1. iqtisodiyotga kirish


Gossenning ikkinchi qonuni – me


Download 1.03 Mb.
bet53/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Gossenning ikkinchi qonuni – meyoriy nafliklarni tenglashtirish qonuni. Ushbu qonunga binoan ayirboshlashning har bir ishtirokchisi o‘z mablag‘larini turli xil xaridlar o‘rtasida taqsimlash orqali maksimal naf olishga intiladi. Xarid qilingan har bir tovar uchun sarflangan pul miqdordan teng darajada qoniqish olishni nazarda tutadi.
Haqiqatan ham, biz do‘konda olma va apelsin sotib olayotganimizni tasavvur qilaylik. Agar olmani 1000 so‘mga to‘g‘ri keladigan me’yoriy nafliligi apelsinning me’yoriy nafliligidan yuqori bo‘lsa, sotib olingan tovarlar to‘plamini olma foydasiga qayta taqsimlash o‘rinli bo‘ladi. Agar ikkala mahsulotning me’yoriy nafliligi teng bo‘lsa, unda mahsulotlar to‘plami "muvozanatlashgan " bo‘ladi va ne’matlarni qayta taqsimlash zarurati yo‘qoladi.
Gossenning ikkinchi qonuni faqat mavhum ahamiyatga ega emas, balkim a’lum darajada amaliy ahamiyatga ega. Masalan, ushbu qonun aholining kambag‘al bo‘lgan qatlamlariga yordamni maksimal naf olish nuqtayi nazaridan, bepul tovarlar va xizmatlar bilan emas, balki pul bilan berilishi kerakligini tushuntiradi. Bunday usulda kambag‘allarga yordam berish ne’matlarni nisbatan optimalroq bo‘lgan to‘plamini olish uchun soliq to‘lovchilar tomonidan odamlarga berilgan pulni ular tomonidan mustaqil ravishda qayta taqsimlash imkoniyatini bermaydi.
Aytgancha, Gossen postulatlari odamning ishlashga va dam olishga qancha vaqt ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilishini tahlil qilishda qo‘llanilishi mumkin. Mehnat va bo‘sh vaqt me’yoriy naflilikning kamayishi qonuniga bo‘ysunadigan ne’matlardir. Bu shuni anglatadiki, odamlar ish va dam olishning optimal nisbatlarini aniqlayotganligida, o‘z vaqtlarining har bir birligidan oladigan me’yoriy naflilikni tenglashtirishga harakat qiladilar.


Naflilikning ordinalistik (tartibli) nazariyasi (Ordinal utility theory) me’yoriy naflilik nazariyasiga muqobil nazariya hisoblanadi.

Ordinalistik (tartibli) naf - subyektiv naf yoki iste’molchi o‘zi iste’mol qilgan tovarlardan oladigan va tartibli shkalada o‘lchanadigan qoniqish.
Ordinalistik nazariyaga ko‘ra, me’yoriy nafni o‘lchab bo‘lmaydi. Iste’molchi alohida tovarlarning nafliligini emas, balki tovarlar to‘plamining nafliligini o‘lchaydi. Faqat tovarlar to‘plamining afzal ko‘rish tartibi o‘lchanadi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling