WAVELET O’ZGARTIRISH ASOSLARI
Wavelet o’zgartirish butunlay o’zgacha baholash funksiyali Furye o’zgartirishiga o’xshash o’zgartirishdir. Asosiy farq quyidagicha: Furye o’zgartirish signalni sinuslar va kosinuslar, ya’ni Furye-fazoda lokalizasiyalangan funksiyalar ko’rinishidagi tashkil etuvchilarga bo’linadi; aksincha wavelet-o’zgartirish real va Furye-fazoda lokalizasiyalangan funksiyalardan foydalanadi. Umuman olganda wavelet o’zgartirish quyidagi tenglamada ifodalanishi mumkin:
Bu yerda *- kompleks tutashish simvoli va funksiya- ayrim funksiya. Funksiya erkin tanlanishi mumkin, biroq u muayyan qoidalarni qoniqtirishi kerak. Ko’rinib turganidek wavelet-o’zgartirish turli o’zgartirishlarning cheksiz ko’pligi bo’lib, uni hisoblash uchun qo’llangan baholash funksiyasiga bog’liq. Diskret wavelet-o’zgartirish xuddi kiruvchi uzunlikdek uzunlikka ega ma’lumotlar vektorini qaytaradi. Odatda, xatto bu vektorda ko’plab ma’lumotlar deyarli nolga teng. U parallel ko’chirish va masshtablashga ortogonal bo’lgan waveletlar (funksiyalar)ga bo’linadi, degan faktga mos keladi. Biz ham bunday signalni wavelet-spektr koeffisiyentlarning signal ma’lumotlar nuqtalariga teng yoki kam soniga bo’lamiz. Bunday wavelet-spektr signallarga ishlov berish va siqish uchun yaxshi, chunki biz bu yerda ortiqcha axborotga ega bo’lmaymiz. Uzluksiz-veyvlet o’zgartirish, aksincha, massivni kiruvchi ma’lumotlardan bir o’lcham katta o’lchamga qaytaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |