Mavzu: O’qituvchining pedagogik mahorati


Download 65.45 Kb.
bet1/4
Sana07.03.2023
Hajmi65.45 Kb.
#1247019
  1   2   3   4
Bog'liq
Sa\'dullayev G\'ulomjon


Mavzu: O’qituvchining pedagogik mahorati

Reja


1. O’qituvchining mahorati.
2. O’qituvchi darsda o’z-o’zini nazorat qilishi.
3. O’qituvchining o’z ustida ishlash va shaxsiy pedagogik tajriba to’plash tizimi

O’qituvchining mahorati


Bugungi kunda pedagoglik faoliyatning alohida shakli sifatida o’z malakasini oshirib borishga ehtiyoj ham ortib boraveradi.
Haqiqiy professional doimo rivojlanishda bo’ladi va o’zining butun mehnat faoliyati davomida tadqiqotchi bo’lib hisoblanadi. Ayniqsa, pedagogda professionallikning shakllanishida mustaqil ta’lim va metodik faoliyat katta ta’sir ko’rsatadi. Pedagog professionalligining asosiy mezonlari ham hammaga ma’lum. Bular: metodikani yaxshi bilish va uni takomillashtirib borish; samarali o’zaro hamkorlikni tashkil etish uchun tarbiyalanuvchilarning psixologiyasini yaxshi bilish; o’zi o’qitadigan predmetni yaxshi bilish va uning ustida doimiy izlanish, o’z-o’zini takomillashtirib borish.
O’qituvchini o’z malakasini muntazam oshirib borishga undovchi motivlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
• Har kuni axborot bilan ishlash. Bunda yangi darsga, ota-oanlar yig’ilishiga, ma’ruzaga, axborot soatiga, olimpiadaga yoki biror bir boshqa tadbirga tayyorlanish uchun yangi axborotni qidirish va uni tahlil qilish.
• Ijod qilish istagi. O’qituvchilik – ijodkorlikka asoslangan kasb. ijodkor o’qituvchi har yili o’sha eskitdan qolgan, sarg’ayib ketgan ma’ruza matni bilan ishlay olmaydi yangilik paydo bo’lishi kerak, o’qituvchi ishi faqat o’zi uchun emas, balki o’quvchilar uchun ham qiziqish va mamnuniyat uyg’otishi lozim. (talabalar kim qanday dars o’tishini yaxshi bilishadi. bu ma’lumot kursdan kursga yetkaziladi kimningdir darsiga talabalar oshiqishadi, kimningdir darsidan qochishadi.)

• Zamonaviy ilm-fannig sezilarli darajada taraqqiy etganligi, ayniqsa, pedagogika va psixologiya fanlarining avtomashinalar davrida ot aravadan foydalanish yaramaydi. jamiyat hayotida sodir bo’layotgan o’zgarishlar eng avvalo o’quvchi-yoshlarda aks etadi, ularning dunyoqarashlarini shakllantiradi. agar yangi axborotlar o’zlashtirib borilmasa, o’qituvchi obrazi zamonadan orqada qolgan kishi sifatida namoyon bo’lishi mumkin.


• Sog’lom raqobat. Sir emaski, ota-oanalar ta’lim muassasasini tanlaganda ko’proq pedagoglarning malakasi va bilim darajasiga e’tibor beradilar. Shunga ko’ra yuqori kvalifikatsiyaga ega bo’lgan o’qituvchi iqtidorli o’quvchilarni tanlash va o’z ish yuklamasini belgilab olish imkoniga ega bo’ladi.
• Jamoatchilik fikri. O’qituvchi uni “yaxshi”yoki “yomon” deb atashlariga nisbatan befarq bo’la olmaydi hech kim yomon o’qituvchi nomini olishni istamaydi. O’qituvchi pedagogik mahoratini oshirishning asosiy yo’nalishlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
• kasbiy (o’qitadigan o’quv predmeti);
• pedagogik-psixologik (o’quvchi va ota-onaga yo’nalganlik, ta’lim va tarbiya berish bo’yicha tavsiyalar berish);
• psixologik (o’z imidji ustida ishlash, o’zi muloqot qila olishi va bunga o’rgata olishi, liderlik xususiyatlari);
• metodik (pedagogik texnologiyalar, ta’limning texnologiyasi);
• estetik (gumanitar), go’zallikni his etish…
• tarixiy; o’z ta‟lim muassasasi, qishlog’i, vatani tarixini yaxshi bilish.
• siyosiy (siyosiy voqea-hodisalardan xabador bo’lish, bolalarni xabardor qilib, ularni ma’rifatli qilib borish).
«YAngi tamoyillar asosida rivojlanayotgan ta’lim tizimi yosh avlodni barkamol ma’naviy yetuk inson sifatida shakllantirishga qaratilgandir» — deyiladi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Ana shunday barkamol insonni tarbiyalash masalasi o’qituvchining pedagogik mahoratiga ko’p jihatdan bog’liq.
Buyuk alloma inson ruhiyatining muhandisi Abu ali Ibn Sino o’zining «Tib qonunlari» asarida shunday fikr bayon qiladi:
«O’qituvchining barcha hatti - harakatlari ezgulikdan iborat bo’lmog’i lozim».
Ezgulik avvalo bola qalbiga yo’l topishdan boshlanadi. U bilan g’amxo’r, hamnafas bo’lish, beg’ubor qalb egasini hurmat qilish, hohish - istaklariga befarq bo’lmaslik, bir so’z bilan aytganda bolajon bo’lish zarur.
Bola tafakkurini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashini shakllantirishda yangi zamonaviy bilimlarni keng ko’lamli olib borilishi kerak.
CHunki bolaning bilish, yangiliklarni qabul qilish doirasi keng, undan to’g’ri samarali foydalanish esa o’qituvchilarning, tarbiyachilarning vazifasidir.
Biror kasbning haqiqiy ustasi bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy va ruhiy xislatlar jo bo’lishi kerak. Pedagogning o’qituvchilik faoliyatini, yoshlarni o’qitish va tarbiyalash ishini samarali bajarishi, ota - onalar va bolalarning izzat - hurmatiga sazovor bo’lishi uchun ham unda qobiliyat, mahorat, qiziqish bo’lmog’i lozim.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo’lishi mumkin.
YAngi metodik mahorat, bu yangi pedagogik texnologiya deganidir.
Pedagogik texnologiya pedagogik mahorat to’g’risidagi fan. SHunga ko’ra pedagogik texnologiyada o’qituvchining metodik mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya o’zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog’liq xususiy nazariyasiga ega:
O’quv — tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda qurish o’qitishning axborot vositalaridan va didaktik materiallardan, ta’limning faol metodlaridan keng foydalanishga asoslangan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi.
1. Mahoratli o’qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta’lim — tarbiya maqsadini aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada ma’lum vaqt ichida unga erishishni ta’minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy etish to’g’risida xulosa qilishi mumkin bo’lsin.
2. O’qituvchi pedagogik tizimda belgilangan maqsadga to’g’ri keladigan o’quv — tarbiyaviy jarayon mazmunini o’quv dasturi bo’yicha chuqur hollashi, muntazam ravishda o’z pedagogik mahoratini ilmiy — texnikaviy taraqqiyot talablariga mos holda mustaqil ravishda kengaytirib borishi lozim.
«O’qituvchi o’z bilim malakasini oshirish usullarini puxta egallamog’i, mustaqil ishlashni o’rganmog’i lozim»,- degan edi Abduraxmon Jomiy.
O’z bilimlarini mustaqil oshirish uchun quyidagi bo’limlardan iborat individual reja tuzib olishlari tavsiya etiladi.
1. G’oyaviy — siyosiy saviyani oshirish.
2. Ilmiy — nazariy bilimni oshirish.
3. Metodik bilim va mahoratni oshirish.
4. Pedagogik va psixologik nazariyani yanada puxta o’rganish.
O’qituvchining pedagogik mahoratini doimiy oshirib borish va uni rivojlantirishda maktabdagi metod birlashmalar hamda kabinetlarning xizmati katta. Metod birlashmalarda o’qituvchilar fikr almashadilar: o’zaro kuzatilgan darslar muhokama qilinadi. YOsh va tajribasiz o’qituvchilarga maslahatlar uyushtiriladi, ilg’or tajribalarni keng ommalashtiradilar.
- Pedagogik ijodkorlik manbai — bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba muammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilg’or pedagogik tajriba deganda biz o’qituvchining o’z pedagogik vazifasiga ijodiy yondashishni, o’quvchilarning ta’lim tarbiyasida yangi, samarali yo’l va vositalarni qidirib topishini tushunamiz.
- Ilg’or pedagogik tajriba o’qituvchi tomonidan qo’llaniladigan ish vaqti va usullari, uslub va vositalaridir, Ular vositasida o’quv tarbiyaviy ishlarda eng yuqori natijalarga erishiladi.
- Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarni ochish o’quv tarbiya jarayoniga sifatli o’zgarishlar kiritadi. O’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, yangi ko’rinishdagi o’quv jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo’ladi.
- Fan - texnika taraqqiyoti o’qituvchining ijodkor bo’lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini o’quvchilarga yetkaza olishi va nihoyat o’quvchilarni ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o’rgata olishini talab qiladi. SHuning uchun o’qituvchi avvalo tadqiqotchilik malakalarini egallashi zarur. O’qituvchi ilmiy tadqiqot ishlari olib borishi davomida omillarni to’playdi, tahlil qiladi, ular asosida xulosalar chiqaradi. U fan xulosalaridan o’zining amaliy faoliyatida foydalanish jarayonida hozirgi zamon o’qituvchisi uchun zarur bo’lgan juda muhim fazilatlarni egallaydi.
Maktabda pedagogik mehnatni ilmiy asosda tahlil qilish muammosi ko’pincha darsda vaqtdan unumli foydalanish, sinfdan tashqari tadbirlardan va o’qituvchi tarbiyachilarning ijtimoiy topshiriqlarini tartibga solishdan iborat deb qaraladi.
Pedagogik mahoratni ilmiy - asosda tashkil etish mazmuni ancha keng tushuncha bo’lib, unga avvalo, xodimlarning malakasi, qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularni to’g’ri tanlash va joy - joyiga qo’yish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qo’llanilayotgan usullar tizimini uzluksiz takomillashtirish va ta’lim - tarbiya jarayoniga texnika vositalarini joriy etish masalalari kiradi.
Ta’lim metodlaridan foydalanishning samaradorligi va muvaffaqiyati ular o’quvchilar mustaqilligi va ijodiy faolligini rivojlantirishga qanchalik yordam berishiga bog’liq. O’qituvchi o’quvchilarga mustaqillik ko’rsatish uchun sharoit yaratsa, o’quvchilar bilimlarini bamisoli o’zlari olayotgandek tuyulsa, mazkur metod samarali bo’ladi.

Ta’lim metodlarida o’qituvchining qiyofasi, uning dunyoqarashi, yning psixologik-pedagogik, metodik va maxsus ilmiy tayyorgarligi namoyon bo’ladi. Xuddi ana shu omillar ta’lim metodlarini samoradorligini belgilaydi. Muayyan metod yaxshi tayyorgarligi bo’lgan o’qituvchida o’z afzalliklarini namoyon qilsa, tayyorgarligi zaif bo’lgan o’qituvchida shu metodning o’zi salbiy jihatlarini namoyon qiladi. SHu sababli ta’lim metodlarini samaradorligini oshirish uchun o’qituvchining tayyorgarlik darajasi prinsipial ahamiyatga ega. O’qituvchi ijodiy pedagogik faoliyati va o’quvchilar ijodiy faoliyatining ta’lim metodida o’z ma’lumoti, madaniyati, kasbiy tayyorgarligi darajasini qanchalik aks ettirishiga bog’liq. Bunda ijodiyot uchun qancha imkoniyatlar bor.


Bilim faoliyati xususiyatlarini, uning ziddiyatlarini o’qituvchining anglab olish izlanish xarakteridagi o’quv vaziyatini shakllantirishi va ularni hal etish jarayonini boshqarish imkonini beradi.
Ilg’or o’qituvchilarning ish tajribasi ta’lim metodlarini takomillashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Bunday tajribani umumlashtirish va yoyish o’quv jarayoni sifatini oshirishning muhim shartidir.
O’qituvchilar mehnat faoliyati jarayonida o’z ishlarining chinakam ustalariga aylanadilar. Sog’lom fikr yurituvchi har bir kishi mahoratli tarbiyachi bo’la oladi, mahoratga tajriba hamda fikr yuritish orqali erishiladi.
Pedagogik faoliyatning nazariy asosiy kasbga oid bilimlardir. U faqatgina o’z predmetini emas, balki pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarini o’zlashtirishi va ularni muntazam to’ldirib borishi lozim. Ilmiy psixologik — pedagogik bilimlar sistemasining mavjudligi o’qituvchiga faqat o’z sinfini hamda ayrim o’quvchilarni o’rganish va ularning to’g’ri tavsifnomasini tuzishgina emas, balki o’quvchilar jamoasi bilan va uning hap bir a’zosining rivojlanishi istiqbollarini ham belgilash imkonini beradi. O’qituvchi tarbiyachining amaliy faoliyati bu ko’plab pedagogik vazifalarni beto’xtov hal qilishdir. O’zining kasbga doir bilimlar to’plamidan ijodiy foydalangan o’qituvchigina ularni muvaffaqiyatli hal etishi mumkin.
Pedagogik odobini egallash o’qituvchidan o’z ustida puxta, o’ylab ishlashni talab qiladi. O’qituvchi o’z hatti - harakatini doimo nazorat qilishi, qarashi, ishorasi bilan o’quvchilar hatti - harakatiga o’z munosabatini bildira bilish kerak. YA’ni pedagoglik odobi o’qituvchida o’z tuyg’ularini ifoda qilishning sof tashqi malakalari mavjud bo’lishini ham nazarda tutadi. Malakalarning bunday majmui pedagoglik mahoratning tarkibiy qismi bo’lib, u pedagoglik texnikasi deb ataladi. O’qituvchining pedagoglik mahorati, uning intellekti va madaniyatiga jiddiy e’tibor beriladi va bu o’rinda o’qituvchi o’z pedagoglik mahoratini, kasbga doir vazifalarni hal qilish qanchalik qo’lidan kelishini doimo tekshirib borishi, bola ongi hamda qalbiga eng yaxshi yo’llarni axtarishi talab etiladi. O’qituvchi o’quvchilarga o’z hatti - harakati, turmush tarzi, o’z qiyofasi va bilimi bilan ta’sir qiladi. Uning madaniyati, hakgo’yligi va ma’naviy sifatlari o’quvchilar tomonidan har xil tarzda qabul qilinadi. SHuning uchun ham o’qituvchi u qaysi fanni olib borishidan qat’iy nazar, o’quvchilar uchun ma’naviylik murabbiysi, taqlid uchun yuksak namuna, o’rnak bo’lishi kerak.
Tarbiya jarayonida pedagogik ta’sir ko’rsatish mahorati o’quvchiga u yoki bu yuksak axloqiy fazilatlarning mohiyatini anglatish jarayonida qo’llaniladigan o’qituvchining ish usullaridan biridir. Pedagogik ta’sir ko’rsatishning eng samarali usullaridan ertaklar, dostonlar, she’rlar, maqollar aytishdir.
Tarbiya jarayonida tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning quyidagi usullaridan foydalaniladi: bolaga qo’yilgan talab, pedagogik ta’sir ko’rsatish, o’quv tarbiya jarayonida o’qituvchi o’z maqsadiga erishish uchun doimo o’quvchilarga o’z talablari bilan yondoshadi. Ularni rag’batlantiradi, ogohlantiradi, tanbeh beradi.
O’qituvchining pedagogik asosda quyilgan talablarni tushuntirish nojuya harakatlardan bolalarni saqlash, ayniqsa kichik yoshdagi maktab o’quvchilarini maktab va jamoada moslashguncha ketma - ket talablar quyiladi. YUqoridagi talablarning qanchalik ta’sir etishi tarbiyachining pedagogik mahorati va obruyiga bog’liqdir. Talablarning qo’yilish shakllari:
- Tarbiyachi tomonidan talabni to’ppa - to’gri qo’yilishi. Bunday talab bolalar jamoasi bilan ishlashning dastlabki bosqichidir. Mashhur pedagoglardan biri A.S.Makarenko "Samimiy, oshkora, ishonarli, qizg’in va qat’iy talab bo’lmasa jamoani tarbiyalashni boshlab bo’lmaydi" degan edi. Bunday talablar jamoani bir maqsad yuliga boshlash uchun xizmat qilishi;
- talabning ijobiy bo’lishi va bolaning hatti - harakatlariga to’sqinlik qilmasligi;
- talabning  aniq va tushunarli bo’lishi;
- qo’yilgan talab va vazifalarni natijasini bilish;
- talab ochiq chehra bilan, samimiy bir ohangda berilishi, iltimos, maslahat shaklida bo’lib, bolani yaxshi niyatga chorlashi;
- talab bolalarning yoshi, bilim saviyasiga mos bo’lishi;
- talablarda kesatish, luqma, minnat qilish bo’lmasligi va boshqalar.
Tarbiyachining navbatdagi vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o’zlashtirib, ilg’or tajribalarga suyanib, o’quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o’rtoqlik, do’stlik, o’zaro hamkorlik, hamjihatlik, o’z - o’zini tarbiyalash mahoratini o’zlashtirishdan iborat. Ular:
· sinf boshlang’ich jamosini tarbiyalash va ularda o’zaro munosabat aloqalarini yaratish;
· o’quvchilar kundalik faoliyatlarini hamma qirralarini jamoada jipslashtirish;
· shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo’yishga o’rgatish;
· jamoada bir - biriga mehr- oqibat, muruvvat va saxiylik, do’stona hamkorlik mavjud bo’lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylandi.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilar jamoalarini tashkil qilishda o’qituvchidan turli tuman vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi.
1. O’qituvchi jamoa a’zolarini yangi sharoitga moslashuv darsida ularga ishonch, hurmat, xushmuomalalik talablarini to’g’ri qo’ya bilish bilan birga o’quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bo’lishi kerak.
2. O’quvchilar jamoasida yetakchi kuch tayanch o’zagini tanlash.
3. Jamoa a’zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish.
4. Jamoada yangi an’ana, qonun qoidalarni dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish.
5. Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.
Har bir o’qituvchi pedagogik faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta’lim - tarbiyasini yanada samarali chiqishi uchun u o’z ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini o’stirishi kerak. O’quvchilar bilan bo’ladigan munosabatlarni puxta o’ylab ularning ko’ngliga ozor yetkazmasdan ish olib borishi kerak. Muomala madaniyati o’zini tuta bilishini nazorat qilishi kerak. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi uning muomalasidan namoyon bo’ladi. Muomalaning asosiy vositasi tildir. Xalqimizdan shunday naql bor: "Bola shirin so’zning gadosi". Bas shunday ekan tarbiyachi muomalasida juda ehtiyotkor bo’lishi kerak. Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi: "SHirin so’z kungillar uchun bamisli asaldir".
  O’qituvchining o’z ustida ishlash va shaxsiy pedagogik tajriba to’plash tizimi
Bugungi kunda zamonaviy ta’limni turli usullarda amalga oshirish mumkin. Bularning barida butun mas’uliyat o’qituvchiga yuklatilmasdan o’quvchidan ham o’z - o’zini boshqarish talab etilmoqda.

O’qitish tizimida o’z - o’zini boshqarishning zarurligi, eng avvalo, butun o’quv yurtlari tizimining samarali, puxta ishlab chiqilganligidan dalolat beradi. CHunki o’z - o’zini boshqarish tufayli o’qitishdagi o’zaro munosabat o’qitishning borishini jadal boshqarish va kamchiliklarni o’z vaqtida tuzatish keyingi darsga zamin va imkon yaratadi. O’z - o’zini boshqarishni biz mustaqil ish jarayonlarida turli xildagi tadbirlar uyushtirish va o’tkazishda, tarbiyaviy soat darslarida ko’rishimiz mumkin. O’z - o’zini boshqarish mohiyati o’quvchilarda birinchi o’rinda o’zini mustaqil his qilishi va o’zi ko’proq darsni qabul qilishidan iborat. Agar o’qituvchi o’quvchilarga ma’lum bir mavzuni o’zlashtirishga qiziqtirib borsa o’qituvchi mavqei nima bilan o’lchanishini bilamiz. Uning mavqei o’z kasbiga muhabbati, o’quvchilariga nisbatan talabchanligi, o’quv dasturi va darsliklardan to’g’ri foydalana bilishi, shuning bilan bir qatorda o’z ustida tinmay izlanib, o’z - o’zini tarbiyalashi bilan o’lchanadi. Kelajagimiz yoshlar qo’lida ekan biz o’qituvchilar ana shu yoshlarni chin inson bo’lib yetishishlari uchun qo’limizdan kelgan barcha mahoratimizni ishga solmog’imiz kerak.


O’qituvchilik nihoyatda mas’uliyatli kasb, bu esa ko’proq o’z ustida ishlash, tajriba almashish, darsga tayyorgarlikni takomillashtirishga da’vat etadi. O’qituvchilarning o’z - o’zini tarbiyalashlarida matbuot sahifalari bilan tanishishi, ilg’or o’qituvchilarning tajribalariga suyangan holda dars tahlillarida qatnashishi, jamoadagi kasbdoshlari bilan uslub almashish yuqori samara beradi.
Tarbiyaviy jarayonni mustahkamlash, yaxshilash, uni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun deyarli barcha qoidalarni, usullarni, g’oyalarni qaytadan ko’rib chiqish, bola shaxsiga e’tiborni qaratish, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarur.
Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta’sir ko’rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir - biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro ta’sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi.
O’qituvchi yoshlarga ta’lim — tarbiya beruvchi insondir. O’qituvchida o’qituvchilik kasbiga xos layoqat, qobiliyat bo’lmog’i darkor. Avvalo u bolalarni sevishi, ijodkor, ishbilarmoi bo’lishi, ma’naviy barkamol bo’lishi, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan bo’lishi lozim. O’qituvchi o’quvchilarga ta’lim - tarbiya berar ekan, avvalo, uning o’zida tarbiyaviy hislatlar tarkib topgan bo’lishi darkor. O’qituvchi odobli 6o’lishi kerak. Uning odobi, madaniyati yuksak bo’lsagina, odamlarga nisbatan mehribon, sahovatli bo’la oladi, uni hamma hurmat qiladi. Buning uchun ochiq ko’ngil, qat’iy bo’lishi, o’zini tuta bilishi, bardoshli bo’lishi kerak. Bolalarga nisbatan talabchan bo’lish bilan birga o’z shaxsiga tanqidiy nuqtai nazardan qaray olishi kerak.
O’qituvchi pedagogik etikaning normalarini o’zlashtirib olishi, tajribada qo’llashi, o’zining dunyoqarashi va ahloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. Fikrlash va his etish, turmushda sinab ko’rish natijasida pedagogik etikaning qoidalari o’qituvchining o’z e’tiqodiga, intilishiga, o’z ahloqiy sifatiga aylanadi.

Bu ahloqiy e’tiqod o’qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarda, o’quvchilar va boshqa kishilar bilan munosabatlarda, muomalasida, kundalik turmushda o’zining shaxsiy namunasi bilan ahloqiy ta’sir o’tkazishda ko’zga tashlanadi. Muallim ahloqining natijalari uning yoshlarga ahloqiy ta’sirining samaradorligida namoyon bo’ladi. SHaxs ahloqining xarakterlaydigan belgilaridan biri ma’suliyatdir. O’qituvchining ma’suliyati - ma’suliyat tushunchasining butun mazmunini saqlagan holda muallimning faoliyati va ta’lim — tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o’z ichiga oladi. O’qituvchi zimmasiga bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish ma’suliyati yuklanadi.



Download 65.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling