1. iqtisodiyotga kirish


Jahon bozori va tashqi savdo


Download 1.03 Mb.
bet223/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

21.4. Jahon bozori va tashqi savdo.
Jahon bozori - bu jahon iqtisodiyotining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, talab va taklif sohasi, shuningdek tovarlar va xizmatlarning tijorat almashinuvi sohasini ifodalaydi. Xalqaro munosabatlarning rivojlanishi bilan xalqaro mehnat taqsimotida ishtiroki bilan bog‘langan davlatlar, tadbirkorlar, tijorat tashkilotlari, turli firmalar o‘rtasida barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi vujudga keladi.


Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan o‘zaro bog‘langan mamlakatlar o‘rtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi, kengayishi va chuqurlashuvi sharoitida tovar bozorlari barcha mamlakatlar savdogarlari tomonidan sotiladigan global tovar bozorlariga aylanib, milliy va hududiy chegaralarini yo‘qotmoqda.
Jahon bozori XX-asr boshiga kelib vujudga keldi. Chunki, aynan shu davrda yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga o‘tish milliy bozor chegaralarini kengaytirdi va tashqi savdo mamlakat xo‘jaligi taraqqiyotining zaruriy shartiga aylandi. Bunda ixtisoslashuv bir mamlakatda muayyan tovarni arzon va sifatli ishlab chiqarish imkonini bersa, tovarlarni ishlab chiqarishda resurslardan samarali foydalanishni ta’minlasa, shu tovarlar ko‘plab yaratiladi va jahon bozoriga yetkazib beriladi. Aksincha agar biror mamlakatda tovarlarni ishlab chiqarish uchun resurslarni sarflash qulay bo‘lmagan yoki ishlab chiqarish imkoni bo‘lmagan tovarlar jahon bozoridan sotib olinadi.
Jahon bozori turli xil tovar bozorlari, xizmatlar bozori, moliya bozori, resurs bozori, shu jumladan mehnat bozorini o‘z ichiga oladi. Jahon tovarlari va xizmatlari bozori faoliyati xalqaro tovar kelishuvlari bilan tartibga solinadi. Har bir tovar bozorida o‘ziga xos savdo markazlari - «asosiy bozorlar» vujudga kelib, ularning narxlari tegishli tovarlar savdosida asosiy hisoblanadi Masalan, Chikago don birjasi, Liverpul paxta birjasi va London rangli metallar birjasi. Savdoni tashkil etish usuliga ko‘ra bozorlarning o‘ziga xos turlari farqlanadi - tovar birjalari, kim oshdi savdolari, xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalar. Aynan xalqaro birjalar, savdo uylari, banklar, sug‘urta kompaniyalari jahon bozori infratuzilmasini tashkil qiladi. Jahon bozorida to‘lovlar va hisob-kitoblar xalqaro pul vazifasini o‘tovchi barqaror, erkin almashtiriladigan valyutalar (AQSH dollari, Yaponiya ienasi ,yevro)yordamida amalga oshiriladi. Jahon bozori ixtisoslashgan xalqaro birjalardan iborat yirik segmentlariga ega. Jahon bozorida alohida narxlar — jahon narxlari amal qiladi; ayirboshlash ulgurji shaklda va xalqaro birjalar vositasida olib boriladi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling