Tasdiqlayman Xorazm viloyati xtb


Download 16.18 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi16.18 Kb.
#1336927
Bog'liq
Dalolatnoma


Tasdiqlayman
Xorazm viloyati XTB
Shovot tumani Xalq ta’limi bo’limi
15-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori
____________I.R. Masharipov
“_____” _____________ 2023 y.

Hasanova Sumanbar Hamroqulovnaning “Ta’lim - tarbiya jarayonida informatika va axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish (Umumtalim maktablar misolida)” (13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi) mavzusidagi pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi natijalarining amaliyotga joriy etilganligi toʼgʼrisida


DАLOLАTNOMА
Tadqiqotchi Hasanova Sumanbar Hamroqulovna “Ta’lim - tarbiya jarayonida informatika va axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish (Umumtalim maktablar misolida)” (13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi) mavzusidagi dissertatsiya ishi boʼyicha tajriba-sinov ishlarini Xorazm viloyati Shovot tumani 15-umumiy o’rta ta’lim maktabida 7, 8,9 sinflar 2020-2021, 2021-2022, 2022-2023 oʼquv yillari mobaynida “Informatika” fanini oʼqitish jarayonida dissertant tomonidan ishlab chiqilgan tajriba-sinov ishlari dasturi asosida amalga oshirdi.
Tajriba-sinov ishlariga 7,8,9 sinf o’quvchilaridan:
2020-2021 oʼquv yilida tajriba guruhi uchun 7-sinfdan 16 o’quvchi, nazorat guruhi uchun 8-guruhdan 16 o’quvchi, jami 32 nafar o’quvchi tanlab olindi;
2021-2022 oʼquv yilida tajriba guruhi uchun 8-sinfdan 18 o’quvchi, nazorat guruhi uchun 9- sinfdan 17 o’quvchi, jami 35 nafar o’quvchi tanlab olindi;
2022-2023 oʼquv yilida tajriba guruhi uchun 8-sinfdan 17 o’quvchi, nazorat guruhi uchun 9- sinfdan 17 o’quvchi, jami 34 nafar o’quvchi tanlab olindi. Hammasi boʼlib, 101 nafar o’quvchi tanlab olindi.
Tadqiqotchi S.H.Hasanovaning ilmiy-tadqiqot ishi natijalari asosida elektron taʼlim muhitida sunʼiy intellektga asoslangan dasturiy taʼminotni yaratish va undan oʼquv jarayonida foydalanish boʼyicha olingan natijalar asosida elektron axborot-taʼlim muhitini shakllantirishga, o’quvchilarning oʼzlashtirgan nazariy bilimlari va egallangan amaliy koʼnikmalari darajalarini qayd etish va monitoringini olib borishga, yakuniy xulosalarni umumlashtirishga xizmat qiluvchi sunʼiy intellektga asoslangan dasturiy taʼminotni ishlab chiqilgan.
Tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini tashkil etish jarayonida
7,8,9 sinf o’quvchilarida “Dasturlash tillari” fanining buyruqlari majmuasi bilan ishlashga oid aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shaklantirishni taʼminlovchi kontentni yaratish orqali sunʼiy intellektga asoslangan dasturiy taʼminot yaratilgan, fanning metodik taʼminoti takomillashtirilgan.
Tajriba sinov ishlari nihoyasida taklif etilayotgan
7,8,9 sinf o’quvchilari “Informatika” fani boʼyicha ta’lim metodlaridan foydalanib mashgʼulotlarni oʼtkazishda o’quvchilardan oʼtkazilgan sinov natijalari tajriba guruhlarining koʼrsatkichlari nazorat guruhi koʼrsatkichlaridan 14 foiz yuqori ekanligi va taʼlim jarayonida foydalanish samarali natijalar berganligi aniqlandi.
Natijada o’quvchilar oʼzlashtirgan nazariy bilimlar va egallangan koʼnikmalarni qayd etishning zamonaviy texnologiyalarga asoslangan tizimini joriy etishga zamin yaratilgan. Taʼlim mazmuni takomillashtirilgan hamda o’quvchilarning bilim va amaliy koʼnikmalari darajalari oshgan.
S.H. Hasanovaning ilmiy-tadqiqot ishi natijalari elektron taʼlim muhitida dasturlash tillari fanini oʼqitishning metodik taʼminotini takomillashtirishga qaratilgan.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari ________ _________________
Download 16.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling