1. iqtisodiyotga kirish


ISTE’MOL JAMG‘ARMA VA INVESTITSIYALAR


Download 1.03 Mb.
bet139/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

12. ISTE’MOL JAMG‘ARMA VA INVESTITSIYALAR

12.1 Iste’mol va jamg‘arishning iqtisodiy mazmuni va manbai.
Makroiqtisodiy darajada rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq etganda iste’mol, jamg‘arma va investitsiya kategoriyalarini tahlil qilish iqtisodiyotning muvozanatli va davriy rivojlanish bilan bog‘liq muammolariga boshqacharoq nazar tashlashga imkon beradi.
Iste’mol YaIMning eng katta tarkibiy qismi bo‘lgani uchun uni tahlil qilish asosiy makroiqtisodiy muammolarni o‘rganish uchun juda muhimdir.Yalpi iste’molni o‘rganayotganda, iste’mol qilish jarayoniga ta’sir qiluvchi obyektiv va subyektiv omillarga, iste’mol sarflarini amalga oshirishda psihologik omilning roliga e’tibor byerish kyerak. Ma’lumki, turli oilalar iste’mol harajatlarini rejalashtiradilar va sarflaydilar, ular nimani va qachon sotib olishlarini o‘zlarining mustaqil fikrlariga tayangan holda amalga oshiradilar.
Shunga qaramay, mamlakatda o‘rtacha iste’mol sarflarini amalga oshirishning umumiy qonuniyatlari mavjud. Ushbu qonuniyatlar iste’molning tuzilishi va hajmlarini oldindan istiqbollashtirishga imkon beradi. Boshqacha aytganda, jamiyatda iste’mol qilishning barqaror tendensiyasi kuzatilmaydi. Keyns bu hodisani o‘zining mashhur asosiy psihologik qonuni yordamida tasvirlaydi, unga ko‘ra daromadlar o‘sishi bilan iste’mol o‘sadi, lekin daromad o‘sishi bilan mutanosib emas - iste’mol daromad o‘sishidan ortda qoladi, aholining jamg‘arishilari nisbatan ko‘payadi.
Mamlakatda yaratilgan milliy daromad iste’mol va jamg‘arish maqsadlarida sarflanadi. YAlpi iste’mol mamlakat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildiradi. Bunda jami iste’mol unumli va shaxsiy iste’moldan iborat bo‘ladi.
Unumli iste’mol ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchining, shaxsiy iste’mol esa insonlarning iste’mol buyumlari va xizmatlarini iste’mol qilish jarayonidir. Unumli iste’mol ishlab chiqarish jarayonida ro‘y beradi. Shaxsiy iste’mol esa ishlab chiqarish jarayonidan tashqarida yuz beradi. Yakka tartibdagi yoki jamoa bo‘lib iste’mol qilish ham farqlanadi. Alohida shaxsning o‘z ixtiyorida bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishi yakka tartibdagi iste’mol, jamiyat a’zolari turli guruhlarining ne’matlardan birgalikda foydalanishga jamoa bo‘lib iste’mol qilish deyiladi.
Keyns nazariyasida umumiy talab quyidagi ko‘rsatkichlarga bog‘liq.
a) iste’mol (C) - ma’lum vaqt ichida sotib olingan va iste’mol qilingan tovarlarning umumiy soni ( umumiy iste’mol talabi);
b) jamg‘arma (S) – aholini pul daromadlarining uni odamlar kelajakdagi xaridlari uchun, kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish uchun ajratadigan qismi.
d) investitsiyalar (I) - mamlakat ichkarisida va chet elda uzoq muddatli kapital qo‘yilmalar.
Bunda daromad ( Y) iste’mol (C) va jamg‘arma( S ) yig‘indisiga teng:
Y = C + S.
Demak, iste’mol jami sarflarning tarkibiy qismidir. Daromad iste’molning manbai hisoblanadi. Daromadni iste’moldan ortib qolgan qismiga jamg‘arma deyiladi. Aynan daromad iste’mol va jamg‘arma manbaidir.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling