Davlat xaridi tizimini boshqarish orqali kichik biznes sub’ektlarining rivojlanishiga ta’sir etish


Download 66.83 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi66.83 Kb.
#1482326
Bog'liq
Davlat xaridi tizimini boshqarish orqali kichik biznes sub’ektlarining

Davlat xaridi tizimini boshqarish orqali kichik biznes sub’ektlarining rivojlanishiga ta’sir etish.

6mm-20 guruh talabasi Abdusalomov Samariddin


Ma‘lumki, mamlakat miqyosidagi har qanday jarayon shu davlat iqtisodiy-ijtimoiy hayoti uchun juda muhim hisoblanadi. Chunki bu jarayonlarning natijasi, salbiy yoki ijobiy bo’lishiga qarab, mamlakat aholisiga, davlatning iqtisodiy mexanizmi va uning tarkibiy qismlariga katta ta‘sir ko’rsatadi. Davlat xaridi jarayoni ham ulkan hamda murakkab mexanizm bo’lib, uning to’g’ri tashkil etilganligi va mamlakat iqtisodiyotiga zarar emas, balki yuqori samara keltirishi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham makrodarajadagi qanday jarayon yuz bermasin, shu jumladan, davlat xaridi ham, qonunchilik bilan mustahkamlab qo’yilishi zarur. Aynan qonunchilik davlat xaridi mexanizmini takomillashtirish va uning nazoratini tashkil etishga ko’maklashadi hamda davlat xaridi subyektlarining manfaatlari nohaq buzilishi, qabul qilingan qonun-qoidalardan chetlanishlarni oldini oladi
Mamlakatimizda o’tgan davr mobaynida xalqaro tajriba va iqtisodiy islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda davlat xaridlarini tashkil etish bo’yicha o’ziga xos tizim shakllantirildi. Bunda asosiy urg’u byudjet mablag’laridan samarali foydalanish, xarid jarayonida kichik biznes subyektlariga ko’proq imtiyozlar berish, hamda davlat xaridlari tizimining mavjud mexanizmini xalqaro andozalarga mos holda tashkil etish xususiyatlariga qaratildi.
O’zbekiston Respublikasining ―Xo’jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida‖gi Qonuni xo’jalik yurituvchi subyektlar o’rtasida xo’jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o’zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi, hamda ushbu munosabatlarda xo’jalik yurituvchi sub‘ektlarning huquqi va majburiyatlarini, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining va davlat boshqaruv organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlarini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1475- sonli ― “Davlat xaridlari tizimini makbullashtirish va unga kichik biznes sub‘ektlarini jalb etishni kengaytirish to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi.
Yangi tartibga binoan, davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasi tomonidan bir shartnoma summasi 300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollari ekvivalentigacha bo’lgan alohida tovar(ish, xizmat)lar ro’yhati tasdiqlanib, bu ro’yxatdagi 13 guruhdagi tovar(ish, xizmat)lar O’zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan tashkil etiladigan elektron auksion savdolar orqali amalga oshiriladigan bo’ldi. Bu savdolarda kichik biznes subyektlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida xaridlar bo’yicha ro’yhatdagi tovar(ish, xizmat)larning har bir guruhiga kichik biznes subyektlaridan sotib olish bo’yicha eng kam ulushlar (kvota) miqdori o’rnatildi.
Bu bilan davlat xaridining yanada mukammal, ochiq va shaffof, o’zida tadbirkorlik subyektlariga rag’batlantirish imkoniyatini beradigan yangi mexanizm yo’lga qo’yildi. Ushbu choralar iqtisodiyotning mana shu sektorida tovar (ish, xizmat)larni etkazib beruvchilar umumiy sonida kichik biznes subyektlarining ulushi ortdi.
2016 yilga kelib elektron auksion savdolar orqali 412,2 ming ta bitimlar amalga oshirildi, ularning jami qiymati 596,1 mlrd. So’mni tashkil qildi. Amalga oshirilgan bitimlarning 407,7 ming tasi, ya‘ni 98,9 foizi kichik biznes sub‘ektlari ishtirokida amalga oshirildi va bu bitimlarning umumiy summasi bo’yicha 590,7,8 mlrd. So’mni, ya‘ni jami elektron auksion savdolar bo’yicha tuzilgan bitimlarning 99,1 foizini tashkil etdi
Tajribadan o’tgan elektron auksion savdolarning samaradorligidan kelib chiqib, mazkur savdolarga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlarini yanada kengroq jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish, xarid tizimida raqobatni rivojlantirish va oshkoralikni ta‘minlash, hamda mablag’lardan maqsadli va oqilona foydalanish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―”Elektron xaridlar tizimini maqbullashtirish va ulardan tadbirkorlik sub‘ektlarining foydalanishini kengaytirish to’g’risida” Qarori qabul qilindi. Unda korporativ xaridlar hamda xizmatlar narxlarini maqbullashtirish maqsadida 2013 yilning 1 mayidan boshlab ustav jamg’armasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo’lgan tabiiy monopoliya sub‘ektlari, davlat unitar korxonalari va xo’jalik jamiyatlari ham ayrim turdagi tovar(ish, xizmat) larni bir shartnoma bo’yicha ekvivalenti 300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha bo’lgan miqdorda O’zbekiston Respublika tovar – xom ashyo birjasining alohida savdo maydonchasida tashkil qilinadigan elektron savdolar vositasida xarid qilishi belgilandi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 66.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling