Tayyorlovchi: Mamasoliyev Abbosjon Tekshiruvchi: Do‘sbekov Sirojiddin


Download 1.68 Mb.
Sana19.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1033130
Bog'liq
DARYONING SUV REJIMIGA KO‘RA TIPLARI(MAMASOLIYEV ABBOSJON)


DARYONING SUV REJIMIGA KO‘RA TIPLARI
Tayyorlovchi: Mamasoliyev Abbosjon Tekshiruvchi: Do‘sbekov Sirojiddin
Daryolarning suv rejimiga ko‘ra tiplari. Daryolarnnng to‘yinishi sharoiti va suv rejimiga ko‘ra klassifikatsiyasini dastlab A. I. Voey­kov 1884 yil yaratgan va bu klassifikatsiya uning «Yer shari iqlimla­ri» kitobida bayon etilgan. U daryolarning yetti tipi va ikki xil oqimsiz o‘lkalarni ajratgan.
Sovet gidreshoglari, katta faktik materialga tayanib, SSSR daryo­larining ham (M. I. Lvovich, B. D. Zaykov, P. S. Kuzin), butun Yer sha­ridagi daryolarning ham (M. I. Lvo-vich) mufassal klassifikatsiyasi­ni yaratdilar. Daryolar to‘yinish manbai va oqimning yil davomidagi taqsimlanishiga qarab tiplarga ajratiladi.
M. I. Lvovich klassifikatsiyasida (1945) Yer sharidagi barcha daryolar 12 tip, 38 gurppaga ajratiladi. Agar daryoning to‘yinishida hech qaysi manba 50% suv bermasa, bunday daryolar aralash to‘yinadi­gan daryolar tipiga kiritiladi. Daryoni to‘yintirishda 50% dan 80% gacha suv beruvchi manbalar asosiy manba deyiladi­ agar biror manba suvi 80% dan oshsa, uning salmog‘i nihoyatda katta hisoblanadi.
Quyida M. I. Lvovich bo‘yicha daryo tiplari keltirilgan.
1. Amazonka tipi. Deyarli butunlay yomg‘irdan to‘yinadi, kuzgi (shimoliy yarim sharda) oqim ustun (Amazonka, Kongo, Ko‘k Nil).
2. Niger tipi. Asosan yomg‘irdan to‘yinadi, kuzgi oqim ustun tura­di (Niger, Nil).
3. Mekong tipi. Asosan yomg‘irdan to‘yinadi, yozgi oqim ustun (Me­kong, Parana, Maranon).
4. Amur tipi. Asosan yomg‘irdan to‘yinadi, yozgi oqim ustun turadi (Amur, Vitim, Yana).
5. O`rta dengiz tipi. Butunlay yoki asosan yomg‘irdan to‘yinadi, qishki oqim ustun (Mozel, Rur, Temza, Qrimning janubiy sohilidagi daryolar).
6. Oder tipi. To‘yinishida yomg‘ir suvi ko‘pchilikni tashkil etadi va bahorgi oqim ustun turadi (Odra, Tisa, Po, Ogayo).
7. Volga tipi. Asosan yoki ko‘proq qor suvlaridan to‘yinadi va bahorgi oqim ustun turadi (Volga, Missisipi, Tobol, Dajla).
8. Yukon tipi. Asosan yoki ko‘proq qor suvlaridan to‘yinadi, yozgi oqim katta (Yukon, Qolorado, Qola, Vilyuv).
9. Nura tipi. Asosan qor suvidan to‘yinadi va suvi deyarli bu­tunlay bahorda oqib o‘tadi (Nura, Eruslan, Ingulets).
10. Grenlandiya tipi. Butunlay muz suvlaridan to‘yinadi, vaqtli oqimga ega.
11. Kavkaz tipi. Asosan muzlik suvlaridan to‘yinadi, yozgi oqim katta (Kuban, Terek, Rona).
12. CHili (Loana) tipi. Asosan yer osti suvlaridan to‘yinadi, oqi­mi yil bo‘yi bir tekis (CHili cho‘li daryolari).
Daryolarning tog‘lik tipi ikki tipchaga—O`rta Osiyo va alp tipcha­siga bo‘linadi.
O`rta va Markaziy Osiyo daryolari tog‘lardan oqib tushgach, yog‘in suvlarini olmaydi, tranzit daryoga aylanadi va quyar joyiga tomon suvi tobora kamaya boradi. Ular yo yerga singib tugab ketadi, yoki oqim­siz ko‘llarga borib quyiladi.
Alp tipiga mo‘‘tadil mintaqadagi nam iqlimli tog‘li o‘lkalar Alp tog‘lari, Kavkaz, Oltoy va boshqalar daryolari kiradi. Ular ba­land tog‘larda muz va qor suvlaridan mo‘l to‘yinadi, o‘rta va quyi oqi­mida ko‘plab yomg‘ir suvlari kelib quyiladi. Bu daryolar sersuv bo‘ladi.
Yuqorida tasvirlangan xar bir daryo tipiga faqat ma’lum bir suv rejimigina emas, balki boshqa xil belgilar kompleksi ham xosdir, zero, har bir daryo murakkab va bir butun tabiiy hosiladir.
Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling