1. iqtisodiyotga kirish


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.03 Mb.
bet230/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Nazorat va muhokama uchun savollar
  1. Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojining eng muhim o‘ziga xos xususiyati nimadan iborat? Jahon xo‘jaligining milliy iqtisodiyotga ta’siri qanday?


  2. Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi jarayonining mohiyati nimadan iborat?


  3. Globallashuv jarayoni nima va uning qanday yo‘nalishlari mavjud? Globallashuv jarayonining ziddiyatli jihatlarini gapirib bering.


  4. Xalqaro mehnat taqsimoti qanday tamoyillarga asoslanadi? Unda tabiiy sharoitdagi tafovutlar qanday rol o‘ynaydi?


  5. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nima uchun turli shakllarga ega bo‘ladi? Ularning asosiy shakllarini aytib bering.


  6. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni nima zarur qilib qo‘yadi? Hozirda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi qanday xalqaro tuzilmalarni bilasiz?


  7. Xalqaro iqtisodiy integratsiya nima va uning qanday shakllari mavjud?


  8. Erkin savdo hududlarining mohiyatini tushuntiring. Bunday tuzilmalarning integratsiyalashuv jarayonidagi o‘rni qanday?


  9. Bojxona ittifoqi va to‘lov ittifoqi bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?


  10. Umumiy bozorning amal qilish tamoyillari qanday va bugungi kunda uning faoliyati uchun qanday shart-sharoitlar talab qilinadi?





22. XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI VA VALYUTA KURSI.
22.1. Xalqaro valyuta munosabatlari. Jahon valyuta tizimining rivojlanishi
Turli mamlakatlar iqtisodiyoti o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tovarlar va xizmatlar savdosi va moliyaviy operatsiyalar orqali amalga oshiriladi. Ushbu operatsiyalarga pul vositachilik qiladi. Natijada, jahon iqtisodiyotida pulning harakati bilan bog‘liq holda valyuta munosabatlari vujudga keladi. Valyuta munosabatlari milliy iqtisodiyot va xalqaro institutlar faoliyati natijalarining ayirboshlashinuvini aks ettiradi.Valyuta munosabatlarining asoslari bu tovar ishlab chiqarish, savdo, xizmatlar ko‘rsatish, mamlakatlar o‘rtasidagi kapital harakati.
Valyuta munosabatlari to‘lov balanslari, valyuta kurslari, kreditlar bo‘yicha hisob-kitob operatsiyalari orqali ayirboshlash va taqsimlash sohasida vujudga kelsa-da, valyuta munosabatlari har ikki davlatning iqtisodiy rivojlanishiga va umuman xalqaro iqtisodiy munosabatlarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Xalqaro valyuta munosabatlari xalqaro to‘lov oborotida pulning harakat qila boshlashi bilan vujudga kelgan. Bir vaqtning o‘zida jahon pul muomalasi tizimining ahamiyati va uning nisbatan mustaqillik darajasi oshib borgan. Valyuta munosabatlarining taraqqiyoti ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, jahon xo‘jaligi tarkibining o‘zgarishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Binobarin, valyuta munosabatlari bu tashqi savdoni amalga oshirishda, iqtisodiy va texnik yordam ko‘rsatishda, valyuta sotib olish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishda valyutaning ishlashi bilan bog‘liq bo‘lgan pul munosabatlaridir. Valyuta operatsiyalarining ishtirokchilari davlatlar, jismoniy va yuridik shaxslardir.

Valyuta munosabatlari-davlatlar o‘rtasida tashqi savdo, kapital chiqarish, foydani olib chiqish, zaym va subsidiyalar olish, fan-texnika sohasidagi almashuv, turizm va boshqa shunga o‘xshash turli xo‘jalik aloqalariga xizmat qiluvchi jahon puli amal qilishi bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlardir.
Valyuta munosabatlari muomala ya’ni taqsimot va almashuv sohasida amal qiladi. Lekin, nisbatan mustaqil holda to‘lov balansi valyuta kursi ahvoliga, kredit va hisob operatsiyalari orqali jahon iqtisodiyoti ayrim mamlakatlarni iqtisodiy rivojlantirishga, ularning iqtisodiy aloqalariga turli ko‘rinishda ta’sir o‘tkazadi.
Har bir milliy bozor o‘zining milliy valyuta tizimiga ega. Xalqaro valyuta tizimi bu jahon xo‘jaligining rivojlanishi va davlatlararo kelishuvga muvofiq huquqiy mustahkamlangan valyuta munosabatlari shakli; tashqi bozorlarda markaziy emission banklar faoliyatini tartibga soluvchi qoida, qonun va muassasalar to‘plami. Uning tarkibiy elementlari quyidagilar:
-asosiy to‘lov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta birliklari;
-valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmlari;
-valyutani almashtirish shartlari;
-xalqaro bozorlar rejimi ya’ni xalqaro valyuta va oltin bozori tartibi;
-valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi.
Xalqaro valyuta tizimi milliy valyuta tizimlari asosida harakat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag‘larni, shu jumladan, valyutani almashtirish va sotishni yirik tijorat banklari amalga oshiradilar. Ushbu banklar boshqa mamlakatlarda o‘z firmalariga ega yoki boshqa banklar bilan shartnomaga ega bo‘ladilar. Bu banklar orqali savdo va boshqa tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida, mijozlar ushbu bankka pul qo‘yish va uni boshqa mamlakatga boshqa turdagi valyutada o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tashqi valyuta bozorining bosh iqtisodiy agenti bo‘lib valyuta eksportyorlari va importyorlari hisoblanadi va ular bozorda valyutaga talab va taklifni shakllantiradilar. Undan tashqari, valyuta bozorida banklar, valyuta brokerlar, dillerlar bevosita valyuta bilan savdo qiladilar. Xalqaro valyuta bozorining yirik markazlari Tokio, Nyu-York, Bryussel hisoblanadi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling