Diniy talim tizimi. Musulmon dunyosida diniy talimning tashkil etilmagan shakli asosiy bolib, unda ustoz-shogird binomi muhim rol oynaydi. Maktab-madrasa tizimi vujudga kelishida metsenatlik (homiylik) hal qiluvchi omil bolib xizmat qildi. Davlatning yoki shahar boylarining homiyligi bu tizim bitiruvchilariga oziga xos ijtimoiy buyurtma vazifasini otar edi. Avvaliga ijtimoiy vazifa hisoblangan oquv jarayonini tashkil etish ustidan nazorat etuvchi shayx al-islom mansabi ham kop otmay davlat etiborini oziga qaratdi. Natijada diniy talim tizimini tashkil etish jamiyat hayotida strategik omillardan biriga aylandi. Kim bu jabha ustidan nazorat ornatib, uni boshqara olsa, u jamiyat rivojlanishi yonalishlarini belgilay boshladi.
Orta Osiyodagi diniy talim tizimi mazmunan ikki davrga bolinishi mumkin: 1) Mogullar istilosidan avvalgi davr; 2) Mogullar istilosidan keyingi davr. Bu ikki davr darsliklar royxati, talimning maqsadi, undagi oqitish darajalariga qarab bir-biridan ancha farq qiladi. Temuriy Shohrux (1405-1447) davrida ikkinchi davr yangi diniy talim tizimining tamal toshi qoyildi. Mazkur tizim, bazi kichik tafsilotlarni hisobga olmaganda, to XX asr boshlarigacha ozgarmay keldi. Uning negizini Movarounnahr va Huroson ulamolari yaratgan asar-darsliklar qurdi. Bu yerda Moturidiya-Ashariya kalomi qorishmasi, hanafiy fiqhi, ahl al-hadis toplamlari, arab filologiyasi, mantiq boyicha darsliklar asosiy orinda turar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |