11.7- rasm. Foiz stavkasining o‘zgarishi
Agar foiz stavkasi investitsiya va jamg‘arma bozorini muvozanatlay olmasa, unda narx darajasi yordam beradi. Jamg‘arishni ko‘paytirishi narxlarning pasayishiga, pulning xarid qobiliyatini oshirishga olib keladi. Talab qonuniga ko‘ra, odamlar ushbu jamg‘armani arzonroq tovarlarga sarflashadi.
Narxlarning pasayishi, o‘z navbatida, resurslar, shu jumladan ishchi kuchi narhlarini pasaytiradi. Mahsulotga bo‘lgan talabning umumiy pasayishi resurslarga, shu jumladan ishchi kuchiga talabni kamaytiradi. Natijada ishsizlik paydo bo‘ladi. Ishidan mahrum bo‘lganlar eski stavkalarda yollana olmaydilar va past narxga rozi bo‘ladilar. Ularni bunga ishsizlar o‘rtasidagi raqobat majbur qiladi, bu esa ish haqini yanada pasaytiradi.
Natijada tadbirkorlarga ( ish byeruvchilarga) xodimlarni ish haqining past stavkasi bo‘yicha yollash foydali bo‘ladi, natijada majburiy ishsizlik bo‘lmaydi. Klassik maktab iqtisodiyotni o‘zini- o‘zi tartibga solish tizimi sifatida qabul qildi va davlatning aralashuvini rad etdi.
11.5 Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlash usullari
Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlash quyidagi asosiy usullar yordamida amalga oshiriladi:
1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli;
2. Jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usulida, birinchidan, ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko‘rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), ikkinchidan esa, iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va sof investitsiya sarflarining umumiy summasi (S+In) olinadi. Mazkur modelda yalpi investitsiyalar o‘rniga sof investitsiyalar ko‘rsatkichidan foydalanish ishlab chiqarish umumiy hajmini ifodalashda YaIM o‘rniga SMM ko‘rsatkichining qo‘llanishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy muvozanat darajasini tahlil qilish jarayonini soddalashtirish maqsadida yalpi sarflar tarkibidagi davlat (G) hamda chet el omili (Xn) e’tiborga olinmaydi.
Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+In) teng bo‘ladi, ya’ni SMM= S+In (11.8- rasm).
Chizmadan ko‘rinadiki, 45 burchak ostida o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq orqali yalpi sarflar hamda ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi tenglik ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |