1. iqtisodiyotga kirish
Download 1.03 Mb.
|
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bojxona ittifoqi (BI)
- Umumiy bozor (UB).
- Iqtisodiy va valyuta ittifoqi.
Erkin savdo hududi (ESH) – mamlakatlarning o‘zaro savdoda bojxona bojlari va miqdoriy cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha birlashuvdir. ESH ning tashkil etilishi ichki bozorda milliy va xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytiradi, milliy ishlab chiqaruvchilarning bankrot bo‘lishi xavfini kuchaytiradi, ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangiliklarni joriy etish uchun rag‘bat yaratadi. Masalan, Yevropa erkin savdo uyushmasi va MDH mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bitim;
Bojxona ittifoqi (BI) – o‘zaro savdoda to‘siqlar bekor qilingan va a’zo bo‘lmagan mamlakatlarga nisbatan yagona bojxona tariflari asosida umumiy tashqi iqtisodiy siyosat olib borayotgan mamlakatlar guruhidir. BI da davlatlar o‘zaro to‘siqlarni bartaraf etib, tashqi savdo to‘siqlarning yagona tizimini va uchinchi mamlakatlarga nisbatan bojxona bojlarining yagona tizimini tashkil qiladilar. Masalan, Yevropa Ittifoqi, Yevroosiyo bojxona ittifoqi. Umumiy bozor (UB). Bu iqtisodiy integratsiyaning ancha murakkab shakli bo‘lib, tovar va xizmatlar, kapital, ishchi kuchining erkin harakatini hamda o‘zaro kelishilgan iqtisodiy siyosatni ta’minlaydigan mamlakat guruhi. Bu bosqichda mamlakatlar o‘z milliy chegaralari orqali tovarlardan tashqari ishlab chiqarish omillarining (kapital, ishchi kuchi, texnologiya va ma’lumotlar) erkin harakati to‘g‘risida kelishadilar. Bunga Yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa umumiy bozorini misol qilib keltirish mumkin. Uning doirasida barcha boj to‘lovlari va import me’yor (kvota)lari bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan Evropa bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablag‘lari va ishchi kuchining chegaradan erkin o‘tishi ta’minlanadi hamda umumiy muammolarni hal etishda yagona siyosat o‘tkaziladi; Iqtisodiy va valyuta ittifoqi. Ishlab chiqarish omillarining erkin harakati ta’minlangan ijtimoiy-iqtisodiy jumladan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, energetika, valyuta-moliya sohalarida yagona siyosat amalga oshirilayotgan, umumiy valyuta muomalaga kiritilgan guruhidir. Integratsiyalashayotgan mamlakatlarni iqtisodiy rivojlanish va bozor munosabatlaridagi yetuklik darajasining yaqinligi, geografik yaqinligi va aksariyat hollarda umumiy chegara va tarixan shakllangan iqtisodiy aloqalarning mavjudligi, ularning oldida turgan iqtisodiy va boshqa muammolarning yaqinligi, iqtisodiy integratsiya shakllanishining shart-sharoitlari hisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaga kirishayotgan mamlakatlarda ichki bozor hajmining kengayishi, natijada yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sishi rag‘batlantiriladi, aholi xarid qobiliyatlarining o‘sishi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha daromadlarning o‘sishi va tovarlar narxining pasayishi kuzatiladi, ishlab chiqarishning samaradorligi va raqobatbardoshligi ortadi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya quyidagi obyektiv tavsifdagi bir qator omillarga asoslanadi: - xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi; - xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; - umumjahon fan-texnika taraqqiyoti; -milliy iqtisodiyotlarning ochiqlik darajasining oshib borishi; Ushbu omillar birinchidan, o‘zaro bir biri bilan bog‘liq ikkinchidan esa, XMT asosida integratsiya mamlakatlari o‘rtasidagi barqaror iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va takror ishlab chiqarishning milliy iqtisodiyot doirasidan chetga chiqish jarayonidir. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling