1. Ishchi hududning havo parametrlarini aniqlash va issiqlik ta’siridan himoya qilish Ishning maqsadi
-rasm. Havoni sо‘rish shkafi sxemasi
Download 47.93 Kb.
|
1. Ishchi hududning havo parametrlarini aniqlash va issiqlik ta’siridan himoya qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2-rasm.Tо‘g‘ri burchakli zontning tekisligi quyidagi rejada qо‘llanadi.
6.1-rasm. Havoni sо‘rish shkafi sxemasi
1-Havoni shkafga uzatib beruvchi panjara. 2- sо‘rib oluvchi havo tortgich 3- ishchi tirqish 4-ish stoli Sо‘rish shkafining samaradorligi havo almashinuvi karraligi munosabatida aniqlanadi: K=L/V (6.2) bu yerda: K- bir soatdagi havo almashinuvi karraligi; L- ajralib chiqayotgan havo oqimi hajmi, m3/soat; V- shamollanayotgan sо‘rish shkafi berk hajmi, m3. Sо‘rish shkafni shamollatish sinovi paytida quyidagi vazifalar aniqlanadi: shkafning ochiq tirqishidagi havo oqimining harakatlanish tezligi; tirqish yuzasi va shkaf hajmi. Sо‘rish shkaf ochiq tirqishidagi havo oqimining harakatlanish tezligi qanotchali anemometr bilan о‘lchanadi. Anemometr qurilmasi va undan foydalanish qoidalari ishchi zonadagi mikroiqlim parametrlari tadqiqoti bо‘yicha laboratoriya ishida bayon qilingan. Shkafdagi ochiq tirqish yuzasi va uning hajmi bevosita chizg‘ichda yoki ruletkada о‘lchash orqali aniqlanadi. Agar texnologik jarayonni bajarish sharoti bо‘yicha yopiq tipdagi qurilmadan foydalanishning iloji bо‘lmasa, u holda ochiq tipdagi havo qabul qiluvchi qо‘llanadi. Ularda zararli chiqindilar manbaidan ma’lum masofada joylashgan qabul qilish tirqishi orqali zararli moddalarni sо‘rib olish amalga oshiriladi. Ochiq tipda qabul qilish qatoriga sо‘rgichli zontlar, tо‘sqichlar, panellar, bort sо‘rgichlari kiradi. Zontlar tabiiy va mexanik qо‘zg‘atgichlarda ishlashi mumkin. zontning qabul qiluvchi kо‘ndalang kesimidagi sо‘rib olish tekis tezlanishiga ta’sir etuvchi zont ishlashining muhim sharti, zont ochilishi burchagi hisoblanadi. Ochilish burchagi faqatgina 60º gacha bо‘lganda, sо‘rish tezligi tekis bо‘lishini ta’minlash mumkin. A=a+0,8 £a (6.3) V=v+0,8 £ (6.4) bu yerda: a va v- zararli moddalarni ajratib chiqaruvchi manbaa tomonlari, m; £a- manbaa yuzasidan to zont tagigacha bо‘lgan masofa,m. 6.2-rasm.Tо‘g‘ri burchakli zontning tekisligi quyidagi rejada qо‘llanadi. Aylana zontning diametri D=dn+0,8 £a Zont balandligi h3quyidagicha ifodalanadi: bu yerda:dn- sо‘rib oluvchi havoо‘tkazgichning diametri,m; - zontning ochilish burchagi, grad; -zont borti balandligi, m =0,1÷0,3m. Shuni nazarda tutish lozimki, bunda zont ishlashi vaqtida xonadagi havo oqimi ta’siriga duch keladi( deraza, eshik ochilishi va x.k.). Shuning uchun zontlarni perimetri bо‘ylab qaytarma pardalar bilan ta’minlash maqsadga muofiq bо‘ladi. Sо‘rib oluvchi zont ishlashini baholash uchun havo harorati tezligini о‘rnatish yetarli bо‘ladi, chunki karralik kо‘rsatgichi havo almashinuvini ma’lum berk hajmda tasniflashi mumkin. Zontning hisoblab aniqlanadigan kо‘ndalang kesimidagi tezlik miqdori bо‘yicha sо‘rgichli zontning samaradorligi baholanadi. Atrof muhitdan zont ostiga sо‘rilayotgan havo yuzasi zontning hisoblab aniqlanadigan kо‘ndalang kesimi hisoblanadi. Zontning hisoblab aniqlanadigan kо‘ndalang kesimi uning zararli chiqindilar manbasi ustidagi ochiq kо‘ndalang kesimi perimetrini ilgak badandligi kо‘paytmasida ifodalanadi (demak zararli chiqindilar chiqadigan yuzadan zont zihigacha bо‘lgan masofada). Zontning hisoblab aniqlanadigan kо‘ndalang kesimidagi miqdoriy qiymati quyidagicha aniqlanadi: (bir tomonlama ochiq bо‘lgan zontlar uchun) (ikki tomonlama ochiq bо‘lgan zontlar uchun) (uch tomonlama ochiq bо‘lgan zontlar uchun) (tо‘rt tomonlama ochiq bо‘lgan zontlar uchun) Zontning hisoblab aniqlanadigan kо‘ndalang kesimidagi tezlikni fomula asosida bevosita asboblar yodamida о‘lchash mumkin; bunda bu yerda: zontning hisoblab aniqlanadigan kо‘ndalang kesimidan о‘tayotgan - havo miqdori, uzatuvchi quvurlar orqali chiqayotgan havo miqdoriga teng. qiymatga erishish uchun uzatuvchi quvurlardagi havo harakati tezligini о‘lchangan bosim tezlanishiga bog‘liqligini V=4/04 (6.5) formula bо‘yicha aniqlash kerak. Bosim tezlanishi SAGI yoki MMN mikromanometrlarda LIOT pnevmometrik trubkalar yoki Prandtl trubkalari yordamida о‘lchanadi. Uzatuvchi quvurlardagi havo oqimining о‘rtacha tezligini va uning F2 kо‘ndalang kesimini bilgan holda vaqt birligida, m/s havo sarfini aniqlash mumkin. Ushbu о‘lchash usuli Siz tomondan “ Uzatuvchi quvurlardagi havo harakati sarfini о‘lchash” mavzusi bо‘yicha laboratoriya ishi о‘tkazishda о‘rganilgan edi. Olingan W2 va F2 qiymatlarni formulaga qо‘ygan holda, о‘tkazuvchi quvurlardan о‘tayotgan havo miqdori aniqlanadi. = ni qabul qilgan va zontning hisoblab aniqlanadigan kо‘ndalang kesimini formula orqali hisoblagan holda zontning hisoblab aniqlanadigan kо‘ndalang kesimidagi W1 tezlik aniqlanadi. О‘rnatilgan meyorlarga (6.1-jadval) muvofiq shamollatish qurilmasi yaroqli ekanligi va ishlashga ruxsat etilishi haqida xulosa chiqariladi. Download 47.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling