Jizzax politexnika instituti menejment fakulteti "makroiqtisodiyot" fanidan


Download 255.41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi255.41 Kb.
#1577649
Bog'liq
Mustaqil ish (mikroiqtisodiyot)



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI 
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI MENEJMENT FAKULTETI
“MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN
MAVZU: Elastiklik koffitsienti yordamida bozor talabini baholash.
Topshirdi: 692-21 guruh talabasi
SARBAYOV SHERZOD 
MUSTAQIL ISH
 
MAVZU: Elastiklik koffitsienti yordamida bozor talabini baholash.
Reja: 
1. Talab va uning o’zgaruvchanligi.
2. Talab elastikligi.
Talab va uning o’zgaruvchanligi
Bozor, eng avvalo iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi, xaridor bilan sotuvchi
o’rtasidagi ayirboshlash oldi-sotdi munosabati sifatida maydonga chiqadi.
Xaridorning bozordagi harakati talab, sotuvchiniki esa taklif shaklida namoyon
bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotida «talab» bilan «taklif» fundamental, asosiy tushunchadir.
Talab — bu pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda namoyon
bo’lishidir. Boshqacha aytganda talab to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyojdir.
Ko’ylak olgingiz keldi, lekin pulingiz bo’lmasa, u xohishligicha qoladi, pul
bo’lgandagina u talabga aylanadi.
Talab o’z ichiga aholining iste’mol buyumlari va xizmatlarga, tovar ishlab 



chiqaruvchilarning iqtisodiy resurslarga talabi, turli tashkilot, muassasalar
talablarini oladi.
Ayrim xaridor, turli iste’molchilar, guruhiy yoki butun mamlakat miqyosida
xarid qilib olishni xohlayotgan aniq turdagi tovar hajmi talab qilingan tovar
miqdori deyiladi. Iste’molchilar xarid qilishni xohlayotgan tovarlar bilan xaridorlar 
tomonidan real sotib olingan tovarlar miqdorini farqlash kerak. Chunki, ular mos
kelmasligi mumkin. Sababi, xohlaganlariga qaraganda kamroq sotib olishlari
mumkin. Bu shu tovarni sotib olish uchun zarur miqdorda pulga ega emasliklarini
ko’rsatadi.
Odatda, talab deganda eng avvalo, aholi talabi nazarda tutiladi. U yuqori
darajada dinamizm — o’zgarishi bilan ajralib turadi. Aholi talabiga ko’ra ishlab
chiqarish talabi shakllanadi.
Umuman iste’molchilar talabini ikkiga bo’lish mumkin:
1. Individual talab — ayrim alohida xaridorning talabi.
2. Bozor talabi — xaridorlarning turli xil tovarlarni sotib olishga bo’lgan
talablarining yig’indisi. Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablarni xarakteri va
boshqa jihatlaridan qarab turli guruhlarga bo’lish mumkin. Jamiyat miqyosida
talabni, o’z navbatida iste’molning maqsadiga ko’ra ikki guruhga bo’lish mumkin:
iste’mol mollariga talab, iqtisodiy resurslarga talab. Iste’mol mollari aholini
ehtiyojini qondirsa, resurslar esa ishlab chiqarish ehtiyojini qondiradi.
Qanday ehtiyojlarni qondirishlariga ko’ra talab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Fiziologik talab — oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, shunga o’xshashlar.
2. Ijtimoiy-psixologik talab — obro’-e’tibor, moda va boshqalar.
3. Iqtisodiy talab — daromad, narx-navo va shunga o’xshashlar.
4. Sotsial talab — turmush darajasi, jamiyatdagi muhit va bosh-qalar.
Talabning narx elastikligi =
Talab elastikligi 



Elastiklik - bir o‘zgaruvchining boshqa bir o‘zgaruvchi ta’siri ostida
o‘zgarishini o‘lchaydigan o‘lchov; aniqroq qilib aytganda, biror o‘zgaruvchining
bir foizga o‘zgarishini natijasida boshqa bir o‘zgaruvchining ma’lum foiz
miqdorga o‘zgarishini ko‘rsatadigan sondir.
Narx bo‘yicha talab elastikligi
Narx bo‘yicha talab elastikligi – narxning bir foizga o‘zgarishi natijasida 
talabning son jihatdan foiz bo‘yicha o‘zgarishi darajasini ko‘rsatadi.
Bunga eng muhim misollardan biri, narxga bog‘liq bo‘lgan talab
elastikligidir. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o‘zgarishi, unga bo‘lgan
talabning necha foizga o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Narxga bog‘liq talab elastikligini quyidagicha yozamiz:
E p =^Q%/ ^P%
Bu yerda ^Q% - talabning foiz o‘zgarishi; ^P%- narxning foiz o‘zgarishi.
Shuni eslatish lozimki, foiz o‘zgarish, o‘zgaruvchining mutlaq o‘zgarishini,
o‘zgaruvchining oldingi darajasiga nisbatidir.
^Q%=^Q/Q*100%; ^P%=^P/P*100%
Narxga bog‘liq talab elastikligi talab chizig‘ining alohida nuqtasid o‘lchanadi
va egri chiziq bo‘yicha siljiganimizda, u o‘zgarib boradi. Shunga mos ravishda, 
real statistik ma’lumotlarga ko‘ra, nuqtaviy va yoysimon elastiklik koeffisientlarini 
aniqlash mumkin.
Misol: Limonga bo‘lgan talab 100 dona bo‘lganda, har bir limonning narxi
750 so‘mni tashkil qildi, talab 200 dona bo‘lganda, har bir dona limon 500 so‘m
bo‘lsin. Talab egri chizig‘ini chizing va yoysimon elastiklik koeffisientini
hisoblang.
Bu yerda - va - talabning va tovar narxining boshlang‘ich qiymatlari, - va -
talabning va tovar narxining o‘zgargan qiymatlari. Elastiklik koeffisienti qiymatiga
qarab talabni elastik, noelastik va birlik elastiklikga ega bo‘lgan talablarga ajratish
mumkin.
Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffisienti Ed>1 bo‘lsa, talab elastik
deyiladi. Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffisienti Ed<1 bo‘lsa, talab
noelastik deyiladi.
Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffisienti Ed=1 bo‘lsa, talab birlik
elastiklikka ega deyiladi. 

Download 255.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling