Qarshi Filiali "Kompyuter Injiniring "


Download 365.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi365.33 Kb.
#1159336
  1   2
Bog'liq
2 5292261055773282591



 
 
 
 
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent 
 Axborot Texnologiyalari Universiteti 
Qarshi Filiali “Kompyuter Injiniring “ 
Fakulteti I-Bosqich RI-11-21 Guruh
talabasi Umarov Saidakbarning
Dinshunoslik fanidan tayyorlagan 
 
 
 
 
 
 
 
 


REJA: 
1. Diniy ramzlarning zamonaviy talqinlari 
2. Jahon dinlari ibodatxonalari arxitekturasi 
3. Yurtimiz allomalarining islom ilmlariga qo’shgan xissalari 
Diniy ramzlarning zamonaviy talqinlari 
Diniy ongning shakllanishida asosiy omillar ibtidoiy odamning tabiat 
injiqliklari oldida ojizligi va undagi qo`rquv, bilimning yetishmasligi 
hamda boshqalar shunga olib keldiki, uning ongida hayoliy-fantastik 
tasavvurlar paydo bo`la boshladi. Qabiladagi ijtimoiy munosabatlarning 
chuqurlashuvi, mehnat taqsimotining vujudga kelishi, ov hamda 
mehnat qurollarining takomillashuvi, inson ongining amaliyot bilan 
bog`liq holda o`sib borishi, dastlabki, ibtidoiy diniy tasavvurlarning 
shakllanishiga, rivojlanishiga va mustahkamlanishiga, keyinchalik esa 
diniy g`oyalarning vujudga kelishiga olib keldi. Ushbu diniy g`oyalardan 
biri dafn etish marosimidir. Ushbu jarayon arxeologik ma’lumotlarga 
ko`ra dastlab, mil.avv. 100-40 minginchi yillarda, ya’ni neandertal 
odamlar jamoasi yashagan o`rta paleolit davrida ro`y bergan. Ibtidoiy 
odam o`z qarindoshlarini ko`mishda, maxsus marosimlar, ma’lum 
tayyorgarlik udumlariga amal qilishgan, ular jasadni bo`yoqlar bilan 
bo`yab, uning oldiga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb-ziynatlar, mehnat 
va ov qurollarini qo`yar edilar. Bular ibtidoiy odamlarda oxirat 
mavjudligi haqidagi dastlabki diniy tasavvurlar paydo bo`layotganligidan 
darak beradi. Ammo, neandertal odamlar “homo habilis”, ya’ni 
ishbilarmon odamlar bo`lib, bu davrda ibtidoiy dinlar to`liq shakllandi 
deb ayta olmaymiz. Ibtidoiy din shakllari tizimli ravishda mil.avv. 40-
minginchi yillardan keyin, ya’ni “homo sanies” ongli odam 
shakllangandan keyin vujudga keldi. Ibtidoiy g`oyalarning yana biri ov 


qilish moslamasidir. Ibtidoiy odamlar qoyatosh devorlariga turli 
hayvonlar rasmini chizib, ov baroridan kelishi uchun ular bilan 
g`ayritabiiy tarzda aloqa bog`lashga intilganlar. Shu bilan birga ular 
ajdodlarining ruhlari hayvonning xulq-atvoriga ta’sir o`tkazishga katta 
yordam beradi, degan tasavvurlari mavjud bo`lgan. Bu tasavvurlar 
keyinchalik, tiriklar bilan marhumlar o`rtasida aloqa bog`lovchi 
vositachilar – sehrgarlar, shamonlar, folbinlar va boshqalarni vujudga 
kelishiga sabab bo`ldi. 

Download 365.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling