Mavzu: Xizmatlar sohasida ijtimoiy iqtisodiy jihatlar
Download 359.14 Kb.
|
Mavzu Xizmatlar sohasi 211 Xadicha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamonaviy dunyoda xizmatlar sohasi iqtisodiyotning eng istiqbolli
- 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblangan ta’lim va fan sohasini rivojlantirish quyidagilardan iborat
- Xizmatlar sohasining rivojlanishi
- Xizmatlar sohasini ko`rsatgichlari Xorazm viloyati misolida
- Xizmatlar sohasi kolami juda xilma-xildir.
- 2019-yil yanvar-dekabr oylarida dastlabki malumotlarga kora korsatilgan xizmatlar hajmi 5673,9 mlrd. somga teng bo’ldi. 2018-yilga nisbatan osish surati 112,5 % ni tashkil etdi.
Mavzu: Xizmatlar sohasida ijtimoiy iqtisodiy jihatlarReja
Xizmatlar sohasiXizmatlar sohasi bu –korxonalar, tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan turli xil turdagi xizmatlar, ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan holda umumlashtirilgan toifadir.Zamonaviy dunyoda xizmatlar sohasi iqtisodiyotning eng istiqbolliva jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi.Ko‘rsatilayotgan bozor xizmatlari turlarining ro‘yxati juda xilma-xilbo‘lib, bular savdo va transport xizmatlaridan tortib moliyaviy,sug‘urta va turli xil vositachilik xizmatlaridan iborat.Bozor xizmatlarining eng katta hajmi savdo xizmatlari, transportxizmatlari, moliyaviy xizmatlar, yashash va ovqatlanish xizmatlari,ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar va ijara xizmatlarida kuzatilmoqda.2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblangan ta’lim va fan sohasini rivojlantirish quyidagilardan iborat:
Xizmatlar sohasining rivojlanishiXizmatlar sohasining rivojlanishi hozirgi zamon iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Xizmatlar sohasida ilmiy bilimlar, nomoddiy shakldagi to'plamlar, axborot texnologiyalari va tadbirkorlik faoliyati integratsiyasi kabi iqtisodiy o'sishning asosiy omillari shakllanmoqda. Iqtisodiyotning ushbu sektori turli xil faoliyat turlarini o'z ichiga olib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ushbu faoliyatning yakuniy natijasi tayyor mahsulot emas, balki ko'rsatilgan xizmatlardir. Xizmatlar nafaqat korxonalarga, balki jismoniy shaxslar - yakuniy iste'molchilarga ham ko'rsatilishi mumkin. Xizmatlar sohasini ko`rsatgichlari Xorazm viloyati misolidaXizmatlarning umumiy hajmida Urganch shahrining ulushi eng ahamiyatli bo’lib, 50,6 % ni tashkil etadi. Bu aholi real daromadlari boshqa viloyatlardan ko'ra yuqoriroq ekanligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, eng katta ulush Urganch (8,0 %), Нazorasp (6,1 %), Хonqa (5,0 %) va Gurlan (4,4 %) tumanlarida qayd etildi. Xizmatlar sohasining eng past ko'rsatkichlari Yangibozor tumani (3,2 %), Хiva shahrida (3,2 %) va Xiva tumanida (3,3 %) kuzatildi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha ko’satilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. Shunday qilib, 2019-yil yanvar-dekabr oylarida ularning ulushi 28,0 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko’rsatkichlar transport xizmatlari (24,8 %), moliyaviy xizmatlar (16,8 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (5,3 %) bo'yicha qayd etildi. Me'morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 1,5 %, sog'liqni saqlash sohasidagi xizmatlar – 1,7 %, Shuningdek ijara xizmatlari - 2,3 %, yashash va ovqatlanish xizmatlari bo’yicha - 2,4 % uncha yuqori bo’lmagan ulush qayd etildi. Deyarli barcha tumanlarda bozor xizmatlari hajmining o'sishi savdo va transport xizmatlari, moliyaviy xizmatlar kabi xizmatlar tarkibidagi ulushining o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatilmoqda. Ijtimoiy, siyosiy, jamoatchilik muammolarni, tumanlarning iqtisodiy salohiyatini ko'tarmasdan, ularning barqaror rivojlanishisiz hal qilib bo'lmaydi. Hududiy siyosat maqsadlariga faqat iqtisodiy jihatdan samarali bo'lgan loyihalarni amalga oshirish orqali erishish mumkin. Zamonaviy O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari milliy va mahalliy manfaatlarni hisobga olgan holda respublikaning har bir iqtisodiy tumani va viloyatlarining barcha resurslaridan oqilona foydalanishiga bog’liqdir. Xizmatlar sohasi ko'lami juda xilma-xildir.Bunga mahsulotlarni ishlab chiqaruvchidan mijozga etkazib berish, shu qatorida ko'ngilochar tadbirlarni tashkillashtirish. Shuningdek, sartaroshxonalar, restoranlar, ta'mirlash ustaxonalari, sport klublari, sayyohlik agentliklari va boshqalar kiradi. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va an'anaviy xizmatlarni rivojlantirish bo'yicha aniq maqsadli kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlab chiqarilgan bozor xizmatlar hajmini oshishiga olib keladi.2019-yil yanvar-dekabr oylarida dastlabki ma'lumotlarga ko'ra ko'rsatilgan xizmatlar hajmi 5673,9 mlrd. so'mga teng bo’ldi. 2018-yilga nisbatan o'sish sur'ati 112,5 % ni tashkil etdi.Xizmatlar faoliyatining xilma xilligi, shuningdek, xizmatlar sohasidagi turli faoliyatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ushbu sohaning jadal rivojlanishi uchun omil bo‘lib xizmat qiladi. Ichki talabni muvozanatli rag‘batlantirish va mahalliy xizmat ishlab chiqaruvchilarni rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar xizmatlarga bo‘lgan iste’mol talabining tarkibidagi o‘zgarishlarni ta’minladi. Transport va mobil aloqa xizmatlari, oilaviy tadbirlar va dam olishni tashkil qilish, internet xizmatlari, maishiy, sog‘liqni saqlash va ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talab ortdi. Download 359.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling