Yupqa devordagi teshikchadan suyuqlikni oqib chiqishi
Download 12.46 Kb.
|
Yupqa devordagi teshikchadan suyuqlikni oqib chiqishi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yupqa devordagi teshikchadan suyuqlikni oqib chiqishi
- Suyuqlikning oqib chiqish turlari
Yupqa devordagi teshikchadan suyuqlikni oqib chiqishi RejaSuyuqlikning oqib chiqish turlari; Idishdagi suyuqlikni qo‘ndirg‘ichlardan oqib chiqishi; Suyuqlikni tezlik va sarflari qarshilik koeffitsiyentlarga bog‘liqligi. 10-ma’ruza. Yupqa devordagi teshikchadan suyuqlikni oqib chiqishi Suyuqlikning oqib chiqishidagi asosiy masala, turli-tuman geometrik shakllardagi teshik va kalta quvurlardan oqib chiqayotgan suyuqlikning tezligi va sarfini aniqlashdan iborat. Bunda suyuqlikning oqib chiqish sharti turlicha bo’lishi mumkin. Kichik teshikchadan va kalta quvurdan oqib chiqqan suyuqlik naychasi to’ppa-to‘g‘ri atmosfera bosimi ostidagi muhitga tushishi mumkin, shunda u atmosfera bosimi ostida bo’ladi; ayrim holatlarda oqim naychasining teshikcha yoki kalta quvur orqali boshqa idishdagi yoki suv omboridagi suyuqlik ichi (osti) ga oqib chiqishi kuzatiladi. Suyuqlikning oqib chiqish turlari O‘zgarmas naporda rezervuardan kichik teshik orqali suvning oqib ketishi Teshiklar kichik va kattaligi, hamda yupqa va qalin devorli bo‘lishi bilan bir-biridan farqlanadi. Agar teshikning d diametri (aylana-yumaloq teshiklar uchun) yoki uning yon tomoni balandligi a (to‘g‘ri burchakli) napor H ga nisbatan ancha kichik bo‘lgan taqdirda bunday teshiklarni kichik teshiklar deyiladi, ya’ni d ≤0,1H. Agar d≥0,1H bo‘lganida ularni katta teshiklar deb yuritiladi. Oqib chiqish tabiatiga ta’sir eta olmaydigan qalinlikdagi devorni yupqa devor deyiladi. Tajribada aniqlanganki, bunday turdagi devorni qalinligi δ teshik diametridan (1,5-3)d oshmasligi kerak. Bunday holatlarda teshikdan oqib chiqayotgan oqim naychasi devorning qalinligi chegarasida, unga tegmaydi. Devordagi teshiklarning o‘tkir chekkalari oqim nayining shakliga va uning gidravlik tabiatiga ta’sir qilmaydi. Devorning qalinligi 2d(S>2d) dan katta bo‘lganiga qadar orttirilganida, oqib chiqish tabiati o‘zgaradi va bunday teshik kalta quvurdek ishlay boshlaydi, bunday holatda teshik oqim nayining yunaltiruvchisi bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, oqim tabiatini o‘zgartirish uchun teshikka kiritilgan, uncha uzun bo‘lmagan quvurni (tarmoqlanmagan qisqa quvur-patrubka) kalta quvur (nasadka) deyiladi. Eng ko‘p tarqalgan kalta quvurlar turlariga silindrik, konussimon egri chiziqli ko‘rinishdagi konoidal bo‘lib, ular torayib boruvchi nay shakliga o‘xshashdir. Suyuqlikning teshik va kalta quvurdan oqib chiqish jarayonida kesimlari tekisligidan l = (0,5-0,l)d masofada suyuqlik nayi kesimini siqilishi hosil bo‘ladi. Download 12.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling