gulli yoki yopiq urug‘li o‘simliklar bo‘limi. Ayiqtovondoshlar oilasi


Download 158.46 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi158.46 Kb.
#1478504
Bog'liq
7-sistematika-1


7-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Magnoliyatoifa (Magnoliophyta, Angiospermae) gulli yoki yopiq urug‘li o‘simliklar bo‘limi. Ayiqtovondoshlar oilasi (Ranunculaceae). Qizil kitobga kiritilgan turlar (2 soat)


Kerakli materiallar: Turli doimiy mikropreparatlar. Gerbariylar, o'simliklar aniqlagichi,
rasmlar, jadvallar, fikatsiya qilingan gullar, mevalar,lupa, pintset, preporoval nina va boshqalar.


UMUMIY TUSHUNCHA:
Ayiqtovondoshlar oilasi vakillari asosan ko‘p yillik va bir yillik o‘t o‘simliklari bo‘lib 66 turkum va 2000 dan ortiq turga ega. O‘rta Osiyoda 25 turkum, 202 turi, O‘zbekistonda 20 turkum, 107 turi uchraydi. Barglari oddiy, turli darajada qirqilgan, yonbargchasiz. Turkumlar gul tuzilishi bilan bir-biridan yaxshi farq qiladi. Masalan, ba’zi bir turlarining gulqo‘rg‘oni oddiy, gul a’zolarining soni turlicha bo‘lib spiral holda joylashgan. (Hepatica, Anemone) kabi turkum vakillarida. Ba’zi bir turkum vakillarining gul tuzilishi hasharotlar vositasida changlanishga moslashgan bo‘lsa, Aconitum turkumi turlarning gulqo‘rg‘oni esa zigomorf yoki Thalictrum turkumi vakillari shamol vositasida changlanishga moslashganligi sababli gulqo‘rg‘onlari reduksiyalangan. Bu oilaning ko‘pchilik vakillari kuchli alkaloidlarga ega bo‘lganligi uchun ham meditsinada keng qo‘llaniladi. Ba’zibir turkum vakillari (Delphinium) bo‘yoqbop o‘simliklar hisoblansa, sedana (Nigella) turkum vakillari oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladi.
Yovvoyi sedana (Nigella integrifolia) bir yillik o‘t, bo‘yi 15-25 sm. Kosacha barglari 5-8 ta, ikki labli. Mevasi kalta,tukli. Aprel-may oylarida gullab urug‘ beradi. Adir va tog‘ zonalarida ekinlar orasida va bo‘sh yotgan dalalarda uchraydi
Ekma sedananing (Nigella sativa) balandligi 20-75 sm, may, iyun oylarida gullab urug‘laydi. O‘zbekistonning deyarli hamma viloyatlarida ziravor o‘simlik sifatida o‘stiriladi. 
Isfarak (Delphinium) turkumga mansub o‘simliklarning aksariyat qismi er sharining o‘rta iqlimli mintaqalarida tarqalgan. O‘rta Osiyo florasida 45 turi borligi aniqlangan. Bular bir yillik va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar. O‘zbekistonda isfarakning Delphinium semiborbatum deb nomlanuvchi turi tog‘ va tog‘ oldi zonalarida keng tarqalgan. Bu o‘simlikni xalqimiz qadimdan qimmatbaho rang beradigan bo‘yoqbop o‘simlik sifatida biladi.
Parpi (Aconitum) turkumining 160 turi er yuzining SHimoliy yarim sharida, ayniqsa tog‘li viloyatlarda tarqalgan. Oq parpi (Aconitum talassicum) ko‘p yillik, ildizpoyali o‘t. Bo‘yi 60-150 sm. Barglari barmoqsimon qirqilgan. Gullari monosimmetrik bo‘lib, shingil shaklidagi gul to‘plamlarida joylashgan. Bu turkumning Hamdo‘stlik mamlakatlarda tarqalgan 11 turidan 9 tasi O‘rta Osiyoda uchraydi. Ularning hammisi ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Gul formulasi: Ca5 Co∞ A∞ G∞. Mevasi ko‘p urug‘li. O‘zbekistonda bu turkumning Turkiston sug‘uro‘ti (Adonis turkestanica) deb yuritiladigan turi Zarafshon, Oloy va Turkiston tizma tog‘larining mayin tuproqli yonbag‘irlarida keng tarqalgan. U baland bo‘yli yirik sariq gulli, o‘ziga xos badbo‘y hid tarqatadi. Meditsinada dori-darmon olish uchun ishlatiladigan adonizin shu o‘simlikdan olinadi.
TOPSHIRIQLAR:
1. Ayiqtovondoshlar oilasi vakillarining xarakterli xususiyatlari bilan tanishish (gul tuzilishidagi xilma-xillikka alohida e’tibor bering).
2. Aniqlanilayotgan (o‘rganilayotgan) turning umumiy ko‘rinishini chizib oling.
3. Gul tuzilishi va diagrammasini chizing.
4. Aniqlagichlar yoki "O‘zbekiston florasi" yordamida 2 turkum vakillarini aniqlab, ularda farq qiladigan sistematik belgilarni ko‘rsating.
ISH TARTIBI:
Namuna sifatida pichanzorlar, o‘rmon va dalalarda keng tarqalgan zaharli ayiqtovon (Ranunculus sceleratus) bilan tanishamiz.
Bu ko‘p yillik balandligi 30-100 sm.gacha bo‘ladi, yon ildizi popuk ildiz. Poyasi tik o‘suvchi shoxlangan, yumaloq, ichi bo‘sh. Barglari oddiy, poyada ketma-ket joylashgan. Ostki barglari uzun bandli, panjasimon. YUqoridagi barglari esa qisqa bandli yoki bandsiz.
Gullari yakka yoki 2-3 gulli simpodial to‘pgulga joylashgan, aktinomorf, gemitsiklik. Gulkosabarglari 5 ta yashil yoki sariq-yashil, erkin. Gultojibarglari ham erkin, 5 ta, sariq, ostki qismida nektardonlar mavjud. Androtsey alohida-alohida joylashgan ko‘p sondagi changchilarga ega. Ginetsey ko‘p sondagi apokarp urug‘chilardan iborat.
Tugunchasi ustki, bir uyali.
Gul formulasi Sa5So5A G. Mevasi yong‘oqcha.
Ish oxirida aniqlagichlar vositasida oila, turkum va turlar aniqlaniladi.
Masalan:
Ayiqtovonda * Sa5 So5 A G
Sug‘ur o‘tda * Sa5 So AG

Ayiqtovondoshlar oilasining quyidagi turlari – Knoring isfaragi (Delphinium knorringianum), Zarafshon parpisi (Acanitum seravschanicum), Oq parpi (Acanitum talassicum), Boysun po‘fanagi (Anemone baissensis), Buxoro po‘fanagi (Anemone bucharica), CHo‘ziq po‘fanak (Anemone protracta), Tillarang sug‘uro‘t (Adonis chrisocyathus), Tuksiz sug‘uro‘t (Adonis leiosepala), Oltoy trolliusi (Trollius altaicus) O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan.


MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. Ayiqtovonlar turkumi vakillari bilan parpi turkumi vakillarining tarqalish muhitlarini ta’riflang.
2. Meditsinada qo‘llaniladigan turkum turlarining lotincha va mahalliy nomlarini, tabiatda tarqalgan maydonlarini aniqlang.
3. Oila gulli o‘simliklar evolyusiyasida qanday o‘rin egallaydi.
Download 158.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling