1. iqtisodiyotga kirish


-jadval MRSni pasayishi


Download 1.03 Mb.
bet57/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

5.3-jadval
MRSni pasayishi.

5.3-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, befarqlik egri chizig‘idagi MRS 2,4 dan 0,2 gacha kamayadi. Ushbu pasayishni mantiqiy tushuntirish oson. A nuqtasida iste’molchi nisbatan ko‘p olma va nisbatan kam shirinliklarga ega. Befarqlik egri chizig‘i bo‘ylab A nuqtadan o‘ngga qarab harakatlanayotganda olma soni




5.6-rasm. Almashtirishning me’yoriy normasining kamayishi.
kamayadi, shirinliklar soni esa ko‘payadi. Shubhasiz, iste’molchida qanchalik ko‘p konfet bo‘lsa, u shunchalik defitsitligi oshib borayotgan olma miqdoridan kamroq miqdorda qo‘shimcha konfet olishdan uchun voz kechishga tayyor bo‘ladi.

5.6-rasmda me’yoriy almashtirish normasi grafik jihatdan befarqlik egri chizig‘ining og‘ishi bilan tavsiflanganligini ko‘rish mumkin. Befarqlik egri chiziqlari iste’molchilarning afzal ko‘rishlarini aks ettirganligi uchun, iste’molchi tanlovining tahlilida iste’molchi byudjetining cheklanganligiga ya’ni byudjet cheklovlarga e’tibor qaratish kerak.



5.5 Iste’molchi byudjeti. Iste’molchini optimal tanlovi.
Iste’molchi hatti-harakatini tushunishda iste’molchi byudjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Byudjet cheklanganligi iste’molchining muayyan pul daromadlariga egaligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati orqali

5.7- rasm. Daromad o‘zgarishining byudjet chizig‘iga ta’siri

ifodalanadi. Iste’molchi byudjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi


tovarni sotib olishning turli kombinatsiyalarini ko‘rsatuvchi byudjet chizig‘i shaklida ham aks ettirish mumkin. Iste’molchi byudjeti chizig‘ining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxiningo‘zgarishi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Misol uchun, iste’molchi daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A tovar yoki 10 birlik V tovarsotib olish mumkin bo‘lsin. Birdaniga sotib olinishi mumkin bo‘lgan
har ikkala tovarning turli kombinatsiyalari G byudjet chizig‘ida joylashadi. Agar iste’molchining daromadi 2 baravar oshsa, u holda uning byudjet chizig‘i ham tegishli ravishda G1 holatiga siljiydi. Aksincha, daromadning kamayishi byudjet chizig‘ining ham qisqarishiga va G2 holatiga siljishiga olib keladi (5.7-rasm).


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling