1. iqtisodiyotga kirish


Download 1.03 Mb.
bet157/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Tarmoqlararo balans iqtisodiy o‘sishning muhim modellaridan biri hisoblanadi. Tarmoqlararo balans AQSHlik iqtisodchi V.Leontyev tomonidan «xarajatlar – ishlab chiqarish» modeli sifatida takomillashtirilgan holda ishlab chiqildi. V.Leontyev iqtisodiy tahlilning «xarajatlar – ishlab chiqarish» usuli yordamida amalga oshirgan, e’tiborni eng avvalo iqtisodiyotdagi miqdoriy aloqalarga qaratadi. Tarmoqlar o‘rtasidagi bu aloqalar texnologik koeffitsiyentlar orqali o‘rnatiladi.
Tarmoqlararo balans jadvali to‘rtta kvadrantdan iborat. Birinchi kvadrantga mahsulot ishlab chiqarishga moddiy sarflar ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Ikkinchi kvadrantga shaxsiy iste’mol, jamg‘arish, davlat xaridi va eksport sifatida foydalaniluvchi pirovard mahsulot ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Uchinchi kvadrantdan qo‘shilgan qiymat (ish haqi, foyda, soliqlar) va import ko‘rsatkichlari o‘rin olgan. To‘rtinchi kvadrantda sof milliy mahsulotni qayta taqsimlash ko‘rsatkichlari joylashgan. Tarmoqlararo aloqalar jadvali ustunlari bo‘ylab xarajatlarni, ya’ni har bir tarmoq bo‘yicha mahsulot qiymatini tashkil etuvchi unsurlarni, satrlar bo‘yicha esa – milliy iqtisodiyot har bir tarmog‘i mahsulotini taqsimlash tarkibiy tuzilmasini aks ettiradi.
Tarmoqlararo balans modelida bir tarmoqdagi pirovard talab yoki ishlab chiqarish sharoitidagi o‘zgarishlar boshqa barcha o‘zaro bog‘liq tarmoqlarning miqdoriy ta’sirini kuzatish orqali o‘rganiladi. Bu esa qandaydir tovarga bo‘lgan ehtiyojlar yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasidagi har qanday o‘zgarishlar muvozanatlashgan narxlar tarkibini o‘zgartirib, texnologik koeffitsiyentlarning ham o‘zgarishiga olib kelishini anglatadi.
«Xarajatlar – ishlab chiqarish» tarmoqlararo balansi usuli nafaqat iqtisodiyot turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganishga, balki mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini, uning tarmoqlar tuzilmasining o‘zgarishi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini bashoratlashga imkon yaratadi.


14.4. Sikllik - iqtisodiy taraqqiyotning umumiy shakli ekanligi va uning sabablari
Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, har qaysi mamlakatda iqtisodiy o‘sish (rivojlanish) bir tekis kechmaydi. U davriy xarakterga ega bo‘lib, iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul holati vujudga keladi. Iqtisodiyotda mavjud muvozanatlar iqtisodiy rivojlanishning shart-sharoiti hisoblansa-da, ular buzilib va tiklanib turadi. Ular buzilganida iqtisodiy berqarorlik, tiklanganda esa barqarorlik kuzatiladi. Inqiroz moliyaviy tanglik, ishsizlikning me’yordan ortib ketishi, aholi turmush darajasi pasayishi, iqtisodiy beqarorlik kabi belgilar bilan tavsiflanadi. Iqtisodiyotni siklligi iqtisodiy rivojlanish darajasining ketma-ket yuksalish va tushkunlik holatiga tushishi jarayonidir. Iqtisodiyotning tebranib turishining sababi yalpi talab va yalpi taklifning muvozanat holatiga kirishi va undan chiqib turishidir. Birinchi holatda iqtisodiyot o‘sadi, ikkinchi holatda esa pasayadi. Iqtisodiyotning bunday notekis harakati bozor tizimining nuqsonidir.
Makroiqtisodiy nazariyada iqtisodiy siklning umume’tirof etilgan konsepsiyasi mavjud emas, shuning uchun turli yo‘nalishdagi iqtisodchilar iqtisodiy sikllarning vujudga kelish sabablariga e’tibor qaratishadi. Iqtisodiy sikl omillarini aniqlash nuqtayi nazaridan uchta uslubiy yondashuvlar farqlanadi: ekzogen, endogen va eklektik. Ekzogen yondashuv tarafdorlari siklning xususiyatini faqat tashqi sabablar bilan bog‘lashadi. Endogen yondashuv tarafdorlari ushbu hodisaning ichki qonuniyatlarini izlaydilar. Eklektizm tashqi va ichki omillar sintezi siklining vujudga kelishini belgilab beradi deb hisoblaydilar.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling