Arablar istilosidan mug`ullar isiilosiga qadar o`tgan (VIII-XIII asrlar) davr ichida qancha o`zgarishlar yuz bermagan
Download 11.96 Kb.
|
Islom madaniyat-WPS Office
Islom madaniyati adabivot, sanat, fan, falsafa sohasidagi o`zaro tasir imkoniyatlarini ochib berdi. Movarounnahrda somoniy va qoraxoniy sulolalarning hukmronligi, mustaqil Xorazmshohlar davlatining vujudga kelishi xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikda ham ijobiy o rin egallaydi. XIII asr boshlaridagi mug`ullar istilosi davrida ham xalqaro munosabatlar davom etayotgan edi. Arablar istilosidan mug`ullar isiilosiga qadar o`tgan (VIII-XIII asrlar) davr ichida qancha o`zgarishlar yuz bermagan. VIII asr boshlarida Samarqandda bo`lgan Xitoy elchisi Vey Sze: "Kan (Samarqand) podsholigidagi kishilar o`g`li besh yoshga to`lishi bilan savod o`rgatishni boshlaydilar. Qachonkim, u kitob o`qishni bilganidan so ng savdo ishini o rganish uchun yuboradilar", -deb yozgan edi. Qutayba ibn Muslim bosqini davrida Samarqandning Sharqiy darvozasi "Xitoy darvozasi", deb alalgan. U Samarqand shahriga Kesh darvozasidan kirib Xitoy darvozasidan chiqib ketgan. Yoki tarixchi Tabariyning yozishicha 721-722 yillarda "400 ta so`g`d savdogarlari qimmatbaho tovarlar bilan Xitoydan qaytib kelgan edi". O`rta Osiyo aholisi islomga etiqod qildirilganidan so ng Sharqning islomiy madaniy dunyosiga tortildiki, X-XII asrlarda yuksak darajadagi taraqqiyotga erishildi. Davrimiz olimlari X-Xll asrlarni O`rta Osiyodagi uyg`onish davri deb ataydilar. X asrdagi uyg`onish davri XII asr oxiriga qadar davom etdi; XIII asr boshlaridan iqtisodiyot va madaniy taraqqiyotda mo`g`ullar istilosi bilan tushkunlik davri boshlandi. Sohibqiron Amir Temur davrida (1370-1405 yillar) Movarounnahr hayotida yangidan jonlanish va yuksalish yuz berdi. Temurning vorislari davrida, ayniqsa Mir/o Ulug`bek (1409-1449 yillar) zamonida fan va madaniyat gullab yashnadi. Temuriylar saltanati qulaganidan so ng ular avlodidan bo`lgan Z.M.Bobur va uning vorislari o`zga yurt Hindiston zaminida iqtisodiy hamda madaniy turmush taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shdilar. IX-XIII asrlarda Movarounnahrning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy hamkorligi rivojlandi. Somoniy va qoraxoniy podsholar xorij bilan munosabatlarga alohida etibor berdilar. Muqobil tinchlik va qonuniy tartib-intizomning o`rnatilishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti taraqqiy qilgan edi. Somoniylar davrida (874-999 yillar) Movarounnahr territoriyasidan ko`plab yer osti foydali qazilma konlari ochildi. Sharqshunos olim V.V.Bartold malumoticha temir va ko`mir konlari ochilgan. Avniqsa. Mink va Maroqanddagi metal konlari mashluir bo`lib. u yerdan qa/ib olingan xom ashyoning bir qismi o`sha joyda ishlanib. qolgani esa Xuroson va Bog`dodda chiqarilgan. Melalga ishlov bcrishning murakkab usullarini o`rganib olgan yurtdoshlarimiz qilich, qalqon. dubulg`a. dudama, nayza, siparsingari jang qurollarini ko`plab xorijga chiqarar edi. Xorijiy ellarda Samarqand. Buxoro. Marvda ishlangan oltin va kumush tangalar qadrlanib, savdo- sotiqda valyuta rolini o`ynagan. Sharqiy Yevropadagi Kiyev Rossiya davlatining Novgorod. Pskov shaharlarida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida samoniylar davri tangalari topildi. Bu ikki davlat ortasida qizg`in savdo-sotiq bo`lganligidan dalolat berib turibdi. X-XI asrlarda Termizda sovun. taroq. (talas), echki juni chiqarilgan. Samarqandning Vodar qishlog`idan chiqadigan "vadariy" niatosi xorijiy savdo-sotiqda muhim o`rin egallagan. Maqdisiyning yozishicha vadoriy matosini Bog`dod hokimi Xuroson kimxobiga tenglashtirgan. Buxoroda to`qiladigan "zandaniy" va Samarqandning vodariy matolari shuhrati Yevropagacha yoyilgan edi. Xorazmshohlar davlatidan o`zga portlarga gilam. movut, qoqilar. meva, kimxob. qulf. baliq kabilar olib borilgan. Xorazm Movarounnahr shaharlari va butun Sharqda rus davlati va Ovrupa mollarini o`tkarishdagi vosita bo`lgan. O`sha davrlarda Zarafshon mush killing shuhrati keng tarqalgan edi. Xorijiy mamlakatlarda tibet mushki. undan keyin esa Zarafshon mushki ko`a qadrlangan. Hallo Xitoy mushki ham sifat jihatidan Zarafshon mushkidan keyingi o`rinda turgan. Somoniy va qoraxoniylar davrida xorijiy ellarga savdo karvonlari yuborib turilardi. Tarixchi Gardiziyning malumoticha Orol dengizi bo`ylab pecheneg va bulg`orlar yurtiga o`nlab savdo karvonlari borgan. Xalifa Muqtadirning ibn Fadlon boshchiligidagi 3 ming tuya yuk va 5 ming kishidan iborat savdo-elchilik karvoni ham Bulg`or davlatiga o`sha davrda yuborilgan edi. Somoniylar davrida musulmonlaming birinchi savdo karvoni Mo`g`ilistonga (922 yil) borgan. Ulami mo`g`ullar xuddi elchidek kutib olib, izzat-hurmat ko`rsatishgan. Horazmshohning svdo karvonlari Xurosonga yuborilib turilar, ular u erda Movarounnahr savdogarlari bosh vazir vazifasini bajarardi. Bu yerda O`rta Osiyoning Xorazm bilan xalqaro madaniy aloqalari ham rivojlandi. Abu Rayhon Beruniy. Abu Ali ibn Sino, Ahmad ibn Muhammad al Farg`oniy, Abu Nasr ibn Muhammad Farobiy singari o`nlab mutafakkirlar yetishib chiqdiki. ulaming ilmiy-madaniy merosidan butun jahon bahramand bo` Idi. Abu Rayhon Beruniy 1017 yildan boshiab Hind olimlari bilan aloqada bo`lib faoliyat yuritgan. U Sulton Mahmud saroyida yashagan paytida bir necha bor Hindistonga sayohat qilgan. liind falsafasi, tarixi. adabiyotiga bag ishlangan "Tahqiqi moliki hind" ("Hindiston") asarini yozgan. Sanskrit tilini yashi bilgan Abu Rayhon Beruniy hind qadimiy qo`lyozmalarini o`qib bilgan. U Bag`dod va Basra olimlarining asarlari bilan tanishib. ular kitobi ancha past saviyada ekanligini aniqlagan. Ibn Sino o`z umrining malum davrini Isfahonda (Eron) yashab, arab va fors tilida asarlar yozdi. Uning "Kitob al-qonun" ("Tib qonunlari"), "Lison-ul-arab" ("Arab tili") va yigirma jildli "Kitob al-insof ("Insof- adolat kitobi") kabi asarlari nafaqat sharqda. balki G`arbiy Yevropada ham keng tarqalgan. Ibn Sinoning "Tib qonunlari" asari XIII asrga qadar Angliya incdisina institutlarida asosiy darslik bo`lgan. Ahmad ibn Muhammad al Farg`oniy Ptolomeyning "Al Mojistiy" asariga izohlar yozgan. Musulmon kalendari tuzilishini tarflab bergan. U 861 yilda Nil daryosidagi suv sathini o`lchaydigan asbobni o`rnatish uchun Qohira (Misr) shahriga borgan edi. Farg`oniy yozgan "Astronomiya va astrologiya faniga kirish". "I alakdan bo`ladigan sababalar haqida kitob". "Osmon harakatlari va yulduzlari haqida kitob" kabi asarlar o`nlab jahon mamlakatlariga tarqalgan cdi. Abu Nasr Farobiy esa oltin davr falsatlv merosini tiklash va rivojlantirishda katta ishlar qildi. U Aristotelning "Fizika". "Kategoriyalar", "Analitika". "Statistika". "Ritorika" va boshqa asarlariga sharhlar yozgan. Farobiyning "Aql haqida risola". "Davlat haqida risoda". "Vaqt" singari o`nlab asarlari Bog`dod. Damashq, Halab singari shahar olimlari orasida mashhur bo`lgan. Tayanch atamalar: Xitoy elchisi, Xitoy darvozasi. Samarqand shuhrati. Buxoro zandonachasi, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, al-Farg`oniy, Farobiy. Somoniylar Hazar, Eron, Bulg‘or, Xitoy, Rus bilan keng ko‘lamda savdo-sotiq qilgan. Somoniylar davrida Buxoro Sharqda Islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylangan. Bu yerda ko‘plab madrasa, masjid va boshqa binolar qurilgan.Buyuk ipak yoʻlida mashhur boʻlgan zandanicha matosi ayni Somoniylar davrida mashhur boʻlgan boʻlib,u haqida saljuqiylar davlatining siyosiy arbobi Nizomulmulk (1018— 1092) ning mashhur «Siyosatnoma» asarida bayon etib oʻtgan. «Somoniylar davridayoq,— deb yozadi u,— shunday qoida mavjud edi.Gʻulomlar mansab darajasi pogʻonama-pogʻona, qilgan xizmatiga yarasha koʻtarilib borgan. Chunonchi, gʻulomni sotib olgach, u bir yil piyoda askar boʻlib xizmat qilar va zandoniy matosidan tikilgan qabo (kamzulga oʻxshash ustki kiyim) kiyib saroy ahli qatorida yurar edi. Bular bir yilgacha xoh oshkora, xoh yashirincha otga mina olmas edilar. Sezib-bilib qolsalar u jazoga tortilardi. Bir yildan soʻng visoqboshi (3 gʻulomga bosh boʻlgan kichik komandir) hojib (gvardiyachi rulomlarning oliy mansabi) bilan uning xususida gaplashar, hojib unga yugani bilan turk otini, shuningdek oddiy kamar berishii buyurar edi.Gʻulom yana bir yil ot ustida xizmat qilgach, unga qorajur (uzun shamshir) berar edilar. Xizmatining beshinchi yilida unga eng yaxshi egar, yulduz-yulduz qilib bezatilgan yugan, doroy matosidan tikilgan qabo, cho„qmor berar edilar: chuqmorni gʻulom kamarining halqasiga ilib olar edi. Xizmatning oltinchi yilida u anvoyi kiyim-boshlar olar, yettinchi yili 16 kishi siradigan chodir hamda o'z otryadiga 3 gʻulomni olar edi va uni visoqboshi deb atardilar. U kumush bilan bezatilgan qora kigizdan tikilgan qalpoq, ganja qabosini kiyar edi. Uning mansabi, obroʻsi, birkitilgan gʻulomlari soni yil sayin oshib borar va u nixoyat dastlab xaylboshi (gvardiyachi rulomlarning hojibdan keyingi, ikkinchi mansabi), sungra hojib mansabiga sazovor boʻlar edi. U qanchalik obroʻ-e'tibor qozonmasin, qanchalik xizmat qilmasin, baribir 37 yil muddatdan keyingina uni viloyatlarga amir qilib tayinlar hamda unga yer-suv in'om etar edilar».IX asrning ikkinchi yarmidan - X asr oxiriga qadar Buxoro Somoniylar davlatining poytaxti bo‘lgan. Shu davrda yashagan Abu Mansur Saolibiyning «Yatimat ud-dahr» tazkirasida «Buxoro Somoniylar hukmronligi davrida shonshuhrat makoni, saltanat ka’basi va zamonasining ilg‘or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan va o‘z davrining fozil kishilari yig‘ilgan joy» deb ta’riflangan edi.Jumladan bu davr Buxoro shahri uchun yuksalish va gullab-yashnash davri hisoblangan. Shahar bir vaqtning oʻzida ilm-ma’rifat va savdo-sotiq markazi bo‘libgina qolmay, turli kasb-hunarlarning ham markazi bo‘lgan va madrasalar qurilishi ham aynan shu davrda ommalashib borgan edi. Download 11.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling