1. iqtisodiyotga kirish


- rasm. Befarqlikning egri chizig‘i


Download 1.03 Mb.
bet55/240
Sana31.01.2024
Hajmi1.03 Mb.
#1828879
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   240
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

5.3 - rasm. Befarqlikning egri chizig‘i.
Iste’molchiga X ne’matning OA birlik to‘plami va Y ne’matning OV birlik to‘plami keltiradigan nafni X ne’matning OS birlik to‘plami va Y ne’matning OD birlik to‘plami ham beradi. Befarqlik egri chiziqlari har doim salbiy nishabga ega, chunki ratsional harakat qiladigan iste’molchilar har doim ikkala ne’matdan ko‘proq iste’mol qilishni afzal ko‘rishadi. Shuning uchun tovarlarning ikki to‘plami, ikkala tovar ko‘p bo‘lgan to‘plam, ikkinchi to‘plamga nisbatan ko‘proq naf keltirdi, ya’ni bu ikki to‘plam iste’molchi nazarida bir xil bo‘lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, iste’molchilar, bir ne’mat iste’molining ma’lum bir qismidan voz kechishlari mumkin, qachonki ular boshqa ne’matdan ko‘proq miqdorda naf olsalar. 
Shunday qilib, ular biron bir to‘plamga ustunlik bermaydilar: na ko‘p miqdordagi X tovar va oz miqdordagi Y tovarni o‘z ichiga olgan E to‘plam, na ko‘p miqdordagi Y va kamroq miqdorda X tovarni o‘z ichiga olgan E to‘plam ham.
Ikki tovar makonidagi befarqlik egri chiziqlarining barchasi befarqlik xaritasini hosil qiladi.
5.2- jadval
Iste’molchi uchun umumiy bir xil naflilikka ega olma va shirinliklar to‘plamlari

Befarqlik xaritasi iste’molchilarning afzal ko‘rishlarini aniq ifodalaydi va ularning har xil tovarlarining har qanday ikkita kombinatsiyasiga bo‘lgan munosabatini taxmin qilishga imkon beradi.


Keling, buni bir misol bilan tushuntiraylik. Kimdir 10 ta olma va 20 ta shirinlik sotib olishga qaror qilsin. Iste’molchi nuqtayi nazaridan olma va shirinliklarning yana qaysi to‘plamlari (kombinatsiyalari) ushbu dastlabki to‘plamning nafliligiga teng bo‘lgan umumiy naflilikga ega ekanligini aniqlashga harakat qilaylik. Boshqacha qilib aytganda, iste’molchi ushbu to‘plamlardan qaysi birini tanlashiga ahamiyat bermaydi (bundan tashqari, u narxlarga emas, didga nisbatan befarq). Olingan ma’lumotlarni jadvalda taqdim etamiz (5.2.-jadval).
Endi jadvaldagi ma’lumotlarni grafikka ko‘chiramiz (5.4. - rasm) Biz vertikal o‘qda olma sonini va gorizontal o‘qda shirinliklar sonini shu ikkita mahsulotning har bir to‘plami grafik "mahsulot makoni" dagi nuqtaga to‘g‘ri keladigan qilib chizamiz. Keyin esa A-F to‘plamlariga mos

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling