1. iqtisodiyotga kirish
Download 1.03 Mb.
|
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Indeksatsiya
YaMM deflyatori - nominal va real YaMM(YaIM) o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi va inflyatsiya darajasini aniqlash uchun ishlatiladi. YaMM deflyatori- iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlarni hisobga olganligi sababli umumiy indeks hisoblanadi va faqat narxlarning o‘zgarishini emas, balki tovar va xizmatlar strukturasining o‘zgarishini ham aks ettiradi. Indeksatsiya- indeksning o‘zgarishiga qarab to‘lovlar miqdorini to‘g‘rlash.
Iste’mol narxlar indeksi ( INI) - odatiy, belgilangan “iste’mol savatini” tashkil etuvchi tovar va xizmatlarni hisobga oladi. Iqtisodiyotni tartibga solishda yetakchi rolni o‘ynaydi inflyasiya ya’ni ish haqi va transfert to‘lovlarini indeksatsiyalashda foydalaniladi. INIni aniqlashda keng foydalaniladigan 300 ta tovar va xizmatlar kiritiladigan “iste’mol savati” tushunchasidan foydalaniladi bu yilgi iste’mol savatining narxi Joriy yilning narx indeksi = ------------------------------------------------------ x 100% baza yildagi iste’mol savatining narxi Masalan: faraz qilamizki 2014 yilda bozor savati 64 ming so‘m, 2005 yilda esa 50 ming so‘mga teng bo‘lgan, bunda 64:50x100=128%. Demak, 2014 yilda 2005 yilga nisbatan narx darajasi 28% oshgan bo‘ladi. YaMM deflyatori va iste’mol narxlar indeksi ( INI) o‘rtasida farqlar quyidagilardan iborat: YaMM deflyatori iqtisodiyotda ishlab chiqariladigan barcha tovar va xizmatlar ro‘yxati bo‘yicha narxlarning o‘zgarishini ko‘rsatadi, iste’mol narxlar indeksi ( INI) esa faqat iste’mol tovarlarga narxlarning oshishini ko‘rsatadi. YaMM deflyatori ishlab chiqarilayotgan tovarlar strukturasidagi o‘zgarishlarni inobatga oladi, INI esa hisobga olmaydi. YaMM deflyatori miliy omillar yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga narxlarni o‘zgarishini ko‘rsatadi, INI esa import tovarlarga ham narxlarni o‘zgarishini ko‘rsatadi. Nominal YaMMni hisoblaganda unga ikkita omil ta’sir etishi hisobga olinadi: tovar xizmatlarni ishlab chiqarishning real o‘sishi va narxlarning tebranishi. YaMMni deflyatorini inobatga olgan holda hisoblaganda real YaMM hisoblash mumkin: Nominal YaMM Real YAMM = ----------------------------------------- YaIM deflyatori YaIM deflyatori narxlarining o‘zgarishini hisobga olgan holda nominal YaIMni o‘zgartirish uchun narx indeksi sifatida foydalanish mumkin. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling