Mustaqil ish Guruh: 2i-2020


Download 0.68 Mb.
Sana31.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1311376
Bog'liq
IQTISODIY TARAQQIYOTDA PULNING ROLI2i20 mustaqi sh

Mustaqil ish

Guruh: 2i-2020

Bajardi: To’xliyev Saxobiddin

Tekshirdi: __________________

Miqdoriy pul nazariyasi

reja:

1. Pulning miqdoriylik nazariyasi.

2.Miqdoriy pul nazariyas iafzalliklari va kamchikiklari.

3.Miqdoriy pul nazariyasi namoyondalari

. Pulning miqdoriylik nazariyasi. Pulning miqdoriylik nazariyasining mohiyati shundaki muomalada pul miqdorining oshishi tovarlar bahosining va pulning qiymatini o`zgarishiga sabab bo`luvchi asosiy omildir. XVI asrda Yevropalik mustamlakachilar va birinchi navbatda ispanlar Amerikadagi ko`plab oltin va kumush konlarini topdilar. Natijada Amerikadan Yevropaga juda katta miqdorda oltin va kumush oqib keldi. Bu esa G’arbiy Yevropada tovarlar bahosining keskin oshishiga sabab bo`ldi. Shu bog’liqlikni birinchi bo`lib fransuz faylasufi Jan Boden aniqladi.

J.Bodenga qadar tovar bahosining oshishi metall tangalarni yemirilishi bilan izohlanar edi. Pulning miqdoriylik nazariyasi XVII-XVIII asrlarda Angliyada J.Lokk va D.YUm; Fransiyada Monteske rivojlantirdi. Ular bu nazariyani qog’òz pullarga nisbatan qo`llashning mumkinligini asoslab berishdi.

Klassik iqtisodchi D.Rekardo pulning miqdoriylik nazariyasini tarafdori. Rekardo qiymatning mehnat nazariyasini yaratgan. Ushbu nazariyaga ko`ra metal pullarning qiymati ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat xarajatlari bilan belgilangan. Ammo keyinchalik Rekardo o`zining ushbu qoidasiga qarshi chiqdi. U yozadiki ayrim davlatlarda pulning qiymati muomaladagi pul miqdoriga bog’liq ravishda o`zgaradi.

Karl Marksning fikri

  • Karl Marks pulning miqdoriylik nazariyasini ayovsiz tanqid qildi. Marksning fikriga ko`ra miqdoriylik nazariyasining eng kata xatosi shundaki, ular pulning mohiyatini faqatgina pulning muomala vositasi bilan tushuntiradilar. Ular pulning qiymat o`lchov funktsiyasini tan olmaydilar. Karl Marksning fikricha pulning miqdoriylik nazariyasining ikkinchi xatosi pullar va tovarlar muomala jarayoniga qadar bahoga va qiymatga ega bo`lmaydilar deganlaridadir.

Marksning fikriga ko`ra muomalaga kirishgunga qadar pullar qiymatga tovarlar esa bahoga ega bo`ladi. Pullar qiymati va tovarlarning bahosiga bog’liq ravishda tovarlarning bahosi shakllanadi.
Pulning miqdoriylik nazariyasi namoyondalari bilan K.Marks o`rtasidagi munozara quyidagida namoyon bo`ladi.
Marks aytadiki: tovarlar bahosining oshishi muomaladagi pul miqdorining ko`payishiga olib keladi. Pulning miqdoriylik nazariyasining namoyondalari aytadiki: muomaladagi pul miqdorining ko`pligi tovarlar bahosining oshishiga olib keladi. XX asrda pulning miqdoriylik nazariyasi hukmron nazariyaga aylandi. XX asrda miqdoriylik nazariyasining 2 xil ko`rinishi paydo bo`ldi.
1.Transaksion(I.Fisher yaratdi)

Kembridj 1911-yilda Irving Fisherning mashhur “Pulning xarid kuchi nomli” asari nashrdan chiqdi. Ushbu asarda Fisherning almashuv tenglamasi o`z ifodasini topdi.


MV=PQ

M-muomaladagi pul massasi

V- pulning aylanish tezligi

P –tovarlarning o`rtacha bahosi

Q –ishlab chiqarilgan tovarlar miqdori

P=MV/Q

Fisherning xulosasiga ko`ra tovarning bahosi muomaladagi pul miqdoriga va pulning aylanish tezligiga to`g’ri proporsional. Bunda Q va V o`zgarmasdir. Bu ikkala komponent o`zgarmas bo`lganligi sababli shunday xulosa kelib chiqadi. Tovarlar bahosining o`zgarishi muomaladagi pullarning o`zgarishiga bog’liq.

  • Kembridj variantini Alfred Marshal yaratdi. Ushbu nazariyani Pigu rivojlantirdi. Fisherdan farqli o`laroq Marshal va Pigu tahlilni mikroiqtisodiy darajada amalga oshirdi. Ular asosiy e’tiborini xo`jalik sub’ektlarining kassa qoldiqlarini o`zgarishiga qaratdilar.
  • M =KPY
  • K-pulning aylanish tezligi ammo bu tezlik xo`jalik yurituvchi sub’yektlarning pul shaklidagi nominal daromadiga

Kembridj variantini Alfred Marshal yaratdi. Ushbu nazariyani Pigu rivojlantirdi. Fisherdan farqli o`laroq Marshal va Pigu tahlilni mikroiqtisodiy darajada amalga oshirdi. Ular asosiy e’tiborini xo`jalik sub’ektlarining kassa qoldiqlarini o`zgarishiga qaratdilar.
M =KPY
K-pulning aylanish tezligi ammo bu tezlik xo`jalik yurituvchi sub’yektlarning pul shaklidagi nominal daromadiga qarab o’rganiladi

Fisherda pulning aylanishi tovarlar aylanishiga qarab belgilanadi. Kembridj variantidan shunday xulosa chiqadi: muomaladagi pul miqdori pulning aylanish tezligiga teskari proporsional. Pulning aylanish tezligi real kassa qoldiqlarining miqdori va ularning hisobidan qilingan xarajatlar nisbatiga bog’liq bo`lganligi sababli muomaladagi pul miqdorining o`zgarishi pul shaklidagi nominal daromadning o`zgarishiga bog’liq. Kembridj variantida kassa qoldiqlarini shakllantirishning ikki xil varianti keltiriladi:

- ko`zda tutilmagan holatlar munosabati bilan nominal daromadning bir qismini pulda saqlash.

- pulning qulay to`lov vositasi.


 Foydalanilgan adabiyotlar:
  • 1.Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T.: “O`zbekiston”, 1995.
  • 2.Karimov I.A. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish – bosh yo`limiz. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida so`zlangan nutq. “Xalq so`zi”, 2002 yil, 15-fevral.
  • 3.Karimov I.A. Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. T.: “O`zbekiston”, 1996.
  • 4.Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: “O`zbekiston”, 1997.
  • 5.Karimov I.A. O`zbekiston - bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li. T.: “O`zbekiston”, 1993.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling