46.Respublika miqyosida mehnat resurslarining sifat darajasini oshirish borasida qanday qonun va dasturlar qabul qilingan?
a) mamlakat miqyosida inson manfaatlari, uning haq huquqlarini himoya qilish borasidagi qonunlarning to‘plami;
b) mehnat kodeksi va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun;
v) ta’lim to‘g‘risidagi qonun va kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi; *
g) soliq kodeksi;
47.Korxonalarda qaysi bo‘limlar inson resurslari bo‘yicha ma’lumotlarni taxlil etadi?
a) buxgalteriya va moliya bo‘limi;
b) kadrlar va ish haqi bo‘limi; *
v) ishlab chiqarish va sotish bo‘limi;
g) marketing bo‘limi va raxbariyat.
48.Korxona miqyosida inson resurslarining balansini tuzishdan maqsad nima?
a) inson resurslaridan foydalanish, uning samaradorlik darajasini aniqlashdan iborat; *
b) ishsizlik darajasini aniqlash;
v) mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini taxlil etish;
g) boshqarish tizimini takomillashtirish.
49.Ishchining shaxsiy xislati omiliga nimalar kiradi ?
a)boshqaruv xolati, boshqaruv turi;
b)ishchining ma’lumoti, yoshi, jinsi; *
v)mulk shakli, tashkiliy tuzilma;
g)iqtisodiy muhit va siyosiy holat.
50.Hodimlar harakati intensivligi qaysi koeffitsentlar bilan tavsiflanadi?
a)o‘sish, kamayish koeffitsenti;
b)ko‘chib kelish, ko‘chib ketish koeffitsentlari;
v)qabul qilish va bo‘shatish koeffitsenti;
g) qabul qilish, bo‘shatish, umumiy aylanish koeffitsentlari. *
51.Mehnat sarfi - bu...
a) mahsulot birligiga va tayyorlanadigan butun mahsulot hajmiga ish vaqti sarflashdir*
b) ma’lum bir ish vaqtida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
v) mahsulot rentabelligi
g)unumli sarflangan ish vaqti
52.Mehnat sarfini tahlil qilish jarayonida nimalar o‘rganiladi?
a) mehnat sarfi dinamikasi
b) mehnat sarfi darajasi bo‘yicha rejaning bajarilishi
v) mehnat sarfining mehnat unumdorligi darajasiga ta’siri
g) hamma javob to‘g‘ri *
Do'stlaringiz bilan baham: |