1. iqtisodiyotga kirish


Download 1.03 Mb.
bet61/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Umumiy mahsulot (TP. ingl. — total product) - korxonaning umumiy ishlab chiqarish hajmiga teng. TP ko‘rsatkichi iqtisodiyotda firmaning harajatlari va daromadlarini tahlil qilish uchun ishlatiladi. Umumiy mahsulotdan korxonaning yana ikkita muhim tavsifi kelib chiqadi - o‘rtacha mahsulot va marjinal ( (qo‘shilgan ) mahsulot


O‘rtacha mahsulot (AP, ingl. avyerage product) esa jalb qilingan har bir ishchi kuchi yoki kapitalning birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulotga aytiladi. Bu esa umumiy mahsulot miqdorini TP umumiy omil, ishchi kuchi (L) yoki kapital miqdoriga (K) bo‘lish orqali aniqlanadi.

AP = TP / L yoki AP = TP /K.


O‘rtacha mahsulot ishlab chiqarish omillarining unumdorligini tavsiflaydi.


Marjinal (qo‘shilgan) mahsulot (MP) (MP- marginal product) deb eng so‘nggi qo‘shilgan omil kapital yoki ishchi kuchi evaziga olingan mahsulotga aytiladi.
Masalan, o‘tgan yili 200 nafar ishchi kuchi yordamida 200 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu yil esa 220 ishchi kuchi ishlab, 230 ming so‘mlik mahsulot olinsa, 20 nafar qo‘shilgan ishchi, 30 ming so‘mlik qo‘shilgan mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘ladi.
Qo‘shilgan mahsulot miqdorini (MP) so‘nggi qo‘shilgan (o‘sgan) ishchi kuchi (Δ L) yoki kapital miqdoriga (ΔK) bo‘lish yo‘li bilan qo‘shilgan omil, ya’ni qo‘shilgan kapital yoki qo‘shilgan ishchi kuchi unumdorligi aniqlanadi. Ya’ni, MP = ΔQ/Δ L yoki MP =ΔQ /ΔK
Har bir qo‘shilgan omil evaziga olingan qo‘shilgan mahsulot esa me’yoriy (qo‘shilgan, marjinal) omil unumdorligi deb aytiladi.
G‘arb adabiyotlarida qo‘shilgan mahsulotni aniqlash uchun barcha omillar emas, balki alohida omil olinadi. Masalan, boshqa sharoitlar teng bo‘lganda xomashyo yoki ishchi kuchining o‘sganligi nazarga olinib, uning evaziga olingan, ya’ni qo‘shilgan mahsulot aniqlanadi.
Alohida olingan omil evaziga qo‘shilgan mahsulot ma’lum darajaga borgandan keyin kamaya boshlaydi. Bu kamayish ayniqsa uning har birligi evaziga qo‘shilgan mahsulotda aniq seziladi. Mana shu qo‘shilgan omil unumdorligining pasayishiga qarab, marjinalistlarning vakillari me’yoriy unumdorlikning kamayib borish qonuni degan qonunni kashf etganlar.


Ularning g‘oyasi bo‘yicha qisqa davrda ma’lum bir vaqtdan boshlab har bir keyingi omil oldingisiga qaraganda kam samara beradi va oqibatda umumiy o‘rtacha mahsulot ham pasayib boradi.
Shunday qilib, bir ishlab chiqarish omilining boshqa omillar o‘zgarmagan holda ortib borishi natijasida shunday holat yuzaga keladiki, bunda aytilgan omildan qo‘shimcha tarzda foydalanish mahsulot ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Aytaylik, bizda bitta ishlab chiqarish korxonasida barcha opyeratsiyalarni bajaradigan bitta ishchi bor edi. Uning mehnat unumdorligi past edi. Unga yordamchi yollangandan so‘ng, mehnat unumdorligi oshdi, chunki mehnatning ixtisoslashuvi vujudga keladi. Uchinchi ishchini yollash, ehtimol, mehnat unumdorligining yanada oshishiga olib keladi. Agar biz ishchilarni yollashni davom ettirsak, ularga ixtisoslashuv imkoniyatlari yetmaydi, mehnat unumdorligi o‘sishi to‘xtaydi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling