1. iqtisodiyotga kirish


-jadval YaMMning narxlar darajasini inobatga olgan holda to‘g‘rlash


Download 1.03 Mb.
bet126/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

10.2-jadval

YaMMning narxlar darajasini inobatga olgan holda to‘g‘rlash.

(raqamlar shartli, milliard dollarda)

Yillar



Nominal YaMM



Narxlar darajasi
indeksi %
(1982=100)



Real YaMM
(1982 yil narxlarida )

1994
1998


2002
2010
2014
2018

456,8
892,7


1212,8
2732
3166
4861,1

29,7
37,7


46,5
85,7
100,0
121,7

1538,0 (=456,6 : 0,297)


2367,9 (=892,7 : 0,377)
2608,1 (=1212,8 : 0,465)
3187,8 (=2732 : 0,857)
3166,0 (=3166,0 : 1,000)
3394,9 (=4861,8 : 1,217)

Nominal YaMM INI va deflyator yordamida hisoblash ushbu muhim ko‘rsatkichni yillar bo‘yicha taqqoslash imkoniyatini beradi.


10.6. O‘zbekistonda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori o‘sish sur’atlarining ta’minlanishi
YaIM ning 1991-2017 yillarda o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 4,5 % ni tashkil qildi. O‘zbekiston o‘zining rivojlanish modelini izchil amalga oshirishi natijasida boshqa sobiq ittifoq mamlakatlariga nisbatan qisqa muddatlarda, ya’ni 1996 yildayoq iqtisodiy pasayishning oldini oldi, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minladi va iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq asosiy iqtisodiy masalalarni amalga oshirishga kirishdi. 2000-2019 yillar davomida iqtisodiy o‘sishning o‘rtacha yillik sur’atlari 6,5 % ni tashkil qildi. Oxirgi 10 yilda (2008-2019 yillar) YaIM 2,2 barobarga o‘sdi. Iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari va manbalari tahlili shuni ko‘rsatadiki, oxirgi 10 yil davomida iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlari qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning 1,8 marta (2008-2018 yillar uchun o‘rtacha yillik o‘sish – 6,1 %), sanoatda – 1,7 marta (5,4 %), qurilishda – 3,4 marta (13,4 %), xizmatlar sohasida – 2,3 marta (8,8 %) o‘sganligi hisobiga ta’minlandi.
2008-2019 yillar uchun YaIM deflyatori indeksi 126,8 % dan 115,6 % gacha kamaydi. 2017 yilda YaIM deflyatori indeksining nisbatan yuqori darajasi (120,8 %) qayd etildi, bu esa asosan, 2017 yil sentyabr oyida valyuta bozorini liberallashtirish va milliy valyutaning devalvatsiyasi bilan bog‘liqdir. Oxirgi 10 yillikda (2008-2017 yillar) qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilishi, investitsiyalarning keng jalb qilinishi natijasida nafaqat iqtisodiy o‘sish sur’atlarining oshishi, balki iqtisodiyot tarkibida muhim sifat o‘zgarishlarining yuz berishi ta’minlandi. Tarkibiy o‘zgarishlar borasidagi siyosatning izchil amalga oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti tarkibi diversifikatsiya qilindi. Mustaqillik yillarida sanoat tarmog‘i va xizmatlar sohasining rivojlanish salohiyati yanada kengaytirilishi natijasida YaIM tarkibida qishloq xo‘jaligi ulushining bosqichma-bosqich kamayishi (1995 yilda 32,4 % dan 2017 yilda 19,7 % ga) tendensiyasi saqlanib qoldi. Shu bilan birga, YAIM tarkibida qishloq xo‘jaligi ulushining kamayishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ijobiy o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari fonida sodir bo‘ldi. Sanoat tarmog‘ini diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmining o‘sishi va YaIM tarkibida sanoatning (qurilishni qo‘shgan holda) ulushi 1995 yildagi 27,8 % dan 2017 yilda 34,1 % gacha oshishi ta’minlandi. SHu bilan birga, xizmatlar sohasining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, bandlik va aholi daromadlari o‘sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida, mazkur tarmoq qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylandi. Xizmatlar sohasining YaIM dagi ulushi 1995 yildagi 39,8 % dan 2017 yilda 46,2 % gacha oshdi.
Iqtisodiy islohotlarning ilk davrlaridayoq, obyektlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Kichik biznes mamlakatimiz iqtisodiyotining 2000-2017 yillardagi rivojlanishida eng muhim omillaridan biri bo‘lib hisoblandi.
Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab quvvatlash va yanada rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi natijasida uning YaIM dagi ulushi 2000 yildagi 31,0 % dan 2017 yilda 54,9 % gacha oshdi.
Yakuniy iste’mol usuli orqali hisoblangan YaIM tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar YaIM ning yakuniy iste’mol yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy proporsiyalarini tahlil qilish, shuningdek yakuniy iste’molchilar talabini qondirish va mamlakat milliy boyligini o‘stirish uchun iste’mol qilingan tovar va xizmatlar qiymati ulushini aniqlash imkonini beradi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling