1. iqtisodiyotga kirish
Davlatning inflyatsiyaga qarshi siyosati
Download 1.03 Mb.
|
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org
15.5. Davlatning inflyatsiyaga qarshi siyosati.
Inflyatsiyaning salbiy oqibatlari barcha mamlakatlar hukumatlarini inflyatsiyaga qarshi choralarni qo‘llashga majbur qiladi. Inflyatsiyani yengish uchun davlat to‘liq kuch bilan harakat qilishi kerak. Inflyatsiyani mo‘jizaviy davolash usullari mavjud emas. Inflyastiyaga qarshi choralarni ikki qismga bo‘lish mumkin: uzoq muddatli kuchlar va usullarni birlashtirgan inflyatsiyaga qarshi strategiya va nisbatan qisqa vaqt ichida natijalarni kutish mumkin bo‘lgan inflyatsiyaga qarshi taktika. Inflyatsiyaga qarshi strategiyaning eng muhim vazifalaridan biri bu inflyatsiyaga nisbatan kutishlarni so‘ngdirish. Bu quyidagilarni talab qiladi: - tovarlarning miqdori va sifatining oshishi, narxlarning o‘zgarishi bilan kechadigan bozor mexanizmini kuchaytirish. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun hukumat boshqarib bo‘lmaydigan inflyatsiyani bartaraf etish yo‘lini qat’iy tanlashi zarur. Buning uchun o‘zining qat’iyligi va inflyatsiyaga qarshi turish qobiliyatini isbotlagan hukumat bo‘lishi kerak; - inflyatsiyaga qarshi strategiyaning yana bir ajralmas qismi-bu uzoq muddatli pul-kredit siyosati. Buning uchun pul massasining o‘sishiga yillik qat’iy cheklovlar joriy etiladi. Shuningdek, kreditlarni qimmat qiladigan banklararo foizlar tizimi, majburiy zaxiralar stavkasi va qimmatli qog‘ozlar bozorida hukumat qarzi bilan operatsiyalar; - navbatdagi strategik vazifa - byudjet taqchilligini to‘liq bartaraf etish istiqbollarini nazarda tutgan holda uni kamaytirish. Buning uchun ilmiy-texnik taraqqiyot va ishlab chiqarish tuzilishini qayta qurishni rag‘batlantirish zarur; iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlarga investitsiya oqimlarini yo‘naltirish; - milliy valyuta kursining o‘sishi inflyatsiyaga qarshi vosita sifatida ham qo‘llanilishi mumkin. Bu import qilinadigan tovarlar va xizmatlar narxlarini pasaytiradi, binobarin narxlarning umumiy darajasining pasayishiga turtki beradi. Ammo import narxlarining pasayish tendensiyasi eksport narxlarining ko‘tarilishiga olib keladi va mamlakat uchun jahon bozoriga chiqish tobora qiyinlashadi. Bu inflyatsiyaga qarshi strategiyaning asosiy xususiyatlari. Chunki ular uzoq muddatga mo‘ljallangan. Inflyatsiyaning vaqtincha pasaytirish uchun favqulodda choralar talab etiladi. Bu taktik choralar bo‘lib, ular hech qanday strategiyaning o‘rnini bosa olmaydi. Gap iqtisodiyotga radikal ta’sir o‘tkazish, uni yanada radikal choralarga tayyorlash uchun mo‘ljallanganligi haqida ketmoqda. Inflyatsiga qarshi taktik tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - korxonalarni imtiyozli soliqqa tortish. Bunda korxonalar ixtiyorida ishlab chiqarishni kengaytirish uchun ko‘proq mablag‘ qoladi va shu bilan taklif hajmi oshadi; - davlat mulkini xususiylashtirish natijasida davlat daromadlari ko‘payadi va xarajatlari kamayadi. Bundan tashqari, xususiylashtirilgan korxonalar chiqargan aksiyalar talab inflyatsiyasining bir qismini o‘ziga tortadi; - iste’mol tovarlarini katta miqdorda import qilish va davlat strategik zaxiralarini qisman sotish; - jamg‘arma stavkasini oshirish va ularning likvidlik darajasini pasaytirish. Buning uchun hukumat depozitlar bo‘yicha foizlarni oshirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi kerak va u inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmasligi kerak; - davlat zayomlari bo‘yicha foizlarni oshirish natijasida keyinchalik bankka pul o‘tkazmaydigan shaxslar davlat zayomlarini sotib olishga qiziqish bildiradilar; Ushbu inflyatsiyaga qarshi choralar davlat amalga oshiradigan inflyatsiyaga qarshi siyosat doirasida amalga oshiriladi. Inflyatsiya sharoitida iqtisodiyotni tartibga solishga ikki yoqlama yondashuv mavjud. Bular bozor iqtisodyotining barcha subyektlari (uy xo‘jaligi,firmalar, davlat) o‘z harakatlarida indeksatsiyalash usulidan foydalanish yo‘li bilan inflyatsiyani hisobga olishni nazarda tutuvchi inflyatsiyaga moslashish (adaptiv) siyosati va inflyatsiyaga qarshi choralar bilan uni bartaraf etish inflyatsiyaga qarshi siyosatidir. Inflyatsiya sur’ati past bo‘lgan davrda davlat inflyatsiyaga moslashish choralarini qo‘llaydi. Inflyasiya sur’ati yuqori bo‘lganda va ayniksa giperinflyatsiya sharoitida davlat faol inflyatsiyaga qarshi siyosatni yuritadi, bu asosan muomaladagi ortiqcha pulni chiqarib olish, pul emissiyasini to‘xtatishdan iborat bo‘ladi. Iqtisodiyotda ortiqcha pul hosil bo‘lganda pul massasi kamaytiriladi. Narxlar pul miqdoriga bog‘liq bo‘lar ekan, uning qisqarishi narx masshtabni kamaytirib, narxlarning o‘sishini sekinlashtiradi va hatto narxlarning pasayishiga ham olib keladi. Ammo pul massasining kamaytirilishi me’yorida bo‘lishi kerak, aks holda pul defitsiti hosil bo‘lib, pul oborotida uzilishlar paydo bo‘ladi, o‘zaro hisob kitoblarda qiyinchilik yuzaga keladi. Jahon amaliyotida pulni xarid qobiliyatining pasayishidan ko‘rilgan zararni qoplashning ikki usuli mavjud. Uning keng tarqalgan usuli foiz stavkasini indeksatsiyalash hisoblanadi. Bunda foiz stavkasi inflyatsiya darajasiga muvofiqlashtiriladi. Masalan, kreditor qarz beruvchi bergan pul miqdoriga 5% foizda olishi mumkin, agarda kutilayotgan inflyatsiya darajasi 6% ga teng bo‘lsa, unda u foiz stavkasini 11% qilib belgilaydi. Inflyatsiya zararni qoplashning ikkinchi usuli investitsiyalarning birlamchi miqdorini indeksatsiyalash hisoblanadi. Qilingan investitsiya oldindan kelishilgan indeks yordamida ma’lum davrda inflyatsiya darajasiga qarab to‘g‘rilanib boriladi. Uy xo‘jaligi daromadning qo‘shimcha manbalarini qidirish orqali moslashishga harakat qiladilar. Xodimlar esa ishga yollanish, ish haqini inflyatsiyaga qarab indeksatsiyalashga harakat qiladilar. Korxonalar esa qisqa muddatga mo‘ljallangan loyihalarni amalga oshiradi, chunki bu ularga sarf etilgan kapitallarning qisqa muddat ichida qaytib kelishini ta’minlaydi. Amaliyotda inflyatsiyaga qarshi moslashish siyosati qo‘llanilgan, ammo u samarasiz bo‘lib chiqdi. Chunki narxlarni tutib turish ishlab chiqarish unumdorligiga va xalqning yashash darajasining pasayishi hisobiga amalga oshirilgan. Narx bilan ish haqi o‘rtasidagi nisbat ustidan nazorat qilish siyosati qisqa vaqt davrida samara beradi, uzoq muddatli davrda esa bermaydi. Shuning uchun bu siyosat keng tarqalmagan. Adaptiv va antiinflyatsion chora-tadbirlar iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish, uning barqarorligini ta’minlash vositalaridan biri hisoblanadi. 15.6. O‘zbeknstonda milliy valyuta - so‘mning muomalaga kiritilishi va uning barqarorligini mustahkamlash yo‘nalishlari Tovar-pul munosabatlarining samarali rivojlanishi milliy valyutaning barqarorligiga bog‘liq. «Milliy valyuta — milliy iftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgidir. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir» 20 «O‘zbekiston mustaqillikning birinchi yillarida O‘zbekiston hukumati siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ikki o‘zaro ziddiyatli, birinchisi ikkinchisini inkor qiladigan holatga duch kelib qoldi: bir tomondan siyosiy mustaqillik, boshqa tomondan – yagona rubl, demak, iqtisodiy qaram zonada turganlik holati edi».21 Bu holatdan chiqish faqat iqtisodiy mustaqillikga erishish uchun milliy valyutani muomalaga kiritish orqali amalga oshirilishi mumkin edi. O‘zbekistonning o‘z milliy valyutasini muomalaga kiritish ikki bosqichda amalga oshirildi: birinchi bosqich 1993 yilning noyabr oyidan 1994 yilning iyunigacha bulgan davrni, ikkinchi bosqich esa 1994 yilning iyun-iyul oylarini o‘z ichiga oldi 1991 yil sentyabridan 1993 yil noyabrigacha bo‘lgan davrda, muomalaga milliy valyutani kiritilmaganligi sababi, qator jiddiy muammolar mavjud bo‘lgan: banklar orqali mijozlar va aholini naqd pul bilan ta’minlash; mavjud iqtisodiy munosabatlarning buzilishi va hisob kitobni amalga oshirish bilan bog‘liq muammolar; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amaliy jihatdan to‘laqonli pul - kredit siyosatini olib bora olmasligi bilan bog‘liq muammolar. Chunki bu davrda Rossiya Markaziy banki muomalaga pul chiqarar edi, buning natijasida ularni tartibga solib bo‘lmas edi. Bu davrda iste’mol bozorini himoya qilishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993 yil 15 mayda « Pul muomalasini tartibga solish va respublika iste’mol bozorini himoyalashni kuchaytirish» to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Mazkur qarorga ko‘ra aholining tovar sotib olish va depozit operatsiyalarni bajarishda pasport va kupon tizimi joriy etildi. Mamlakatimizda milliy valyutani muomalaga kiritishning birinchi bosqichida, 1993 yilning noyabr oyidan 1994 yilning iyunigacha bo‘lgan davrda, ya’ni 1993 yil 15 noyabrdan muomalaga oraliq «so‘m- kupon» kiritildi va ayni paytda Rossiyaning nominali 5000 va 10000 bo‘lgan rubllar muomaladan chiqarildi. 1993yil 1- dekabrida SSRI Davlat banki 1961-1992 yillar namunasidagi 200, 500, va 1000 rubl pul birliklari muomalada to‘lov vositasi vazifasini bajarishi to‘xtatildi. 1993 yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada «so‘m - kupon», sobiq SSRI Davlat bankining qiymati 100 rublgacha bo‘lgan kupyuralari, va Rossiya bankining 1993 yilda namunasidagi kupyuralari muomalada xarakat qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1994 yil 11aprelda «Pul muomalasini mustahkamlash va «so‘m - kupon» xarid qobiliyatini oshirishning kechiktirib bo‘lmaydigan chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori pul muomalasini barqarorlashtirish, so‘mning xarid qobiliyatini oshirish uchun zarur shart- sharoitlarni yaratishda muhim tadbir bo‘ldi. Ushbu qarorga muvofiq, 1994 yilning 15 aprelidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida Rossiya Banki banknotalarining muomalada bo‘lishi to‘xtatildi. O‘zbekistonning amaldagi milliy valyutasi so‘m — O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda «O‘zbekistan Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunning 111-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 1993 yil 3 sentyabrdagi №952-XII qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi PF-870 sonli farmoniga binoan, 1994 yilning 1 iyulida, o‘zigacha amalda bo‘lgan so‘m-kuponga 1:1000 nisbatda muomalaga kiritilgan. So‘m dastlab 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik tangalar hamda, 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik qog‘oz kupyuralar bilan bir vaqtning o‘zida muomalaga kirgan. 1 so‘m 100 tiyinga maydalangan. Mamlakatimizda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi davlatimizda to‘laqonli pul tizimini vujudga keltirish, mustaqil pul kredit siyosatini olib borishga, tom ma’noda iqtisodiy mustaqillikka erishishga zamin bo‘lib xizmat qildi. Undan keyingi davrda asosiy vazifa milliy valyuta so‘mning barqarorligini ta’minlashdan iborat edi. Bunga erishish uchun 4 ta maqsadli kompleks dastur ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etilyapti. Ushbu dasturning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: Respublika bozorini iste’mol mollari bilan to‘ldirish, aholining eng zarur talablarini qondiruvchi milliy ishlab chiqarishni kengaytirish, tashqi iqtisodiy siyosatni tubdan ko‘rib chiqish, mamlakatning eksport imkoniyatini kengaytirish, qat’iy moliyaviy - kredit siyosatini izchillik bilan o‘tkazish, kredit resurslaridan samarali va muayyan maqsad yo‘lida foydalanish, milliy valyutaning yuqori to‘lov qobiliyatini uzoq muddat davomida saqlab qolishni ta’minlash, ishlab chiqarish hajmi bilan to‘lovga qobil talabning o‘sishi o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash qat’iy moliyaviy- kredit siyosatini izchillik bilan o‘tkazish. Bizning mamlakatimizda milliy valyutani erkinlashtirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekistan Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi PF-4947-sonli Farmoni talablariga asoslangan yangi rivojlanish davri sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur farmonga muvofiq 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rnvojlantirishning beshta ustuvor y o‘nalishi bo‘yicha Harakatar strategiyasida belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalshlaridan biri sifatida bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash belgilangandir. Mana shu ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda qabul qilingan eng muhim qarorlardan biri bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrida «Valyuta siyosatni liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5177-sonli Farmonidir. Mazkur Farmonga asosan 2017 yil 5 sentyabrdan boshlab quydagi valyuta operatsiyalar erkin faoliyati ta’minlandi: - O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari joriy xalqaro operatsiyalar (tovar, ish va xizmatlar importi, foyda repatriatsiyasi, kreditlarni qaytarish, xizmat safari xarajatlarini to‘lash va boshqa savdo xarakteriga ega bo‘lmagan o‘tkazmalar) bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun tijorat banklarida chet el valyutasini cheklovsiz sotib olishlari; - O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar chet el valyutasini tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalariga erkin sotishi va konversion bo‘limlarida sotib olingan mablag‘larni xalqaro to‘lov kartalariga o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga asosan sotib olishi va chet elda hech qanday cheklovlarsiz ishlatishi; - iste’mol tovarlari importi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan tartibda, banklardagi hisobvaraqlar orqali sotib olishga ruxsat beriladi; - mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha eksportchi korxonalarning chet el valyutasidagi tushumini majburiy sotish bo‘yicha talab bekor qilinadi. - chet el valyutasida daromad oluvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek, fermer xo‘jaliklari o‘z bank hisobvaraqlaridagi naqd chet el valyutasini naqt ko‘rinishida olishi mumkin. Shunday qilib,O‘zbekistonda milliy valyuta muomalaga kiritilgandan so‘ng uning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan dasturlarning ishlab chiqilishi va amaliyotda izchil ravishda amalga oshirilishi,valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha malga oshirilgan chora-tadbirlar milliy valyutamizning mustahkamlanishihi, boshqa valyutalarga nisbatan almashuv kursining barqarorlashuvini ta’minladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling