1. Islom dini haqida. Islom dinining tarqalishi


Download 0.54 Mb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1493612
1   2   3   4
Bog'liq
Islom dini Ta\'lim asoslari. Ismatova Gullola

Muhammad vafot etgach,davlatni xalifalar boshqarganlar.632-yildan 661-yilgacha bo’lgan vaqt ichida 4 nafar xalifa hukmronlik qilgan.Bular Muhammadning qaynatalari Abu Bakr va Umar,kuyovlari Usmon va Alilar edi. Xalifa Umar davrida Suriya,Falastin,Misr,Shimoliy Afrika,Iroq istilo qilinib, Islom dini dunyo bo’ylab tarqala boshlagan.VIII asrda O’rta Osiyoda fath etilgan yerlarda aholini Islom diniga kiritish harbiy to’qnashuv,da’vat hamda soliq siyosati bilan amalga oshirildi. Islom dini IX-X asrlarda Tataristonda, X-XII asrlarda Boshqirdistonda tarqalgan.


Allohga
Payg’ambarlarga
Oxiratga
O’lgandan
Taqdirga
Muqaddas
Farishtalarga
. Islom dinining tarqalishi. «Qur'on» -dunyo madaniyatining ulkan boyligi.
Markaziy Osiyo xalqlari pedagogik fikrlari tarixiy taraqqiyotida VII asrda Arabiston yarim orolida paydo bo'lgan va VIII asrda mintaqamizga ham yoyilgan islom dini muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Chunki islom dini, uning asosiy kitobi «Qur'oni Karim» va undan keyingi asosiy manba hisoblangan hadislardar Ollohga, uning payg'ambari Muhammad alayhissalomga e'tiqod qilish bilan birga ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, ilmga intilish, o'zaro ahil bo'lish, mehr-oqibat, ehson, sabr-toqat, kamtarlik, vafo-sadoqatlilik, poklik, adolat, diyonat kabi insoniy sifatlar haqidagi jihatlari va yaxshi fazilatli hamda odob-axloqli bo'lishlik yo'llari bayon etilgan. Xudi shuningdek, islom dinida millatidan, elatidan, tanasining rangidan qat'iy nazar, inson insonligi uchun ulug'lanadi. Millatchilik, bir-birini kamsitish, talon-tarojlik, irqchilik islomda yo'q va bo'lmagan.Islom dini har qanday millatchilik kayfiyatidan yuqori turadigan olomshumul ta'limot.U barcha millatlarni birlashtirib, teng, do'st, yoru-birodar qilib, tinch-omon yashashlarini o'qtirib keladi.Ayni paytda islom dinida razolat, kibr-havo, adovat, xasad, xiyonat, zulm kabi illatlar qoralanadi.
Xullas, Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek: «Islom dini-bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma'rifat ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig'indisi emas. Anna shu ma'rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o'gitlariga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, oriyatli, nomusli bo'lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar».
Demak, deyarli 15 asrdan beri ko'p musulmonlar (qariyib 1,5 milyard) ning axloqiy-ma'naviy dunyosini mustahkamlab kelayotgan islom dini, Qur'oni Karim, Hadislar, ayniqsa hadis ilmining buyuk allomalari (muxaddislari) Ismoil al-Buxoriy (810-870 y), Imom at-Termiziy (824-892 y) lar g'oyalarining ahamiyati bugungi kunda ham beqiyosdir. Markaziy Osiyo xalqlari axloqiy-pedagogik fikrlari tarixiy taraqqiyotida VIII asrning o'rtalarida paydo bo'lgan va IX – XV asrlarda mintaqamizda keng yoyilgan tasavvuf yoki sufiyzim falsafasi, ayniqsa uning ko'zga ko'ringan vakillari Hoja Ahmad Yassaviy (1041-1167 y), Najmiddin Kubro (1145-1221 y), Bahovuddin Naqshbandiy (1318-1389 y) lar ta'limotlarining ahamiyati katta bo'ldi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling