1. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari


)Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish


Download 27.52 Kb.
bet3/4
Sana08.01.2022
Hajmi27.52 Kb.
#252175
1   2   3   4
Bog'liq
ozod 2

3)Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish.

Ma’lumki, iqtisodiy islohotlar jamiyat taraqqiyotining muxim omili. Harakatlar strategiyasida ushbu masalaga alohida e’tibor berilib, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish uchinchi ustuvor yo’nalish etib belgilandi. Jumladan, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish. Chunonchi, O‘zbekiston o‘tgan 26 yil mobaynida uzoq yillardan buyon yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmini 8 % dan tushirmayapti. U dunyoning eng tez rivojlanayotgan davlatlarining birinchi beshtaligi tarkibida turibdi. Ana shu tarixiy yutuqni yanada rivojlantirish va iqtisodiy qudratli davlat maqomini saqlab qolish Harakatlar strategiyasining asosiy mazmunidir.

Tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish, jahon bozorida mavqei va salmog‘ini oshirish choralarini ko‘rishni ilgari suradi. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va uni jadal rivojlantirish, bevosita dehqonchilikni boshqarishning yangi usul va uslublarini yangilashni, bu boradagi jahon tajribasini o‘zlashtirishni, amaliyotda joriy etishni taqozo etadi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, hususiy mulk huquqini himoya qilish, uning ustuvor mavqeini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish masalasi alohida o‘rin tutadi.

Har bir fuqaroning yaratuvchilik, bunyodkorlik qobiliyatini va yashab turgan joyidagi tabiiy sharoitni hisobga olib, tadbirkorlikning yangi shakl va usullarini joriy etishni taqozo etmoqda. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud saloxdyatidan samarali va optimal foydalanish, Harakatlar stratetayasidan kelib chiqadigan muhim vazifadir. Bunda har bir viloyat, tuman va shaharning tabiiy-geografik imkoniyatlari, yer va suv sharoiti, aholining turmush tarzi, ehtiyojlari, ijtimoiy muammolari va psixologiyasidan kelib chiqib, dehqonchilik, chorvachilik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, ularga mos shakllarni, usullarini joriy etish zarur. Ana shunda har bir fuqaro o‘z qobiliyati, dunyoqarashi va turmush ehtiyojidan kelib chiqib, o‘z yaratuvchilik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada butun mamlakat aholisi orasida yalpi safarbarlik, yaratuvchilik ruhiyati kuchayadi.




Download 27.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling