1. Ishlab chiqariladigan buyumlarning qisqacha tavsifi va nomenklaturasi
Download 50.7 Kb.
|
Xoliqov Sh.
1. Ishlab chiqariladigan buyumlarning qisqacha tavsifi va nomenklaturasi. Portlandsement - tarkibida temir oksid (0,3-0,45 % gacha) bo'lgan oq klinkerni mayda tuyishdan hosil bo`ladigan gidravlik bog'lovchi modda. Klinkerni tuyish jarayonida 15 % gacha gidravlik yoki 10 % gacha inert qo'shilmalar, shuningdek, tishlashish muddatlarini keragicha o'zgartirib turish uchun ko'pi bilan 3 % gips qo'shishga ruxsat etiladi. Gips va qo'shilma tuyilgandan so'ng bu sement belgilangan darajada oq bo`lishi kerak. Portlandsement rangi klinker minerallari tarkibida qanday oksid borligiga qarab har xil bo'ladi. Masalan, kalsiy silikatlar oq, C3S esa C2S dan oqroq bo`ladi va hokazo. Ayniqsa, uch kalsiyli alyuminat oqligi bilan boshqa sementlardan ajralib turadi. To'rt kalsiyli alyumoferrit tarkibida temir oksidlari borligi tufayli qoraroq bo`ladi. Shu sababli oddiy portlandsement kul rang-yashil bo`ladi. Demak, klinkerda uni bo'yovchi oksidlar, ayniqsa Fe2O3 bo`lmasa bunday sement oq rangli bo`ladi. Klinkerning kimyoviy tarkibi: SiO2 - 24%; Al2O3 – 5%; Fe2O3 – 0,45%; CaO – 67%; MgO – 3%; SO3 – 0,55%. Shunday qilib, oq portlandsement ishlab chiqarishdan asosiy maqsad, tarkibida temir oksid bo`lmagan yoki juda oz miqdorda bo`lgan xomashyoni ishlatish. Bunday klinker tarkibida C4AF ham deyarli bo`lmaydi. Biroq ma’lum kimyoviy tarkibli xomashyo ishlatishning o'zi oq portlandsement ishlab chiqarish uchun kifoya qilmaydi. Bo’yovchi oksidlar sementga yoqilg'i kulidan yoki tuyish jarayonida tegirmon sharlaridan yoxud tegirmonning poiat qoplamasidan o'tishi mumkin. Shuning uchun klinkerni pishirish paytida kulsiz suyuq yoki gazsimon yoqilg'i ishlatiladi. Klinker pishib bo’lgan zahoti uning oqligi oshiriladi. Buning uchun klinker qaytarish muhit ta'siriga uchratiladi. Shunda klinker tarkibidagi Fe2O3 ko'rinishidagi temir oksid kamroq bo'yaydigan Fe3O4 ga aylanadi va sement yanada oqaradi. Xomashyo aralashmasi va oq sement klinkeri mahsus qattiq kam yoyiladigan po`lat yoki chinni plitalar qoplangan zoldirli tegirmonlarda maydalanadi.
Oqlik darajasi fotometr yordamida aniqlanadi. Standartga ko'ra, qaytarish koeffitsiyenti 96,3 % dan kam boimagan bariy sulfat (BaSO4) oqlik andozasi hisoblanadi. Uch kalsiyli silikat klinkerda ko'p miqdorda boisa, oq portlandsementdan tayyorlangan buyumlarning sirtida oq doglar yoki sho'ra hosil boiishi mumkin. Bu C3S ning gidrolizi vaqtida ohak ajralib chiqishidandir. Bunga yo’l qo'ymaslik uchun oq portlandsement, ohakni kam eriydigan kalsiy gidrosilikatga aylantirish maqsadida 5-10 % juda faol gidravlik qo'shimcha qo'shiladi. Klinker tarkibida ko'p miqdorda C3S va C3A boigani uchun oq sement tez mustahkamlana boradi hamda ko'proq kirishish xossasiga ega bo`ladi. Bu sement 400 va 500 markalarda ishlab chiqariladi. "Olmaliq KMK" AJ oq va umumiy qurilish portlandsementi ishlab chiqaruvchi Sement zavodi 2014 yilda Jizzax viloyatida tashkil etilgan. OPS I-1 500/42,5 oq portlandsement bo’yicha zavodning loyihaviy quvvati yiliga 350 000 tonnani tashkil etadi. Ichki bozorga sotishga mo’ljallangan: oq portlandsement - 3%, eksportga sotish mo’ljallangan: oq portlandsement - 97%, Chiqarilayotgan sement O'z DSt 761-96, GOST 31108-2003, GOST 30515-97 me'yoriy hujjatlarga mos keladi. Ohaktosh – tarkibiy tuzilish jihatidan zich, bo’sh va g’ovak bo’lishi mumkin. O’rtacha zichligi 2,5 - 3 t/m3, tabiiy namligi 3 - 10 %, qizdirganda massa kamayishi 2 - 4 %. Ohaktoshlar cho'kindi tog' jinslari bo'lib, kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalari jihatidan xilma-xil turlarga bo'linadi. Biroq uning asosiy qismi kalsiy karbonatdan iborat. Ohaktoshlar asosan kalsiy karbonatdan iborat. Kalsiy karbonat esa ikki oksid – CaO va CO2 dan iborat. Klinker kuydirilganda CO2 gazi ajraladi. Ohaktosh konlari ko’p hollarda yer yuzasida bo’ladi. Ohaktosh ochiq usulda qazib olinadi: avval portlatiladi, keyin portlatilgan tog’ jinslari bir cho’michli
Xom ashyoni qazib olishni tashkil qilayotganda ohaktosh cho’kindi sifatida hosil bo’lganiga ahamiyat berish kerak. Chunki ohaktoshlarning kimyoviy va mineralogik tarkibi kon sathi va uning qalinligi bo’yicha ancha farq qiladi. Ohaktosh yerda sifati jihatidan qanchalik bir xilligiga qarab yoppasiga yoki tanlab-tanlab qaziladi. Ohaktosh sifati jihatidan ayrim joylarda bir xil bo’lgani yoki salgina farq qilgandagina yoppasiga qaziladi. Sifati keskin farq qilsa, tanlab-tanlab qaziladi. Bunday qazishda ohakning tannarxi oshadi, shu bilan birga sifati ishonchli bo’lmay qoladi. Gap shundaki, qazish vaqtida ohaktoshning sifatli yoki sifatsizligini rangi va qattiqligiga qarab aniqlash mumkin. Kaolin – kimyoviy tarkibi Al2O3-39,5%, SiO2-46,5%, H2O-14%. Ayrim kompanentlarning miqdori o’zgarib turadi. Mineral tarkibida kam miqdorda Fe2O3, MgO, CaO, Na2O, K2O, BaO, SiO2 va boshqa metall oksidlari aralashmalari bo’ladi. Sochiluvchan, tangachasimon yoki zich mayda donador ko’rinishda uchraydi. Rangi oq rangli bo’lib ko’pincha sarg’ish, qo’ng’irroq, ko’kimtir tovlanib turadi. Ayrim tangacha va plastinkachalari sadafdek yaltiroq, yahlit massalari esa-xira bo’ladi. Qattiqligi 1 ga yaqin ayrim tangachalari egiluvchan, lekin qayishqoq emas. Kaolinning yaxlit tuproqsimon massalari barmoq bilan osonlikcha eziladi, quruq xoldagisi suvni juda tez shimadi. Paydo bo’lishi va konlari. Asosiy massasiga alyumasilikatlarga: dala shpatlari, slyudalari, seolidlarga boy magmatik va metamorfik jinslar-granitlar, gneslar, kvarsli porfirlarning nurash sharoitlarida yuzaga keladi. Kaolin paydo b’olishining shu jarayoni H2O bilan CO2 ta’siri ostida o’tadi. Bunda ishqorlar, qisman SiO2 va ishqoriy yer elementlari bilan birga karbonatlarga aylanib yuvilib ketadi. Kvars bilan birga boshqa kimyoviy barqaror minerallar esa kaolin yoki
Amaliy ahamiyati. Kaolin sanoatining juda ko’p tarmoqlarida qo’llaniladi. U tarkibidagi boshqa aralashmalarning ko’p ozligiga qarab shundayligicha, xom holicha, ya’ni avval boyitmasdan yoki maxsus qurilmalardan tinitib olinganidan keyingina ishlatiladi. Tarkibida temir oksidlari bo’lmagan kaolin, asosan nozik keramikada, chinni buyumlar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.. Shu maqsadda kaolinning yopishqoqlik xususiyati, suvda barqaror suspenziya xosil qilish qobilyati tez cho’kib qolmasligi eng muhimi pishirilganda keyin qattiq hamda yorilib ketmaydigan toshdek mahsulotga aylanib qolishdan foydalaniladi. Shu bilan birga uning tarkibida bo’yovchi oksidlar bo’lmaganligi yoki juda oz miqdorda bo’lganligi uchun ham undan oq sement klinkerini olishda qo’llaniladi. Gipstosh – oq rangli, qattiqligi 2 (Moos shkalasi bo'yicha), o’rtacha zichligi 2200 - 2400 kg/m3, uyma zichligi 1400 kg/m3, tabiiy namligi 3 – 10 % bo'lgan jinsdir. Gips-tosh zaxiralarining eng kattasi Buxoro viloyatida mavjud (Kogon gips koni). Oq sement ishlab chiqarishda klinkerni tuyish jarayonida tishlashish muddatlarini keragicha o’zgartirib turish uchun 3 % gips qo’shishga ruxsat etiladi. Loyihada ushbu qo’shimcha tayyor holda qo’llanilgan. Trepel –yengil, po’kak, mustahkamligi kam, oq-kulrang ko’rinishda bo’ladi. O’rtacha zichligi-900 kg/m3, uyma zichligi-700 kg/m3. Ushbu gidravlik faol qo’shimcha loyihada tayyor holda qo’llanilgan. Download 50.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling