Мавзу: suyuq va sochiluvchan moddalar sathini
Download 429.24 Kb.
|
6-Ma’ruza Мавзу suyuq va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSIY MA’LUMOTLAR.
6-Ma’ruzaМавзу: SUYUQ VA SOCHILUVCHAN MODDALAR SATHINI O‘LCHASH. Reja:
Vizual sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi. Qalqovichli sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi. Gidrostatik sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi. Elektrik sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi. Ultrtovushli sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi. Radioizotopli sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi. ASOSIY MA’LUMOTLAR. Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit – suyuqlik yoki sochiluvchan jismlar bilan to‘ldirilish balandligiga aytiladi. Ishchi muhit sathi texnologik parametr hisoblanib, u haqdagi axborot texnologik apparatning ish rejimini nazorat qilish uchun, ayrim hollarda esa ishlab chiqarish jarayonini boshqarish uchun zarur hisoblanadi. Sath o‘lchash vositalari sath o‘lchagichlar deb ataladi. Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sathni o‘lchash moddaning idishdagi miqdorini aniqlash va texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish uskunasida sath holatini nazorat qilishdan iborat. Ishlash xarakteri jihatidan sathni o‘lchagichlar uzluksiz va uzlukli (releli) bo‘ladi. Releli sath o‘lchagichlar moddaning sathi ma’lum balandlikka yetganda ishlay boshlaydi, ular signalizatsiya maqsadida ishlatiladi va sath signalizatori deyiladi. Bu asboblar ishlash prinsipi va tuzilishi jihatidan bir biridan farq qiladi. Masalan, suyuqlik sathni o‘lchashga mo‘ljallangan asboblarning ko‘pi sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash uchun yaroqsiz, usti ochiq (atmosfera bosimi) idishlarda ishlatiladigan asboblar esa yuqori bosimda ishlaydigan idishlar uchun yaroqsizdir va hokazo. Sathni nazorat qilish asboblari shkalali va shkalasiz bo‘ladi. Shkalasiz asboblar, odatda, ikkilamchi asboblar bilan birga ishlaydi yoki sathning chegarasi haqida mustaqil signal beradi. – jadvalda o‘lchash diapazoniga ko‘ra sath o‘lchagichlar keltirilgan. 6.1 – jadval Download 429.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling