1. iqtisodiyotga kirish
O‘zbekiston Qozog‘iston
Download 1.03 Mb.
|
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtsoslashuvdan keyingi ishlab chiqarish xajmi
- Eksport (-), import (+)
- Ixtisoslashuvdan so‘ng ko‘rilgan naf
Mavjud tashqi savdo sharoitida O‘zbekiston paxta yetishtirishdan foyda ko‘radi: 1:1, 2:1 nisbatan kamroq. Savdo tufayli O‘zbekiston go‘shtni o‘zida ishlab chiqarganiga ko‘proq olishi mumkin. Ushbu vaziyat O‘zbekistonni resurslarni go‘sht yetishtirishdan paxta yetishtirishga o‘tqazishni, qo‘shimcha yetishtirilgan paxtani go‘shtga ayirboshlashni taqozo etadi. Go‘sht ishlab chiqarishning qisqarishi natijasida yo‘qotilgan har bir tonna uchun O‘zbekiston xalqaro savdo orqali 2 tonnagacha go‘sht sotib olishi mumkin. Uning savdodan ko‘radigan nafi go‘shtni o‘zida ishlab chiqarganga nisbatan arzon narxlarda chetdan sotib olish imkoniyati bilan bog‘liq. Ushbu almashinuv o‘zaro manfaatli bo‘lishi kerak. O‘zbekiston uchun har bir tonna paxta uchun bir tonnadan ko‘p go‘sht olgani ma’qul bo‘lsa, Qozog‘iston uchun har bir tonna paxta uchun 2 tonnadan kam go‘sht berish ma’quldir. Aytaylik, mamlakatlar 1t paxta = 1,5 t. go‘sht shoroitida kelishadilar. Qiyosiy afzalliklar tamoyilidan foydalanishga asoslangan ixtisoslashuv dunyoda resurslarning yanada samarali taqsimlanishiga hamda go‘sht va paxta yetishtirishning o‘sishiga yordam beradi va shuning uchun ham O‘zbekiston, ham Qozog‘iston uchun foydalidir. O‘zbekiston faqat 60 tonna paxta yetishtirib, uning 20 tonnasini go‘shga almashib, endi u 40 t paxta va 30 t (1,5 * 20) go‘shga ega bo‘lmoqda, Qozog‘iston esa 80 t hajmda go‘sht ishlab chiqaradi va uni 30 t eksport qilib, 20 t (30:1.5) paxta va 50 t go‘shga ega bo‘lmoqda. Endi xalqaro mehnat taqsimoti tufayli dunyo hamjamiyati 80 tonna go‘sht (ixtsoslashuvga qadar -73t) va 60t. paxta (ixtsoslashuvga qadar 54t) olmoqda. Ammo ixtisoslashuvdan ko‘riladigan naf cheksmz emas, muqobil xarajatlarning oshib borish qonuniga ko‘ra, har ikki davlat ko‘proq va ko‘proq muqobil mahsulotlarni qurbon qilishga majbur bo‘ladigan yoki ishlab chiqarishga kamroq mos keladigan resurslar jalb qilinadigan vaqt keladi. Agar O‘zbekistonda oz miqdordagi go‘sht ishlab chiqarilsa, bu mahalliy mahsulotni import qilingan mahsulotlar bilan raqobatlashishiga, Qozog‘istonda esa paxta yetishtirishga imkon beradi. SHunday qilib, xalqaro savdo tovarlarni iste’mol qilishda qo‘shimcha kombinatsiyalarni ta’minlaydi. Ammo real hayotda tashqi savdoda barter emas, balki pul yordamida bitimlar tuziladi. Iste’molchilar xorijiy tovarlarni ichki narxlardan arzonroq bo‘lgan taqdirda sotib olishadi. Bu esa valyuta kurslariga bog‘liq. Aks holda, savdo faqat bitta yo‘nalishda ketishi mumkin. Talab va taklif qonunlari jahon bozorida ham qo‘llaniladi va almashinuv nisbati u yoki boshqa yo‘nalishda o‘zgarishi mumkin. Agar Qozog‘istonda qurg‘oqchilik bo‘lsa va don ishlab chiqaruvchilar kutilganidan ozroq hosil olishsa, uni yetkazib berishning pasayishi narxni sezilarli darajada oshirishi mumkin. Yoki O‘zbekistonda paxta hosildorligi yuqori bo‘lsa, uni yetkazib berish hajmi oshadi va shu bilan narx pasayadi. Zamonaviy sharoitda iqtisodiy voqelik faktlari D. Rikardoning nisbiy ustunlik ( qiyosiy xarajatlar) nazariyasi doirasiga kirmaydi. Shu munosabat bilan yangi talqinlar paydo bo‘ldi. Hozirgi zamon g‘arb iqtisodchilari D.Rikardo tomonidan asoslab berilgan tashqi savdo nazariyasini rivojlantirish va takomillashtirishga harakat qildilar. Tashqi savdo nazariyasini rivojlantirshda shved iqtisodchilari Eli Xeksher va Bertil Olinlar muhim o‘rin egalliaydilar. Xeksher-Olinlarni tashqi savdo nazariyasini ishlab chiqarish omillarining nisbati nazariyasi deb atashadi. Unga binoan mamlakat qaysi resurslardan samarali foydalansa, shu resurslarning ulushi ko‘p bo‘lgan tovarlarni eksport qilishi, qaysi ishlab chiqarish omili taqchil bo‘lsa, shu omil asosiy o‘rin tutgan tovarlarni xarid qilishi maqsadga muvofiq. Undan keyingi davrda tashqi savdo nazariyasi "Xeksher-Olin" tadqiqoti asosida tahlil etilayotgan ishlab chiqarish omillarini ko‘paytirish yo‘lidan borgan. Xususan, M.Pozner "texnologik uzilish" konsepsiyasi, R.Vernoning "mahsulotning hayotilik sikli" nazariyasi. Shunday qilib, tahlil etilgan nazariya, konsepsiya va modellarning tahlilidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin: -xalqaro savdo nazariyasi namoyondalarining goyalari tashqi iqtisodiy siyosatining nazariy asosini tashkil etadi; - xalqaro savdo nazariyasida mavjud qarashlar tizimining umurtqasini "absolyut" va "nisbiy" ustunlik nazariyasi tashkil etadi. Undan keyingi davrdagi qarashlar ushbu nazariyani boyitib borgan. Ular rivojlangan mamlakatlar va resurslar bilan bir xilda resurslarga ega mamlakatlar o‘rtasidagi tashqi savdo munosabatlarning yangi sifat bosqichini tahlil etish va tushuntirishga qaratilgan. -tashqi savdo iqtisodiy naf va milliy ishlab chiqarishning o‘sishini nisbiy ustunlikka ega tarmoqlarni ixtisoslashtirish asosida mavjud resurslardan samarali foydalanish va ishlab chiqarish ko‘lamlarida iqtisod qilish asosida ta’minlaydi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling