11.8 - rasm. Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashning yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli
Bu to‘g‘ri chiziqning har qanday nuqtasidan chiqarilgan yotiq va tik yo‘nalishdagi chiziqlar teng miqdorlarni ko‘rsatadi. S chizig‘i esa iste’mol sarflari miqdorini aks ettirib, daromad (ya’ni SMM) hajmi oshib borishi bilan uning darajasi ham o‘sib boradi. YAlpi sarflar (S+In) chizig‘ini hosil qilish uchun iste’mol sarflarining (S) turli hajmiga mos tushuvchi sof investitsiyalar (In) miqdori qo‘shib boriladi. Bu o‘rinda tadbirkorlar tomonidan amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan investitsiyalar hajmi daromad darajasiga bog‘liq emas, deb qabul qilinadi. Shu sababli yalpi sarflar chizig‘i iste’mol sarflari chizig‘idan In miqdoriga teng uzoqlikda joylashadi.
Chizmada iqtisodiy muvozanatga E nuqtada yerishiladi, ya’ni aynan shu nuqtada ishlab chiqarilgan sof milliy mahsulot hajmi (SMME) iste’mol qilingan mahsulot hajmiga (S+In)E teng keladi.
To‘la bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik chizmada retsession yoki inflyatsion farq ko‘rinishida ifodalangan. Yalpi sarflarning SMM hajmidan kam bo‘lgan miqdori retsession farq, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo‘lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi.
Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashning jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi degan fikrga asoslanadi. Biroq, aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg‘armaga qo‘yishi mumkin. Jamg‘arma “sarflar — daromadlar” oqimidan potensial sarflarni olib qo‘yish hisoblanadi. Bunda jamg‘armaga qo‘yilgan mablag‘ investitsiyalar bilan to‘liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo‘ladi (11.9-rasm). Investitsiyaviy sarflarning ko‘payishi ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o‘sishiga olib keladi. Bu o‘zaro natija multiplikator samarasi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |