3. Tarmoq ichidagi nisbatlar - alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Masalan, metallurgiyada, quyma temir va po‘lat ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mashinasozligida traktorlar va kombaynlar, yengil sanoatdagi kiyim va poyafzal ishlab chiqarish o‘rtasidagi nisbat. Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi mutanosiblik orqali ta’minlanadi.
4. Hududiy nisbatlar - bu ma’muriy-hududiy birliklar doirasida ajratilgan bo‘linmalar, sohalar, ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi miqdoriy bog‘liqlik. Ular ishlab chiqarilgan va ishlatilgan milliy daromad tarkibidagi ayrim hududlarning ulushini, investitsiyalarning hududlar bo‘yicha taqsimlanishini tavsiflaydi. Bunga ma’lum bir shahardagi yuridik va jismoniy shaxslarning iste’mol va investitsiya harajatlari o‘rtasidagi, ma’lum bir viloyatda sanoat va qishloq xo‘jaligi o‘rtasidagi nisbatlar misol bo‘la oladi.
5. Davlatlararo nisbatlar - bu alohida davlatlar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi miqdoriy bog‘liqlik, ularning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki o‘lchovi. Ular ma’lum bir mamlakatning jahon ishlab chiqarishidagi ulushini tavsiflaydi. Masalan, don, neft, oltin va boshqalar.
Ko‘rib chiqilgan mutanosibliklarga yerishish orqali milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rivoji ta’minlanadi. Agar muvozanat holati ko‘rsatkichlar o‘rtasida tenglikni talab etsa, nisbatlarda esa tenglik shart emas, ular mos keluvchi nisbatlarda (masalan, 1:2, 3:1) bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiy nisbatlarni eng maqbul tarzda ta’minlash orqali milliy iqtisodiyotni muvozanatli rivojini ta’minlashda quyidagilar nazarda tutiladi:
- ishlab chiqarishning barqaror darajasini ta’minlash orqali keskin o‘zgarishsiz ishlab chiqarish hajmini oshirib borishga yerishish;
– narxlar bozor raqobati ta’sirida o‘rnatilishi va keskin o‘zgarmasligini ta’minlash orqali narxlarning barqaror darajasiga yerishish;
Do'stlaringiz bilan baham: |