1. Ishlab chiqariladigan buyumlarning qisqacha tavsifi va nomenklaturasi
Korxonaning ish rejimini asoslash va ishlab chiqarish dasturini
Download 50.7 Kb.
|
Xoliqov Sh.
2. Korxonaning ish rejimini asoslash va ishlab chiqarish dasturini
aniqlash. Zavod (sex) ning ishlash tartibi (rejimi) ishlab chiqarish tavsifi, quvvati va boshqa faktorlarga qarab belgilanadi. Ko’pgina zavodlarda (sexlarda) mavjud bo’lgan pishirish sexlari (kunida 3 smenali) uzluksiz ishlaydi. Bu holda boshqa sexlarning ish tartibi va unumdorligi pishirish sexining ish tartibi va unumdorligi bilan bog’lanishi kerak, aks holda katta hajmdagi oraliq omborlari kerak bo’lish mumkin. Maydalash, tuyish va navlarga ajratish sexlari va boshqa yordamchi sexlari haftada uzluksiz
O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrdagi qabul qilingan konstituksiyasiga asosan ishchi va xizmatchilarning haftalik ish vaqti 41 soatdan oshmasligi kerak. Shuningdek ishchi va xizmatchilarning kechasi ishlash vaqti qisqartirilgan. Korxonadagi texnologik jarayonlarni, xom ashyo oqimlari va ishchilar sonini to’g’ri hisoblash uchun sexlarning ish rejimini tanlash kerak. Sexlarning ish rejimi yillik ish sutkalari soni va sutkalik smena soni bilan tavsiflanadi. Ko’pchilik korxonalarning ish rejimi bir, ikki va uch smenalik bo’lib, birinchi va ikkinchi smenalar 8 soatdan, uchinchi smena esa 7 soat deb qabul qilinadi. Sexning yillik ish kunini qabul qilishda temiryo’l tansportidan foydalanilganda ish uch smenada 365 ish kuni deb, avtomobil transportidan foydalanilganda esa 1-2-3 smenada 260 yoki 305 ish kuni deb belgilanadi. Pishirish sexlarida uzluksiz ish haftasi kuniga 3 smenada bo’lib bir yilda 350 ish kuni qabul qilinadi, qolgan 15 kuni esa uskunalarni kapital ta’mirlashga ajratiladi. Yordamchi (tuyish va boshqa) sexlarda odatda ikki smenali uzluksiz ish haftasi bo’lib bir yilda 305 ish kuni qabul qilish tavsiya etiladi, uchunchi smenada joriy ta’mirlash rejalangan bo’ladi. Korxona (sex) da tavsiya etiladigan ish rejimlari 1-jadvalda keltirilgan. Download 50.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling