1. iqtisodiyotga kirish


Download 1.03 Mb.
bet225/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Ko= Eo / Em

bu yerda:



Eo – mamlakat eksportida tovar (tarmoq tovarlari yig‘indisi)ning solishtirma salmog‘i;

Em – jahon eksportidagi shu turdagi tovarlarning solishtirma salmog‘i.
Agar nisbat birdan katta bo‘lsa, bu tarmoq yoki tovarni xalqaro jihatdan ixtisoslashgan tarmoq yoki tovarlarga kiritish mumkin va aksincha.
Eksport bo‘yicha kvota milliy sanoatning tashqi bozor uchun ochiqlik darajasini ifodalaydi:

Ke = E /YaIM ,
bu yerda: E – eksport qiymati.
Eksport bo‘yicha kvotaning ko‘payishi ham mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokining, ham mahsulot raqobatbardoshligining o‘sib borishidan darak beradi.
Ekspor - mamlakatda yaratilgan YaIM xajmi, daromadlar va bandlik darajasiga ijobiy ta’sir etadi. Eksportning o‘sishi milliy daromad miqdorini oshiradi. Import qilinayotgan mahsulotni sotib olishga mamlakatda yaratilgan milliy daromadning bir qismi sarflanadi, bu bilan boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarish faoliyati rag‘batlantiriladi. Import tovarlar miqdorini oshirib, mamlakat ichidagi ishlab chiqarish sarflarini kamaytiradi. Bir mamlakatning eksporti ikkinchi mamlakatning importidir. Shuning uchun barcha mamlakatlar o‘zining ishlab chiqarishini rag‘batlantirishi mumkin emas. Davlat importga milliy daromadini sarflasa unda uning eksporti boshqa mamlakatnig milliy daromadidan to‘lanadi. Demak eksportni ko‘paytirish yoki kamaytirish boshqa mamlakatlarda milliy daromad hajmining ortishi yoki kamayishiga bog‘liq. Undan tashqari mahsulot va xizmatlarni eksport qilish uchun tovar raqobatbardosh bo‘lishi lozim. Eksportdan olingan mablag‘ iqtisodiyotning tuzilishini takomillashtirishga sarflanishi lozim. Bundan ko‘zlangan maqsad mamlakatning jahon xo‘jaligida munosib joy egallashidan iborat.
Xalqaro savdoning ahamiyati quyidagilardan iborat:
-mamlakatlarning resurs bazasining cheklanganligi bilan bog‘liq holatni yumshatadi.
-milliy va baynalminal ishlab chiqarish xarajatlar o‘rtasidagi farq hisobiga qo‘shimcha daromad olishga imkon beradi.
-ichki bozor sig‘imini kengaytiradi va milliy bozorning jahon bozori bilan aloqalarini o‘rnatadi.
-xorijiy resurslarni jalb etish hisobiga ishlab chiqarish ko‘lamlarini kengaytiradi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling