy soliq to‘lanadi.
Ushbu summa to‘lig‘icha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va undan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi.
17. Agar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs o‘z mehnat faoliyatini to‘xtatsa, u o‘z faoliyatini to‘xtatguniga qadar davlat soliq xizmati organiga faoliyatni to‘xtatish to‘g‘risidagi bildirishnomani maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabinet orqali yuboradi.
18. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma o‘zini o‘zi band qilgan shaxs mehnat faoliyatini amalga oshirmaydigan davrda ijtimoiy soliqni to‘lashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi.
19. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar maxsus mobil ilova orqali quyidagi imkoniyatlardan foydalanishi mumkin:
buyurtmalarni va ko‘rsatilgan xizmatlar (tovarlar) uchun to‘lovlarni qabul qilish;
yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatishda (tovarlarni sotishda) elektron hisob-kitob fakturalarni taqdim qilish;
mobil ilova yordamida ixtiyoriy asosda daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish hamda ushbu ma’lumotlardan keyinchalik, shu jumladan, kredit olish va (yoki) soliqlarni hisobdan chiqarish maqsadida foydalanish;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) reklama qilish;
ko‘rsatilayotgan xizmatlar (tovarlar) sifatini baholash va iste’molchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirilishi.
20. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat-kassa texnikasi va bank plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lov terminallaridan foydalanadi hamda tijorat banklarida hisobvaraqlari ochishi mumkin.
21. Maxsus mobil ilova orqali daromadlar va xarajatlar hisobini yuritayotgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tijorat banklari tomonidan kreditlar yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib asosida beriladi.
22. Ushbu Nizomining 12-bandida nazarda tutilgan ma’lumotnoma o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun norezidentlardan chet el valyutasidagi to‘lovlarni tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga kirim qilish uchun asos hisoblanadi.
Download 19.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling