1-ish Mikroskop bilan tanishish va ishlash qoidalarini o’rganish. Mashgulotini maqsadi
Download 269.91 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Laboratoriya..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish tartibi
2-ish Hujayraning tuzilishi. Asbob va reaktivlar hamda obʻyekt: mikroskop, mayda asboblar, pinset, pipetka, shisha tayoqcha, preparoval nina, choʻtkacha, filʻtr qogʻoz parchasi, kaliy eritmasi solingan idish, piyoz. Hujayra tuzilishini oʻrganishda piyozning yupqa poʻsti eng yaxshi va qulay obʻyekt hisoblanadi. Piyozbosh shakli oʻzgargan novda boʻlib, juda kalta poyadan va bir necha qalin etli qobiqlardan tashkil topgan. Etli barglarning har ikki tomoni yupqa parda- epidermis bilan qoplangan. Quyida epidermis hujayralaridan mikropreparatlar tayyorlash usuli bayon etiladi. Ish tartibi: Piyozning eng sirtqi quruq poʻsti olib tashlanib, etli qobigʻining biri ajratiladi va nina yoki pinset bilan sirtqi yupqa, rangsiz poʻstidan bir oz shilib, buyum oynasidagi suv tomchisiga quyiladi hamda preparoval nina yordamida buklanib qolgan erlari toʻgʻirlangandan soʻng qoplagich oyna yopiladi. Tayyor preparatni avval mikroskopning kichik obʻyektivida, soʻngra katta obʻyektivida koʻriladi. Bunda piyoz poʻsti hujayralardan tuzilganligiga ishonch hosil qilinadi. Hujayralar bir-biri bilan zich joylashgan. Har bir hujayraning oʻziga xos alohida rangsiz yaltiroq rangsiz poʻsti boʻlib, uning ichida yaltiroq rangsiz kolloid modda- sitoplazma va yadro joylashgan. Yadro bita, shakli yumaloq va hujayra markazida yoki chetida joylashadi. Yadroda bitbir yoki ikkita yadprocha boʻladi. Hujayra markazini bir yoki bir necha vauola boʻlib egallaydi. Yosh hujayralarda vakuolalar koʻp va mayda, yirik hujayralarda esa birgina katta vakuola boʻlib, hujayraning markazida oʻrnashadi. Vakuolalarda hujayra shirasi boʻladi. Agar mikropreparatdagi suv oʻrniga kaliy yodid eritmasi tomizilsa, hujayraning qismlari yana ham aniq koʻrinadi, chunki reaktiv taʻsirida hujayraning yadro va sitoplazmasi sargʻayadi. Buning uchun shisha tayoqcha yoki pipetka bilan eritmadan bir tomchi qoplagʻich oynaning oʻng tomoniga tomiziladi, qoplagʻich oynaning chap tomoniga esa filʻtr qogʻoz boʻlakchasi qoʻyiladi. Filʻtr qogʻoz qoplagʻich oyna betidagi suvni shimib oladi. Shunda suv oʻrniga esa kaliy yodid eritmasi kiradi. Mazkur jarayonlar tugagandan keyin bita hujayra koʻrinishini ish daftariga qora qalam bilan chiziladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling