1. iqtisodiyotga kirish


Ekstensiv iqtisodiy o‘sish


Download 1.03 Mb.
bet154/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Ekstensiv iqtisodiy o‘sish – bu yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarish jarayoniga qo‘shimcha ishlab chiqarish omillarini jalb etish hisobiga oshishi. Bunda birinchidan, ishlab chiqarishning texnik asosi o‘zgarmaydi, ikkinchidan esa ishlab chiqarishning ko‘lami oshadi. Buning ijobiy va salbiy taraflari mavjud. Ekstensiv rivojlanish iqtisodiy taraqqyotning sur’atlarini oshirishning eng oson yo‘li hisoblanadi. Chunki uning yordamida tabiiy resurslarni tez o‘zlashtirish hamda ishsizlar sonini qisqartirish mumkin. Biroq, ekstensiv rivojlanishda mahsulot miqdorini oshirishni texnik - iqtisodiy taraqqiyot bilan uyg‘unlashtirilgan holda olib borilmayotgani sababli texnik turg‘unlikka olib keladi. Shuningdek iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi hisobiga erishiladi.

Intensiv o‘sish – bu yalpi milliy mahsulotning ishlab chiqarishning texnik va texnologik asoslarini takomillashtirish hamda mehnat resurslaridan samarali foydalanish hisobiga ko‘payib borishi. Iqtisodiy o‘sishning bu turining asosini fan-texnika taraqqiyoti, innovatsiyalar tashkil etadi. Shu bilan birga ishlab chiqarishni intensivlashtirish orqali iqtisodiy o‘sishga erishish murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki, bu milliy iqtisodiyotni chuqur strukturaviy qayta qurish, yuqori saviyali mutaxasislar tayyorlash va shu kabilar bilan bog‘liq.

14.2. Iqtisodiy o‘sish omillari
Iqtisodiy o‘sishga bir qator omillar ta’sir etadi. Ularni ichida eng muhimlari quyidagilar: taklif omillari, talab omillari va taqsimlash omillari. Ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar taklif omillarini tashkil qiladi.
Taklif omillariga quyidagilar kiradi:
- tabiiy resurslar (yer, foydali qazilmalar, iqlim va h.k) va ularning miqdori hamda sifati.
-mehnatga qobiliyatli aholining miqdori va sifati;
-asosiy kapitalning mavjudligi va uning sifati;
-mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan texnologiyalarning mavjudligi.
Ushbu omillarning barchasi mamlakat iqtisodiyotining o‘sishga erishishi uchun imkoniyatlar yaratadi. Bu omillar har birining yalpi mahsulot hajmiga ta’sirini baholash orqali iqtisodiy o‘sishni tavsiflash mumkin.
Ma’lumki, yalpi milliy (ichki) mahsulot ishchi kuchi, kapital va tabiiy resurslar sarflarining funksiyasi hisoblanadi, ya’ni:

,
bu yerda:


Y – yalpi milliy (ichki) mahsulot;
L – ishchi kuchi sarflari;
K – kapital sarflari;
N – tabiiy resurslar sarflari



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling